Andijon viloyati hududiy boshqarmasi


Tabiiy fanlar va tibbiyot



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə303/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Tabiiy fanlar va tibbiyot. XX asrning ikkinchi yarmida biologiya, biokimyo va tibbiyotning rivojlanishi inson hayotining keskin o‘zgari shiga, indus trial jamiyatning yangi sifat bosqichiga o‘tishiga olib keldi. XX asrda qorachechak, ispan grip pi, o‘lat, vabo, terlama, sil, bezgak kabi kasallik lar Yer yuzida 1 mlrd ga yaqin kishining o‘limiga olib keldi. Asr oxiriga ke lib yangi yuqumli kasallik – OITS paydo bo‘ldi. Shunga qara masdan, aynan XX asrda tarixda birinchi bor yuqumli kasalliklar odamlar o‘limining asosiy sababi bo‘lmay qoldi. XX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa, asr oxir lariga kelib,
yurak-qon tomir tizimi va saraton kasalliklari kishilar o‘limining bosh sababchilariga aylandi. Biologiya, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot fani dagi inqilobiy yutuqlar natijasida Yer yuzi aholisi asr boshidagi bir yarim milliard kishidan asr oxiriga kelib olti milliard kishiga
cha ko‘paydi. Juda ko‘plab kasalliklarga qarshi vaksinalar yaratildi. Tibbiyot texnikasi sohasidagi yutuqlar kishilarning hayot farovonligini yaxshiladi va umrini uzaytirdi.
Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar. Ommaviy axborot vositalarining takomillashuvi uni kishilarning ongiga, yurish-turish va kayfiyatiga ta’sir o‘tkazuvchi qudratli vositaga aylantirdi. XX asrning ikkinchi yarmi da sun’iy yo‘ldosh orqali tele ko‘rsatuvlarni namoyish qilish, global kom pyu ter tarmog‘ini yaratish orqali insoniyatning ma’naviy
hayotini baynal milallash tirish uchun sharoit tug‘il di. Shu munosabat bilan odamlarda savol tug‘ila boshladi: aynan qaysi qadriyatlar, g‘oyalar, timsollar, tasavvurlar endi universal xarakter kasb etadi, barcha uchun umumiy bo‘ladi? Aytish mumkinki, hozir g‘oyalar, madaniy qadriyatlarning o‘ziga xos jahon bozori paydo bo‘ldi. Unda kuchli davlatlar o‘zining siyosiy va madaniy ta’sirini ta’minlash uchun kurashmoqda. Hamma joyda radioeshittirish va televideniyening keng tarqalishi, ko‘pchilik mamlakatlarda aholi savod darajasining o‘sishi tez foyda keltiradigan, ommaviy iste’molchiga mo‘ljallangan badiiy mahsulotlarga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Ommaviy madaniyat nafaqat ko‘ngil ochadigan, balki ma’lum mafkuraviy maqsadni ham ko‘zlagan ommaviy vaqtichog‘likning audio va video mahsu lot larini ishlab chiqaruvchi butun boshli sanoatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Jahonning yetakchi korporatsiyalari bunda o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita reklama qilishning kuchli imkoniyatlarini ko‘rdilar. Kino, estrada va sport «yulduzlari»ning mashhurligi ularning hayot tarzini, kiyinish uslubini, hayotiy va siyosiy qarashlarini ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar taqlid qilishi uchun namunaga aylantirdi.
So‘nggi paytda ko‘plab xalqlarning taqlid obyektiga aylan gan G‘arb sivilizatsiyasi texnik va texnologik inno vatsiyalar, demokra tiya va inson huquqlari kabi tushunchalar bilan birga madaniy tolerant likning yangidan yangi jihatlarini namoyon qilmoq da. Bir qator G‘arb mamlakatlarida bir jinsli kishilar o‘rtasida oila qurishning qonunlashtirilishi, urf-odatlar va dinning qarshiligiga qaramasdan, bu odatni boshqa joylarda ham omma lashtirishga urinishi ko‘pchilik tomonidan bugungi G‘arb jamiyatining ma’na viy inqirozi sifatida qaralmoqda. Shu sababli G‘arb ning o‘zida ham ommaviy madaniyat ko‘pchilik faylasuflar, jamiyatshunos va mada niyat shunoslar tomoni dan juda tashvishli hodisa sifatida qaralmoqda. U olamni o‘ta jo‘n qabul qilishga chorlagani uchun intellektual buzilish man bayi sifatida ta’rifl an moqda. Olimlarning fi kricha, ommaviy madaniyat shaxsning chuqur ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish va amalga oshirishga qarshi lik qiladi. Xulq-atvorning taqlidchilik modeli kishilarda sustkashlik, mosla shuvchanlik, ya’ni dunyoni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishga tayyorlik psixologiyasini shakl lantiradi.

Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə