Andijon mashinasozlik instituti


Hozirgi    davrda  milliy    falsafani    rivojlantirish    muammolari,    uning    xalqaro    aloqalarni  tashkil



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

 Hozirgi    davrda  milliy    falsafani    rivojlantirish    muammolari,    uning    xalqaro    aloqalarni  tashkil 
etishdagi ahamiyati
. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? 
Uzluksiz  axborot  oqimi  va  surunkali  vaqt  tanqisligi  sharoitida  muayyan  bilim  falsafani  siqib  chiqarmaydimi? 
Bunday  savollar  mutlaqo  o‘rinlidir,  lekin  ularga  javobni  hayotning  o‘zi  beradi,  u  hozirgi  vaqt  odami  oldiga  ko‘p 
sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi.  
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun 
o‘z  javobgarligini  tobora  teranroq  anglagan  holda  qarshi  oldi.  Ayni  shu  sababli  insonning  barkamol  rivojlanishi, 
odamlar,  xalqlar  o‘rtasida,  shuningdek  jamiyat  va  tabiat  o‘rtasida  insoniy,  yaxshi  qo‘shnichilik  munosabatlarini 
o‘rnatish  masalalari  azaliy  falsafiy  mavzular  bilan  bir  qatorda  falsafiy  tadqiqotlarda  birinchi  o‘ringa  chiqmoqda. 
SHu  munosabat bilan faylasuflar avvalo Yyer  yuzida ta‘limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda 
ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan 
qoniqarsiz ta‘lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini 
o‘ynashi lozim.  
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida.
 Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati 
falsafaga, o‘zining hayotdagi o‘rni va vazifasini falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir. 
Falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va doim inson borlig‘ining eng muhim muammolarini anglab etishga 
qarab mo‘ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay 
yangi  mavzu  sifatida  falsafiy  anglab  etish  muhim  ahamiyatga  ega.  Falsafa  predmeti  va  muammolarini  muhokama 
qilishda  alohida  diqqatga  loyiq  bo‘lgan  boshqa  bir  mavzu  insonni  shaxs  sifatida  tarbiyalash  va  kamol  to‘tirishda 
falsafaning roli va ahamiyatidir.  
Hozirgi vaqt faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, ―Falsafa nima? U 
kimga va nima uchun kerak?‖, ―Falsafaning vazifasi nimadan iborat?‖, ―Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima 
maqsadda  tahsil  berish  lozim?‖  qabilidagi  bir  qarashda  allaqachon  o‘z  yechimini  to‘gan  masalalarni  yana  kun 
tartibiga qo‘ymoqdalar. Bu haqda ko‘p va atroflicha so‘z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmet iga, 
shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta‘sir ko‘rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo‘lsa, buni u 
qay  tarzda  amalga  oshirishi  mumkinligiga  nisbatan  yagona  yondashuv  avvalgidek  mavjud  emasligini  tasdiqlaydi. 
Fikrlarning  bunday  rang-barangligi,  yuqorida  qayd  etib  o‘tilganidek,  falsafaning  o‘ziga  xos  xususiyati,  ya‘ni  u 
fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo‘lishi mumkinligi bilan belgilanadi.  


Falsafaning  unga  yaxlit  ta‘limotga  aylanish  va  tilning  birligiga,  umumiy  qonunlar  va  metodologiyaga 
tayanish  imkonini  bermaydigan  bu  kamchiligi  ayni  vaqtda,  u  fanlararo  kompleks  muammolarni  yechish  talab 
etiladigan murakkab tizimlar bilan ish ko‘rgan holda uning afzalligiga aylanadi. 
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni  ta‘minlash;  ekologiya  muammolari;  jamiyat  hayoti  barcha  jabhalarining 
globallashuvi.  Bu  muammolarni  falsafiy  nuqtayi  nazardan  anglab  etish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ilmiy 
yondashuvlardan  farqli  o‘laroq,  muammoga  nisbatan  falsafiy  yondashish dalillarni talqin qilishda  ko‘proq erkinlik 
berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo‘yilishi, mushohadaga asoslangan 
ta‘riflar berish, sub‘ektiv baholash huquqi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha 
katta ahamiyatga ega emasdek bo‘lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.  
Birinchidan,
 falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki 
rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo‘qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo‘lib 
chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.  
Ikkinchidan,
 falsafiy refleksiya muammoni ko‘rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, 
o‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi. 
Zero,  aniq  ta‘riflar  va  ishonchli  dalillarga  tayanadigan  fan  o‘z  fikrlari  va  xulosalarida  bunday  erkinliklarga  yo‘l 
qo‘ya  olmaydi.  Vaholanki,  falsafiy  tafakkur  mulohaza  yuritish  va  baholashlarga  nisbatan  erkin  yondashuvsiz 
o‘zining betakrorligini yo‘qotadi. 
Hamonki plyuralizm falsafada me‘yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya‘ni qarashlarning 
tartibga  solingan,  yaxlit  va  nisbatan ziddiyatlardan  xoli tizimiga  kelish lozim ekan,  falsafani qanday o‘zlashtirish, 
undan qanday saboq berish mumkin?  
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka 
va  o‘tmishning  boshqa  mutafakkirlari  tajribasiga  tayangan  holda: 
Falsafa  faktlarni  eslab  qolishni  o‘rgatmasligi, 
balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har 
bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni 
o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u 
o‘z  shaxsiyatining  ahamiyatini  ko‘rsatishga  emas,  balki  haqiqatning  tagiga  etishga  harakat  qilishiga  erishishdan 
iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
  
Bu  juda  to‘ib  aytilgan  so‘zlar  falsafani  fan  sifatida  o‘rganish,  uni  bilimlar,  tayyor  qoidalar  va  ta‘riflarning 
muayyan  yig‘indisi  sifatida  o‘zlashtirish  mumkin  emas,  degan  fikrni  yana  bir  karra  tasdiqlaydi. 
Insonga  ta‘lim 
berishda  ‗aydeyya  yo‘lini  tanlash  –  unga  «nimani  ko‘rish  lozimligi»ni  emas,  balki  «qaerga  va  qanday  qarash 
kerakligi»ni  o‘rgatish  lozim. 
O‘z-o‘zidan  ravshanki,  mazkur  vazifani  ijodiy  yondashuvsiz,  o‘quvchi  va 
o‘qituvchining  qiziquvchanligi  va  intiluvchanligisiz  hal  qilib  bo‘lmaydi,  falsafa  esa  o‘zining  sof  ko‘rinishida 
yo‘qoladi,  «havoga  sovuriladi»,  pirovard  da  kimdir  bayon  etadigan,  kimdir  ―o‘tishi‖,  o‘rganishi  va  qolaversa, 
imtihon to‘shirishi lozim bo‘lgan ―fan‖gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta‘lim berish va uni o‘zlashtirish 
zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.  
 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə