Andijon viloyati



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#150449
1   2   3   4
202-guruh Tursunaliyeva Bashoratxon

QASHQADARYO VILOYATI
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari ham " Yashil makon " tadbiri doirasida tizim sohalariga qarashli maydon va bino atroflarida daraxt ekish ishlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, viloyat IIB rahbariyati tomonidan boshqarma patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi pitomnigi, Maxsus qabulxona, reabilitatsiya qilish markazi binolari atrofiga mevali va manzarali daraxtlar ekishdi.
Tadbirda viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Aziz Allanazarov qatnashdi. Shu kuni doirasida ichki ishlar organlari rahbarlari va xodimlari tomonidan 500 tup koʻchatlar ekildi.


SURXONDARYO VILOYATI
Surxondaryo viloyatida " Yashil makon " loyihasi doirasida keng koʻlamli koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Angor tumanida uyushtirilgan koʻrgazmali tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda qatnashgan viloyat hokimi mazkur loyihaning ahamiyati haqida toʻxtatib, barchani faollikka undadi.
Shu kuni Angor tumaniga qaragʻay, qayragʻoch, katalpa, oʻrik, jiyda, tut, bodom kabi 10 mingdan 600 tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt koʻchatlari va butalar ekilishi rejalashtirilgan.



JIZZAX VILOYATI
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan " Yashil makon" umummilliy loyihasi yashil maydonlarni kengaytirish, shahar va qishloqlarda goʻzal bogʻlar yaratish imkonini berdi. Shu maqsadda Jizzax viloyatida ham keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Ushbu viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Zomin tumani hokimligi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Peshogʻor qishlogʻida mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, 1500 dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Ushbu umummilliy loyiha doirasida oʻtkazilayotgan ezgu amaliy tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha harbiy xizmatchilari faol qatnashmoqda.




Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə