Andijon viloyati hududiy boshqarmasi


Tropik va Janubiy Afri ka



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə296/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Tropik va Janubiy Afri ka. 1990-yillari Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlarida ham muhim va o‘ta murakkab o‘zgarishlar yuz berdi. Bular Afrika mamlakatlarining o‘zidagi rivojlanish tendensiyalari va umumjahon ahami yatiga ega bo‘lgan voqea – «sovuq urush»ning yakunlanishi bilan bog‘liq edi. Ikki qarama-qarshi bloklar o‘rtasida Afrikaga ta’sir uchun kurash yakun topdi. Afrika mamlakatlarida demokratlashtirish tendensiyalari, fuqarolik jamiyatini tuzishga inti lish paydo bo‘ldi. Bir partiyali tizimdagi davlat larning ko‘pchiligi ko‘p partiyali tizimga o‘tdi. Dasturida marksizm- leninizm haqidagi nizom saqlanib qolayotgan hukmron partiyalar bu yo‘riq lardan voz kechdilar, marksizmga sodiq qolgan Efi opiyadagi Mengistu Xayle Mariam hukumati 1991-yili ag‘darib tashlandi.
Ammo bu jarayonlar mintaqadagi siyosiy holatni keskinlashtirib yubordi. 1989-yili Liberiyada etnik asosda boshlangan fuqarolar urushi ko‘plab qurbonlar va 1 mln aholining qo‘shni davlatlarga ommaviy qochishiga olib keldi. Mamlakat xarob ahvolga keldi. Faqat Liberiyaga xalqaro harbiy kuchlarni kiritish ahvolni biroz tartibga keltirdi.
Syerra-Leoneda ham harbiy to‘ntarishlar va qurolli mojarolar fuqarolar urushiga olib keldi. Faqat BMT aralashuvi keskinlikni biroz yumshatdi, ammo mamlakat iqtisodi vayron bo‘lgan edi.
Ruanda va Burundida ham qonli mojarolar bo‘lib o‘tdi. 1990-yillar o‘rta lariga kelib tutsi va xutu xalqlari o‘rtasidagi kurash keskinlashib, genotsidga olib keldi. Natijada Ruandaning 1 mln ga yaqin aholisi halok bo‘ldi, Burundida 1 mln ga yaqin kishi qochoqqa aylandi. 1997-yili Kongo Demokratik Respublikasida Mobutuning diktatorlik rejimi ag‘darildi. Ammo yangi hukumat uzoq yillar davomida to‘planib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengib, etnik ziddiyatlarni yumshata olmadi. BMT Kongo Demokratik Respublikasini dunyoning eng qashshoq mamlakati deb tan oldi.
savol va topshiriqlar
1. XXI asr boshiga kelib Misrning siyosiy hayotida islom fundamentalizmi qanday rol o‘ynadi?
2. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Liviya va boshqa Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi inqilob va to‘ntarishlar qanday oqibatlarga olib keldi?
3. «Sovuq urush»ning yakunlanishi Afrika mamlakatlarida qanday jarayonlarni keltirib chiqardi?
4. XXI asrda Afrika mamlakatlari oldida qanday dolzarb muammolar turibdi?


Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə