Andijon mashinasozlik instituti


Diniy  dunyoqarashning  shakllanishi  va  mohiyati



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Diniy  dunyoqarashning  shakllanishi  va  mohiyati. 
Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din 
so‘zi  arabchadan  tarjimada  e‘tiqod,  ishonch,  ishonmoq  degan  ma‘nolarni  anglatadi.)  Mif  kabi,  din  zamirida  ham 
e‘tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki 
bosqichlarida,  ya‘ni  taxminan  40-60  ming  yil  muqaddam  paydo  bo‘lgan  bo‘lsa-da,  umuman  olganda  u 
dunyoqarashning  mustaqil  shakli  sifatida  keyinroq,  jumladan  mif  ta‘sirida  insonning  abstrakt  fikrlash  qobiliyati 
sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.  
Diniy  dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga 
bo‘lgan  e‘tiqodiga  asoslanuvchi  tegishli  xulq-atvori  va  o‘ziga  xos  harakatlaridir.
 
Agar  mifologiyada  an‘anaga, 
rivoyat  qiluvchining,  ya‘ni  oqsoqolning  obro‘siga  e‘tiqod  kuchli  bo‘lsa,  dinda  g‘ayrioddiy  narsalarga  e‘tiqod 
birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.  
Xullas,  din  murakkab  ma‘naviy  tuzilma  va  ijtimoiy-tarixiy  hodisa  bo‘lib,  unda  e‘tiqod  muqarrar  tarzda 
birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi. 
bga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.  

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə