Andijon qishloq xo`jalik instituti “O`simlikshunoslik”


O’zbekistonda tuproq-iqlim sharoiti va navlar xususiyatiga ko’ra poliz ekinlari



Yüklə 135,55 Kb.
səhifə13/18
tarix28.11.2023
ölçüsü135,55 Kb.
#134493
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
“O`simlikshunoslik” kafedrasi Polizchilik-fayllar.org

O’zbekistonda tuproq-iqlim sharoiti va navlar xususiyatiga ko’ra poliz ekinlari 

quyidagi muddatlarda ekiladi: 
2-jadval 


Navlar 

E k i sh m u d d a t l a r i 

Janubiy xudud 

Markaziy xudud 

Shimoliy xudud 


K o v u n v a t a r v u z 
Ertapishar
1-10 aprel 
1-30 aprel
20-30 aprel 
O’rtapishar
10-20 aprel 
1-15 may
1-15 may 
Kechpishar
1-10 iyun 
15-30 may
20-30 may 


Q o v o q
Hamma navlar 
20 aprel-10 may
25-30 aprel 
25-30 aprel
Poliz ekinlarini ekish normalari (me’yorlari) ekish usuli, bir uyaga ekiladigan 

urug’ miqdori va urug’lar katta-kichikligiga bog’liq. Qovun va tarvuz urug’lari bir


uyaga 4-5 ta, qovoqniki 3-4 ta urug’ ekiladi. 1 ga maydonga 3-4 kg qovun urug’i, 4-5 
kg tarvuz urug’i va 3-5 kg qovoq urug’i ekiladi.

6. O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida qovun va tarvuz o’simliklarining
oziqlanish maydoni 1-2 m
2
va qovoqniki 3-4 m

2
. Joylashtirish usullari (sxemalari) 


o’simliklarning gektardagi kerakli sonini ta’minlabgina qolmay, balki poliz ekinlarini
yetishtirish va hosilini yig’ish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni maksimal 
mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Buning uchun o’simlikning qator
oralari kengligi traktor va mashinalarning yurishi uchun qulay bo’lishi kerak. 
Mamlakatimizda ishlatiladigan traktorlarning oldingi va orqa g’ildiraklarining
oralig’i, ya’ni kolleyasi 120; 140 va 180 sm, shuni hi-sobga olgan holda o’simliklarni 
joylashtirish usullarini tanlash zarur.



21


O’zbekistonnning sug’oriladigan yerlarida ariqlar orqali sug’orishda poliz
ekinlarini lentasimon qo’shqatorlab ekish usuli qo’llaniladi. Bunday usulda tor qator 
oralari (0,7-0,9 m) va keng pushtalar (2,1-3,6 m) navbatma-navbat joylashadi. Tor
qator oralaridan sug’oriladigan egatlar olinadi, pushtalarda o’simlik palaklari 
joylanadi.
Poliz o’simliklari hozirgacha turli usullarda joylashtiriladi. Lekin quyidagi usullar 
eng ko’p tarqalgan:
qo’sh qatorli lentasimon (qovun) 
210+70
x
70 sm

va 280+70


x
70 sm usullari va bir qatorli

180 x70 usuli,


2 2

qo’sh qatorli lentasimon (tarvuz) 
280+70
x

70 sm va bir qatorli 180 x90 sm usullari;



qo’sh qatorli lentasimon (qovoq)
330+70
x
70 sm va bir qatorli 180 x90 sm usuli.


Bunda, 1 gektardagi o’simliklar soni tegishli ravishda qovun 8-10 ming dona,


tarvuz 6-8 ming dona va qovoq 5,0-5,5 ming dona bo’ladi. 
O’zbekiston sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti
olimlari qovun va tarvuzni quyidagi qo’sh qatorli lentasimon usullarda joylashtirishni 
tavsiya etadilar:

tekis maydonlarda qiyali maydonlarda 
270+90
x 70
290+70
x

70 sm


2 2 
Bunda 1 gektardagi o’simliklar soni 7,9 ming dona. Ushbu ekish usullari
(sxemalari) qo’llanilganida 270-290 sm keng qator oralari o’rtasidan texnologik egat 
olinadi, bunday egat poliz ekinlarining qator oralariga ishlov berish mahalida to’rt
g’ildirakli traktorlarini (T-28X4M, barcha rusumdagi «Belarus», TTZ-100 QX, 
Jahongir va b.) hosilni yig’ish paytida esa 2 PTS-4-793A traktor pritsepini ishlatishga
imkon beradi. Urug’lar SBU-2-4A poliz seyalkasining ikkita ekish agregati 
yordamida ekiladi.
O’zbekiston mexaizatsiyalash va elektrifikatsiyalash ilmiy tekshirish instituti 
xodimlari qovun va tarvuzni 3 qatorli joylashtirish usulini taklif qilganlar. Bunda
qator oralari 180 sm va o’simliklar oralig’i ham 180 sm ni tashkil etadi. 1 ga 
maydondagi o’simliklar 1,9 ming dona bo’ladi. O’simliklar bu usulda
joylashtirilganda, SBU-2-4A seyalkasiga ekish egatlari olinadigan NPB-3 
moslamasini ulab, oralig’i 1,2 m bo’lgan 3 qatorga bir vaqtning o’zida urug’lar
ekiladi. 
7. Poliz ekinlarini parvarish qilish tuproqni yumshatish, o’simliklarni yaganalash,
ekinni oziqlantirish, chopiq qilish, sug’orish, palaklarini to’g’rilash, begona o’tlar va 
zararkunandalarga qarshi kurashni o’z ichiga oladi.
Bahor yomg’irli bo’lganda tuproq qatqalog’ini yumshatish zarurati tug’iladi. 
Urug’lar unib chiqmasidan oldin qatqaloqqa qarshi kurashish uchun MVN-2,8 yoki
MVX-5,4 markali rotatsion motigalaridan foydalanish mumkin. Nihollar yalpi unib 


22


chiqishi bilan qatqaloqni yumshatish uchun KRX-3,6; KNB-5,4 kultivatorlari yoki
MUB-5,4 mashinasiga osilgan rotatsion yulduzchalar ishlatiladi. 
O’simliklar birinchi chinbarg chiqarganda birinchi yaganalash o’tkaziladi, bunda
har bir uyada 2 tadan o’simlik qoldiriladi. Uyada qoldiriladigan o’simliklarga shikast 
yetkazmaslik uchun yagana qilinadigan o’simlik qirqib olinadi. Xatosiga ivitilib,
nishlagan urug’lar ekib chiqiladi. 
O’simliklar 3-4 chinbarg chiqarganda har bir uyada bitta rivojlangan o’simlik
qoldirilib, ikkinchi yaganalash o’tkaziladi. Yaganalash bilan birga ekinlar chopiq 
qilinadi, bunda o’simlik atrofidagi tuproq yumshatilib, begona o’tlar yulib tashlanadi.
Ikkinchi chopiq 25-30 kundan keyin, o’simliklar gullashidan oldin o’tkaziladi. 
Nihollar yalpi unib chiqishi bilan qator oralarini yumshatishga kirishiladi. Sizot
suvlari chuqur joylashgan yerlarda birinchi sug’orishgacha bir marta, yer osti suvlari 
yaqin joylashgan maydonlarda esa ikki marta kultivatsiya qilinadi. Keyingi
kultivatsiyalar sug’orishlardan keyin, tuproq yetilishi bilan o’tkaziladi. O’suv davri 
davomida 4-5 kultivatsiyalanadi va har safar o’simlik himoya zonasi oshirib boriladi.
Sug’orish egatlari KRX-3,6; KRX-4,2; KRN-5,6; KNB-5,4 kultivatorlari yordamida, 
3 qatorli ekish usullarida esa MUB-5,4 mashinasida olinadi.
O’simliklarni oziqlantirishda ham shu markali kultivatorlar qo’llaniladi. Traktor 
va agregatlarning o’simliklarga shikast yetkazmasdan o’tishi uchun kultivatordagi
pleteukladchiklar yoki NBCh-5,4 universal moslama komplek-siga kiradigan 
chilpigich yordamida o’simlik palaklari taraladi va rostlanadi. Tarvuz palaklarini
tarash, qovun palaklarini chilpish maqsadga muvofiqdir. 


8. Poliz ekinlari namga o’rtacha talabchandir. Ular yer sathi quruq bo’lgan va
o’simlik ildizlari joylashgan tuproqning namligi yetarli bo’lgan joylarda yaxshi o’sib, 
rivojlanadi. Tuproqning o’ta nam bo’lishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston sharoitida poliz ekinlari ko’pincha sug’orib yetishtiriladi. Buning 
uchun suv oqadigan ariqlar urug’ ekish bilan bir vaqtda 22-24 sm chuqurlikda
qirqiladi. Ariqlarni bunday chuqurlikda olish o’simlik ildizi atrofida namni ko’proq 
to’planishiga imkoniyat yaratadi. Natijada o’simlik yaxshi rivojlanib, palagi
kasalliklardan saqlanadi. Shuning uchun, poliz ekinlarini o’suv davrida o’simlik ildizi 
joylashgan tuproq qatlami doimo nam, o’simlik palagi yoyilib yotadigan qatlami
quruq bo’lishi kerak. Tuproq namligining yuqori bo’lishi o’simliklarga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Poliz ekinlari uchun tuproq namligi quyidagicha bo’lishi kerak: yozgi eti
qattiq qovunlar uchun tuproqning sug’orishdan oldingi namligi tuproq dala nam 
sig’imi bo’yicha 60-65-60 %, yoki 65-70-75 bo’lishi kerak. Tuproqning bunday
namligiga gektariga 600-700 m
3
miqdorida 3-4 marta sug’orish bilan erishiladi. Bu 

sug’orish sxemasi 0-2-1 yoki 1-2-1 hisobida belgilanib, gullash fazasidan oldin-0,


qiyg’os gullash fazasida-2, meva tugish davrida-1 marotaba sug’orish demakdir. 
Tuproqni 60 sm chuqurligigacha nam borishi uchun yuqorida aytilgan normadagi suv
bilan tekis joylarda 2 kun, nishab joylarda esa 3 kun sug’orish kerak. 
Tarvuz ekini uchun tuproq namligi 70-80-70 yoki 70-70-70 % bo’lishi kerak.
Bunday namlik darajasi 600 m
3
suv bilan 6 martaba sug’orib hosil qilinadi. Shunda 

umumiy suv miqdori bir gektar yerda 3600 m


3
ni tashkil etadi. Sxema tarzida bu 2-2-

2 ifodalanib, gullaguncha 2 marotaba, qiyg’os gullaganda 2 marotaba va meva tugish





23


davrida 2 marotaba sug’orish demakdir. Qovoq o’simligining palagi juda katta, ya’ni
novdalari uzun (5-7 m), barglari juda katta bo’lganligidan namlikni juda ko’p talab 
qiladi. Shu sababli tuproq namligi qovoq o’simligi uchun doim 80 % bo’lishi kerak
(80-80-80%). 



Yüklə 135,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə