Andijon qishloq xo`jalik instituti “O`simlikshunoslik”



Yüklə 135,55 Kb.
səhifə11/18
tarix28.11.2023
ölçüsü135,55 Kb.
#134493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
“O`simlikshunoslik” kafedrasi Polizchilik-fayllar.org

Savollar:
1. Qovunning bir tupida nechtadan gul hosil bo’ladi? 
2. Tarvuz o’simligida nechtagacha barg hosil bo’lishi mumkin?
3. Qovoq turlari mevasining tuzilish belgilari bo’yicha qanday farqlanadi? 
4. Poliz o’simliklari o’sish va rivojlanishida nechta bosqichni bosib o’tadi?
5. Poliz o’simliklarining yaxshi o’sishi uchun yillik yorug’lik miqdori qancha bo’lishi 
kerak?
6. Gullash davrida havo harorati qanday bo’lishi kerak? 

7. Poliz o’simliklarining havo namligiga ta’sirchanligi qanday?


8. O’simliklar tuproqning qanday fizik xossalariga talabchan?
4-MAVZU: SUG’ORILADIGAN YERLARDA POLIZ EKINLARINI 

YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. 

Reja:
1. Poliz ekinlarining o’tmishdoshlarga munosabati va almashlab ekishdagi o’rni. 
2. Yerga asosiy va ekishdan oldin ishlov berish.
3. Poliz ekinlarini o’g’itlash. 
4. Urug’larni ekishga tayyorlash.
5. Ekish muddatlari, urug’larni ekish chuqurligi va me’yorlari. 


18


6. O’simliklarning oziqlanish maydoni va ekish sxemalari
7. O’suv davrida tuproqqa ishlov berish va o’simliklarni parvarishlash. 
8. Sug’orish soni, sug’orish oralig’i va me’yorlari.
9. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash. 


Adabiyotlar: 1; 2; 3; 9; 10.

1. Poliz ekinlari tuproqning mexanik va ximik xossalariga, uning unumdorligiga
juda talabchan o’simliklardir. Havo va namlikni yaxshi o’tkazadigan g’ovak 
tuproqlarda poliz ekinlari juda yaxshi natija beradi. Organik va mineral o’g’itlarga
boy bo’lgan hamda bog’ va tokzorlardan yangi bo’shagan yerlarga ekilgan poliz 
ekinlari kasallikka chalinmay, yuqori hosil beradi. Poliz ekinlaridan yuqori hosil olish
uchun almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish zarur. Poliz ekinlarini yaxshi unib 
rivojlanishida o’tmishdosh ekinning ahamiyati katta.
Qadimdan poliz ekinlarini yangi o’zlashtirilgan qo’riq va bo’z yerlarga ekib 
kelishgan. Ko’p yillik beda ham poliz ekinlari uchun yaxshi o’tmish-dosh ekin
hisoblanadi. Ko’p yillik beda tuproq strukturasini yaxshilaydi, unumdorlikni oshiradi. 
Bunga sabab poliz ekinlari ildizlari joylashgan tuproq qatlamida boshqa
ekinlardagiga nisbatan ko’proq miqdorda chirindi to’planadi, nitrat va fosforli 
elementlar miqdori ortadi.
Ko’p yillik beda ekilgan yerlarda begona o’tlar kam bo’lib, poliz ekinlari uchun 
eng xavfli kasallik-fuzarioz so’lish kasalligini tarqatuvchi zamburug’lar kam bo’ladi.
Poliz ekinlarini ekishdan oldin o’tmishdosh ekinni yaxshi o’rganib, yuqorida qayd 
qilingan kasalliklar bo’lmagan yerlarga poliz ekinlarini joylashtirish kerak.
Poliz ekinlari uchun o’tmishdosh ekin sifatida donli, dukkakli ekinlar, karam, 
kartoshka va ildiz mevali o’simliklar eng yaxshi hisoblanadi. Poliz ekinlarini
makkajo’xori, sholi o’simliklaridan so’ng ekilsa, fuzarioz so’lish va nematoda 
kasalliklari bilan kasallanish darajasi birmuncha kamayadi.
O’zbekiston sharoitida poliz ekinlari uchun uch dalali almashlab ekish sxemasi 
joriy qilingan. Bu sxema quyidagicha: 1-2-3 yili beda, 4-yil poliz ekinlari, 5-yil poliz
va kechki xashaki ekinlar, 6-yil ertagi sabzavot va kechki kartoshka, 7-yili piyoz va 
karam, 8-yili poliz ekinlari.
Poliz ekinlarining qishki navlarini ikkinchi ekin sifatida ertagi kartoshka, sabzi, 
karam, rediska va ikki yillik sabzavot o’simliklarining urug’idan bo’shagan yerlarga
ekilsa, juda yaxshi natija beradi. 


2. Poliz ekinlarini yetishtirishda yerni tayyorlash keyingi barcha agrotexnika
chora-tadbirlarining yaxshi naf berishida muhim shartdir. Yerga belgilangan 
muddatlarda va poliz ekinlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlov berish
kerak. Poliz ekinlarini ekish uchun yerni tayyorlash yuzasidan bajariladigan asosiy 
ish kuzgi shudgor qilishdan boshlanadi.
O’tmishdosh ekinlardan barvaqt bo’shaydigan sug’oriladigan yerlarga avval suv 
qo’yiladi, so’ngra T-4A chopiq traktoriga tirkalgan ChKU-4 markali chizel-kultivator
bilan yer yumshatib chiqiladi. Yerni haydashdan oldin RTT-4,2 o’g’it solg’ich 
seyalka bilan mineral o’g’itlar va RTO-4 mashinasi yordamida organik o’g’itlar
solinadi. 


19


Kuzda 30 sm chuqurlikkacha shudgor qilish uchun odatda, to’rt korpusli PLCh-4-
35 osma plug, qo’sh yarusli qilib haydash uchun qo’shyarusli 4 korpusli, chuqur 
haydagichli (40 sm) PD-4-35 pluglar qo’llaniladi.
Ko’p yillik begona o’tlar bilan ifloslangan yerlarda kuzgi shudgorlash oldidan 
tuproqni yumshatmasdan oldin VKS-1,8 mashina vositasida o’tlar ildizlari tirmalab,
yig’ishtirib olinadi. Buzilgan pushta va egatlar GN-2,8 tekislagich-greyder yordamida 
tekislanadi.
Erta bahorda yog’inlar tufayli to’plangan namlikni saqlab qolish uchun yer 
maydoniga 6-8 sm chuqurlikda ishlov beriladi. Tuproqning turi va holatiga qarab,
og’ir yoki o’rta vaznli tirkamalardan foydalaniladi. U shudgorlash yo’nalishiga 
nisbatan biroz qiyalatib solinadi.
Ekish oldidan yer maydoni ChKU-4 kultivatori bilan 18-20 sm chuqurlikda 
chizellanadi. Yerni tekislash uchun VP-8 tekislagichdan foydalaniladi. Poliz ekinlari
erta muddatlarda (aprelda) ekilganda yerni bahorda qayta haydashning hojati yo’q.
Bu ekinlar kechki muddatlarda (may oyi oxirlarida) ekilganida qayta haydash
zarurati tug’iladi. Chunki ekish paytida tuproq zichlashadi va uni begona o’tlar bosib 
ketadi. Bu holda yerni ag’darmasdan turib, yana 22 sm chuqurlikda haydab chiqish
zarur bo’ladi. 


3. Poliz ekinlari ekiladigan maydonga kuzgi shudgorlash oldidan 15-20 t/ga
go’ng yoki kompost, fosforli o’g’itlarning yillik normasidan 75 % va kaliyli 
o’g’itlarning to’liq normasini solish tavsiya etiladi. Fosforli o’g’itlarning qolgan
qismi (25 %) ekish oldidan solinadi. Azotli o’g’itlarning 50 % ekish oldidan yoki 
ekish bilan birga, qolgan qismini esa o’simliklar 3-4 ta chinbarg yozganda
oziqlantirish uchun solish kerak. O’g’itlarni solish me’yori va muddatlariga amal 
qilinishi, poliz ekinlaridan yuqori sifatli va shirin mevalar olinishini ta’minlaydi.


Yüklə 135,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə