Andijon qishloq xo`jalik instituti “O`simlikshunoslik”


 Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash



Yüklə 135,55 Kb.
səhifə14/18
tarix28.11.2023
ölçüsü135,55 Kb.
#134493
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
“O`simlikshunoslik” kafedrasi Polizchilik-fayllar.org

9. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash. O’zbekiston sharoitida poliz
ekinlari ko’proq fuzarioz so’lish, un-shudring kasalliklariga uchraydilar va 
zararkunandalardan- poliz biti, o’rgimchakkana, kuzgi va boshqa tunlamlar bilan
zararlanadilar. 
Fuzarioz so’lish kasalligining oldini olish uchun bir qator tadbirlar ishlab
chiqilgan: shu kasallikka chidamli navlarni ekish; urug’lik uchun mevasi 
zararlanmagan, sog’lom o’simliklarning ikkinchi hosil terimidan ajratish; daladagi
o’simliklar qoldiqlarini yig’ishtirib, yo’q qilish; poliz ekinlarini bedadan, piyoz va 
sabzidan bo’shagan yerlarga ekish. Ekinlarni o’g’itlash: mineral o’g’itlar bilan-sof
modda hisobidan gektariga 150 kg azot va shuncha fosfor, 100 kg kaliy o’g’iti bilan 
birgalikda yoki gektariga 20 tonna go’ng va yuqoridagi mineral o’g’itlarning yarim
normasi bilan belgilangan muddatlarda solish. Dala nam sig’imi (PPV) 75 % ga 
tushganda ekinlarni sug’orish. Ekish oldidan urug’larni 12 soat davomida quyidagi
mikroelementlardan birining 0,5 % li eritmasida ivitish-temir, bor, marganets, rux va 
mis; o’simliklar qiyg’os gullaganda shu mikroelementlar 0,1 % li eritmasini purkash.
Un-shudring kasalligining oldini olish uchun poliz ekinlarining shu kasallikka 
chidamli navlarini ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. Un-shudring kasalligiga
chalingan o’simliklarga 0,5-1,0 % li kolloid oltingugurt yoki oltingugurt-ohak 
qaynatmasi (ISO), va 20 % li karatan namlanadigan kukunini(NK) purkash (gektariga
0,8-1,0 kg) yaxshi natija beradi. Shu bilan birga bu kasallikka qarshi kurashda 1 % li 
topsin-M preparati, 0,05-0,1 % li bayleton, milti va topaz (0,2-0,5 kg/ga) moddalarini
qo’llasa ham bo’ladi. 
Poliz bitiga qarshi quyidagi insektitsidlarning birini o’simlikka purkash kerak:
aktellik yoki belofosfat moddalarining 50 % li emulsiyalanadigan konsentrati (EK) 
gektariga 0,5-1,5 kg; sayfos-50 % li namlanadigan kukuni (NK) gektariga 0,8-1,2 kg;
antio-20 % li e.k -gektariga 1,5 kg; karbofos-30 % li e.k gektariga 4 kg hisobidan. Bu 
zararkunandaga qarshi biologik usuldan ham foydalanish mumkin: bunda oltinko’z,
gallitsa, afidimiza entomofaglarini poliz ekinlariga yoyib chiqish zarur. 
O’rgimchakkkanaga qarshi kurashda quyidagi preparatlardan foydalanish
mumkin: oltingugurt kukuni va yangi so’ndirilgan ohak aralashmasi (1:1) bilan 
gektariga 30 kg hisobidan o’simliklarni changlash; 1 % li kolloid oltingugurt yoki
oltingugurt-ohak qaynatmasi (ISO); rogor (yangi BI-58)-e.k gektari-ga 1,0-1,5 kg; 
antio-20 % li e.k gektariga 1,5 kg; dakanol-18 % li e.k gektariga 1,5-2 kg; aktellik-50
% li e.k gektariga 4-5 kg; karbofos-50 % li e.k gektariga 4-6 kg; fazalon-35 % li e.k 1 
% li aralashmasini o’simliklarga purkash yaxshi natija beradi.
Tunlamlarga qarshi kurash choralari: kuzgi va qishki yaxob suvi berish, 
kapalaklarni yoritgichlar yordamida va zaharli yem berib yo’qotish. Zaharli yem
sifatida lavlagi quyuq qiyomi 3 hissa suv bilan aralashtirilib ishlatiladi. Tunlamlar 
g’umbagini yo’qotish uchun urug’ni ekishda tuproqqa gektariga 50 kg hisobidan
bazutsin moddasi yoki shuncha miqdorda donador superfosfat (1 kg rogor 


24


aralashtirib) solish foyda beradi. Shuningdek, o’simliklarning ildiz bo’yni atrofiga
gektariga 80-100 kg hisobidan zaharli yem solish ham kurash choralaridan biridir. 
Zaharli yem tarkibida kunjara uni, omixta yem yoki yashil beda, 3 kg xlorofos
bo’lishi kerak. Quyidagi zaharli dorilarning birini o’simliklarga purkash ham yaxshi 
natija beradi: 0,08 % li ambush yoki belofos; 0,04 % li anometrin; 0,03 % li nurell;
0,02 % li ripkord, etefos, foksam preparatlari. 
Bakterial dorilardan 1 % li dendrobatsellin va 1 % li bitoksibatselinni qo’llash
foyda beradi. Katta maydondagi poliz ekinlariga dorilarni changlash uchun keng 
qamrovli universal changlatgich-OShU-50A, paxtachilikda ishlatiladigan OPX-14
changlash moslamasi qo’llanadi. Kichik ekin maydonlarida esa yelkaga osiladigan 
ventilyatorli ORV-1 (Veterok) changlatgichi ishlatiladi. Zaharli dorilar aralashmasini
purkash uchun katta ekin maydonlarida universal oziqlantiruvchi purkagich POU; 
OVT-1V ventilyatorli traktor purkagichi; ON-10 osma shtangali va paxtachilikda
qo’llaniladigan OVX-14, OVX-28 markali purkagichlari ishlatiladi. Kichik 
maydonlarni dorilash uchun yelkaga osiladigan gidravlik ORR-1 (ERA-1) purkagichi
qo’llaniladi. 



Yüklə 135,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə