Andijon viloyati hududiy boshqarmasi



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə298/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Harbiy xavf-xatarlar. XX asrning 50-yillarida dunyoning bir guruh mashhur olimlari yadro qurolini ommaviy qo‘llash sivili zatsiyaning to‘liq yo‘q qilinishiga olib keladi, degan ogohlantirishlari bilan chiqdilar. Haqiqatan, yadro quroli barcha tabiiy ofatlarga qaraganda ham ko‘proq vayron qi lish qudratiga ega. Bu qurolning paydo bo‘lishi tufayli tarixda ilk bor inso niyatning o‘zini o‘zi yo‘q qilish xavfi paydo bo‘ldi. Hozirda sivili zatsiyani muqarrar halokatga olib kelish uchun Yer yuzida to‘p langan yadro qurollarining 1%ini qo‘llash yetarli ekan. Ayni paytda insoniyat uchun harbiy xavf-xatar
XXI asrda ham bartaraf etilmadi. AQSH va Rossiya kabi yetakchi yadroviy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat va ishonchsizlik saqlanib qolar ekan, yadro urushi xavfi ham bartaraf qilinmaydi, insoniyat bunday urush xavfi dan qutulmaydi. Shuningdek, dunyoda yadro quroliga yoki uni tez yaratish imkoniyatiga ega davlatlar sonining muttasil oshib borishi ham insoniyat uchun katta xavf bo‘lib qolmoqda. Kimyo va gen muhandisligining yutuqlari tufayli kimyoviy hamda bakte riologik qurollar ni takomillashtirish imkoniyatlari ham insoniyatni tashvishga solmoqda. Bun day qurollarni yaratishning nisbatan arzonligi, nazorat qilishning murakkabligi, bu esa ko‘plab kishi lar ning yo‘q
qilish imkoniyatini yaratmoqda, kichik to‘qnashuv o‘choqlarida paydo bo‘lish xavfi ni oshirmoqda.
Ekstremizm va terrorizm. Zamonaviy jamiyatning ko‘plab muammolari orasida so‘nggi paytda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ikki muammo – ekstremizm va terrorizm alohida o‘rin tutadi. Ekstremizm va terrorizm insoniyatning ijtimoiy qadriyatlariga katta zarar yetkazadi, jamiyatda inson ning himoyalanganlik hissini poymol qiladi. Ekstremizm – bu ijtimoiy-siyosiy, diniy, milliy maqsadlarga taqiqlangan usullar orqali erishishning naza riyasi va amaliyoti. Taqiqlangan usullar deganda inson huquq va erkinliklariga qonunda man etilgan kuch ishlatish, zo‘rlik yo‘li bilan tajovuz qilish tu shuniladi. Terrorizmning mudhish basharasi Ekstremist o‘zining siyo siy, diniy yoki boshqa ijti moiy xavfli g‘oyala ri haq ligiga ishongan va ularni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga sing dirish uchun harakat qiladigan «g‘oyaviy» jinoyatchi. Bugun o‘zining mutaassib g‘oyalarini isbotlash va ularni jamiyat ning asosiga aylan tirish uchun harakat qilayotgan, o‘z faoliyati davomida dahshatli g‘ayriinsoniy usul lardan foydalanayotgan bu guruhlar shunday
ekstremistlardir. Ekstremizmning eng xavfl i shakli terrorizmdir. Terrorizm – bu dav lat
hokimiyati va mahalliy bosh qaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlar qabul qilish jarayonida aholini qo‘rqitish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik orqali ta’sir ko‘rsatish mafkurasi va amaliyotidir. Ya’ni terrorchilar hech narsa bilan chegaralanmagan vahshiyliklar, masalan, aholi to‘plangan joyda portlash sodir etish, ommaviy qatl qilish kabi usullar orqali siyosiy hokimiyatga intiladilar. Ular hozirda ayniqsa diniy niqob dan keng foydalanmoqda. Masalan, «Al-Qoida», ISHID kabi islom dinini niqob qilib olgan terrorchi tashkilotlar bugun dunyoning eng katta ekstre mistik va terroristik xavfiga aylandi. Bu xavfni bilmaydigan yoki oxiri gacha tushu nib
yetmayotgan kishilar, ayniqsa, yoshlar terrorchilar changa liga ilinib qolmoqda.
Ekstremistik g‘oya lar ning yoyili shida Internet va boshqa zamonaviy axborot vosita lari ham ma’lum salbiy rol o‘ynamoqda. Yaqin Sharqdagi notinch holat, u yerdan o‘n minglab qochoqlarning Yevropaga intilishi butun dunyoda terrorizm xavfini keskin oshirdi. Eng xavfl isi, zamonaviy kishilarga yot bo‘lgan qo‘rqinch va xavotir holati butun dunyoni qamrab olmoqda.

Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə