Andijon viloyati hududiy boshqarmasi


Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi «yangi industrial davlatlar »



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə293/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi «yangi industrial davlatlar ». XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida jadal modernizatsiyalashni amalga oshirgan Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur,Gonkong taraqqiyot ning yuksak sur’at larini ta’minlab, «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial dav latlar» deb atala boshlandi. Ularda aholining yashash darajasi keskin yaxshilandi. Bu mamlakatlarda sanoatning kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash sohalari va yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarish
rivojlan gan. Ilmtalab yuqori texnologiyalarni joriy qilish, kompyuterlashtirish va robotlash tirish bo‘yicha yuqoridagi davlatlar dunyoda eng ilg‘orlardan hisoblanadi.
savol va topshiriqlar
1. Vyetnamda 1991-yili boshlangan iqtisodiy islohotlar qanday natijalarga
olib keldi?
2. XXI asrda Kambodja va Laosda qanday o‘zgarishlar sodir
bo‘lmoqda?
3. Sharqiy Osiyo mamlakatlari rivojlanishning qanday darajasida
turibdi?
4. JSHO mintaqasidagi «yangi industrial dav latlar»da sanoatning
qaysi sohalari rivojlangan?

32-mavzu : 1991-2017-yillarda Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari
Reja

  1. XX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlari.

  2. Lotin Amerikasi mamlakatlari XXI asr boshlarida.

  3. Shimoliy Afrika.

  4. Tropik va Janubiy Afrika.

Tayanch ibora va atamalar : «Oydin yo‘l»,«Katta yigirmalik ».
XX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlari. XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida 34 ta mustaqil davlat va bir necha qaram hudud lar mavjud edi. XX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan jadal iqtiso diy o‘sishga qara masdan, Lotin Amerikasi
mamlakat lari jahon siyosatining chekka mintaqasi bo‘lib qolmoqda. Asr oxiriga kelib mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraq qiyotning neoliberal modeli oldingi o‘ringa chiqdi. Aslida bu model Augusto Pinochet davrida Chilida muvaf faqiyatli amalga oshirilgan edi. Bugun ham Chili barqaror rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib, mintaqada yetakchi o‘rinni egallaydi. Ammo, umuman, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun neoli beral islohotlarning natijalari ziddiyatli bo‘lib chiqdi. Agar bu islo hot larning birinchi bosqichi iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘lgan, modernizatsiyaga ko‘maklashgan bo‘lsa, keyinchalik to‘siqlar paydo bo‘ldi, ayrim hollarda esa islohotlar retsessiyaga, xo‘jalikning chuqur
tushkunligiga olib keldi.
Mintaqada birinchi bo‘lib neoliberal islohotlar yo‘liga kirgan Meksikada 1994-yil dekabrda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlandi. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘irlashdi. Shunday sharoitda Meksikadan kapitalning ommaviy ravishda AQSHga ko‘chishi boshlandi. Milliy valuta – peso keskin tushib ketdi, amalda milliy moliya tizimi
izdan chiqdi, 20 ming korxona xonavayron bo‘ldi, mamlakat YIMi keskin tushib ketdi.
Meksika inqirozi 1990-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarini larzaga solgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar zanjirining birinchisi edi. Neoliberal islohotlar oqibatida mintaqa davlatlarining tashqi omilga qaram bo‘lib qolishi Braziliya va Argentina kabi eng yirik davlatlar iqtisodiga ham og‘ir zarba berdi. Ayniqsa, 1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi» bo‘lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko‘rdi. 2001-yili Argentinada defolt e’lon qilinishi jahon tarixidagi eng yirik bankrot holati bo‘lib, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neoliberal tajribalarga nuqta qo‘ydi va mintaqada siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanishning yangi davrini boshlab berdi. Bu jarayonlar ta’sirida iqtisodiy kursdan norozilik, an’anaviy par tiyalar va ularning yetakchilariga ishonchsizlik hollari kuchaydi, qarshilik harakati, jumladan, radikal ko‘rinishdagi tashkilotlarning (qo‘zg‘olonchilik, terrorchi tashkilotlar, narkomafi ya) faollashuvi uchun sharoit tug‘ildi.
XX asrning 90-yillarida Kolumbiyada qurollangan so‘l radikal harakat avj olib, ularning qo‘shinlari mamlakat hududi ning 40% ini nazorat qilardi. 1992-yili Peruda ham «Oydin yo‘l» qo‘zg‘olon chiterrorchilik tashkiloti faollashdi. 1994-yili Meksikada hindularning
ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi. Hukumat siyosatining ijtimoiy oqibatlariga qarshi Argentina, Meksika, Ekvador va boshqa bir qator mamlakatlarda aholining ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy-siyosiy muno sa bat larda hindu xalqlarining o‘z huquqlari, o‘ziga xos madaniyatini saqlab qolish, avtonomiya va yerga bo‘lgan huquqi uchun kurashi alohida o‘rin egallaydi. XX asr oxiriga kelib hindular Boliviya, Gvatemala, Peru, Meksika, Ekvador kabi mamlakatlar aholisining 25 – 50 % ini tashkil qiladi. 1990-yillarning boshlarida X.Kolumb tomonidan Amerikaning kashf etilganiga 500 yil to‘lishi keng nishonlandi. Ammo bu voqea mintaqa aholisi tomonidan bir xilda ijobiy qabul qilinmadi. Sof madaniy muam molardan tashqari neoliberal islohotlar natijasida hindu jamoalarining
yerlarini tortib olish hollaridan norozilik kuchaydi. Hukumatlarning hindu aholisiga nisbatan olib borgan adolatsiz siyosati oqibatida mintaqaning ayrim mamlakatlarida hindularning tartibsiz chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Bu harakat Ekvador, Boliviya, Peru, Braziliyada va Meksikaning janubida ayniqsa ommaviy tus oldi.

Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə