Andijon viloyati hududiy boshqarmasi


Lotin Amerikasi mamlakatlari XXI asr boshlarida



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə294/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Lotin Amerikasi mamlakatlari XXI asr boshlarida. Yangi asr boshiga kelib Lotin Amerikasi mamla katlari o‘z tarixida birinchi marta diktaturalarsiz rivojlanish yo‘liga kirdi, deyarli barcha davlatlarda saylov yo‘li bilan hoki miyatga konstitutsiyaviy rejimlar keldi. Mintaqa mamlakatlarining mutlaq ko‘pchiligida o‘ziga xos jihati dohiyparastlik va
populizm bo‘lgan siyosiy tizim hamda prezident lik boshqaruvi o‘rnatildi. XX asr oxi ridan boshlab aholi ning an’anaviy partiyalarga ishonchi so‘nib bordi va buning natijasida XXI asr boshida Braziliya, Peru, Venesuela, Ekvador kabi mamlakatlarda hokimiyatga yangi, mustaqil deb atalayotgan nomzodlar keldi. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mintaqadagi mamlakatlar siyosiy hayotining boshqa bir xarakterli jihati kommunistik partiyalarning o‘z mavqeyini yo‘qotishi bo‘ldi. Bu, albatta, dunyoda yuz berayotgan
global jarayonlar bilan bog‘liq edi. 1959-yilgi inqilobdan so‘ng o‘ziga xos kommunistik siyosiy rejim shakllangan Kubada ham shunday jarayonlar yuz berdi. Sotsialistik
tizim barbod bo‘lgandan so‘ng Kuba tashqi moddiy-texnik va moliyaviy yordamdan mahrum bo‘ldi, bu esa, birinchi navbatda, aholining ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramasdan, XXI asrda ham Kuba ijtimoiy davlat bo‘lib qolmoqda. XXI asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida integratsiyalashuv jarayonlari kuchaydi. Bu jarayonlarning asosiy yo‘nalishi mintaqaviy erkin savdo zonalarini tuzish bo‘ldi. Kelajakda Shimoliy va Janubiy Amerika miqyosidagi erkin savdo zonalarini tuzish, savdo va sanoatini rivojlantirish mo‘l jallangan. Ammo yirik rejalar va katta imkoniyatlarga qaramasdan, bu mamla katlar, hatto Braziliya va Meksika kabi gigantlar ham bugun global siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish jarayonida
arzigulik ta’sirga ega emas. 2008-yildan mintaqadagi eng yirik uchta davlat – Braziliya, Meksika va Argentina G-20 («Katta yigirmalik ») obro‘li klubiga a’zo bo‘lsa-da, jahon siyosatida hali katta rol o‘ynamaydi. Shunga qaramasdan, bu davlatlar katta istiqbolli imkoniyatlarga ega. Masalan, Meksika 1994-yili Shimoliy Amerika erkin savdo zonasiga kirdi va 1994 – 2010-yillari Meksikaga kiri tilgan chet el investitsiyalari miq dori to‘rt marta o‘sdi. Shuning 75 % i AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Agar yaqin o‘tmishda eksportning asosini neft tashkil qilgan bo‘l sa, hozir Meksika eksportining 80 % ini sanoat
mahsulotlari tashkil qiladi.

Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə