Andijon viloyati hududiy boshqarmasi



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə295/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Shimoliy Afrika. Shimoliy Afrika mamlakatlariga Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya va G‘arbiy Sahroyi kabir kiradi.
Misr sivilizatsiya viy jihatdan ko‘proq Sharqiy O‘rtayer dengiziga mansub bo‘lsa-da, Afrikaning arab mamlakat lari hayotida katta rol o‘ynay di. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Misr iqtisodiy rivojlanishda, qishloq xo‘jaligi, madaniyatda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi, rivojlangan sayyohlik industriyasini yaratdi, mamlakatning valu ta zaxirasi
to‘xtovsiz ortib bordi. Bu yutuqlar Misrga arab va musulmon dunyosining yetakchisi bo‘lish imkonini berdi. Ammo 2000-yillarga kelib, Misrda ham islom fundamentalizmi
faol lashib qoldi. Ular bosimi ostida Misr prezidenti Husni Muborak 2011-yili iste’foga chiqdi. Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida «Musul mon birodarlar» radikal tashkilotidan nomzod Muhammad Mursi g‘alaba qozondi. M. Mursi mamlakat prezidenti «inqilob himoyasiga yo‘naltirilgan har qanday dekretni» imzolashi va u sudda rad etilishi mumkin emasligini belgilab qo‘ydi. Bu harakati uchun muxolifatchilar M. Mursini hokimiyatni egallab olishda, diktaturani tiklashda aybladi. Armiyada norozilik boshlandi. Natijada 2013-yili M. Mur si harbiylar tomo nidan ag‘darildi va qamoq qa olindi.Hokimiyatga mudofaa vaziri general Abdul Fattoh as-Sisi keldi. U 2014-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda Misr prezidenti etib saylandi. «Musulmon birodarlar» terrorchi tashkilot deb e’lon qilindi, uning faollari qatag‘onga uchradi. M. Mursi va tashkilotning yana bir qator faol lari o‘lim jazosiga hukm qilindi. Ammo Misrda terroristik xavf yuqoriligicha qolmoqda. 2017-yil 24-noyabrda ISHID tarkibiga kiruvchi «Viloyat Sinay» terrorchi tashkiloti vakillari Sinay yarimorolidagi masjidda juma namozi paytida portlash
uyushtirib, namozxonlarga qarshi avtomatlardan o‘t ochdi. Oqibatda 235 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi, 100 dan oshiq kishi yaralandi.
Sudan XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mintaqaning eng qoloq mam lakati bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band. Sanoat juda sust rivojlangan, mamlakat aholisining faqat 5%i bu sohada band. Sudanning chegarasi mustamlaka davrida sun’iy bo‘lingan bo‘lib, bu ko‘p lab etno-konfessional mojarolarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Liviyada M. Kaddafi yning uzoq hukmronligi davrida neftdan olingan daromad yirik ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi.Liviyaliklar Shimoliy Afrikada eng ta’minlangan aholiga aylandi.Ammo tashqi siyosatda M. Kaddafi y hukumati inqilobiy va terrorchi tashkilotlariga, ayniqsa, islom dini bayrog‘i ostida harakat qiluvchilarga yordam ko‘rsatdi. M. Kaddafi yning nomi bir qator terroristik aktlar bilan bog‘landi va bu xalqaro jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi. 2011-yili Liviyada ham hukumatga qarshi g‘ala yonlar boshlandi.Qo‘zg‘o lonchilar muvaqqat hukumat tuzib, yordam so‘rab NATO ga murojaat qildi. NATO kuchlari Liviyani bom bardimon qildi, M. Kaddafiy o‘ldirildi, ammo turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar to‘xtamadi. 2016-yili mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Bu urushda turli turli diniy tashkilotlar ishtirok etmoqda. Urush Liviyani iqtisodiy halokat yoqasiga olib keldi. Mil lionlab kishilar mamlakatni tark
etib, qochoqqa aylandi. Afrika davlatlari Mintaqaning Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kabi mamlakatlarida ham shu davrda yuz bergan inqiloblar va to‘nta rishlar murakkab ko‘rinishga, ko‘ pincha diniy asosga ega bo‘lib, bu jamiyatlarning moderni zatsiyaga muhtojligini ko‘rsat moq da.

Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə