Andijon viloyati



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#150449
1   2   3   4
202-guruh Tursunaliyeva Bashoratxon

SAMARQAND VILOYATI
Loyiha doirasida Samarqandda ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bogʻlar, hovlilarga, koʻcha atroflariga daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shahrimizdagi yashil maydonlarni koʻpaytirish kabi ishlar qilinmoqda.
Shu munosabatda 16-noyabr kuni Samarqand chet tillari instituti jamoasi ham yaxshi niyat bilan " Yashil makon "loyihasi doirasida oʻquv binolari atroflariga, institut hovlisiga archa koʻchatlarini ekishdi. " Bugun biz ekayotgan koʻchatlar shu shaharning ekologik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Buning uchun koʻchatlarning ildiz otib, sersoya daraxtlarga aylanishi uchun parvarishlash ishlarini ham yoddan koʻtarmaslik zarur "-deydi institut jamoasi.



NAVOIY VILOYATI
Ucell kompaniyasi butun Oʻzbekiston hudularini koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bormoqda. " PO- Navoiy "xodimlari hududiy boʻlinmaga tutash hududlarni obodonlashtirishmoqda. " PO- Guliston" Ishchilari " Yashil makon " loyihasida ishtirok etishdi. Yer sayyorasi yana oʻnta daraxt bilan boyitildi. Alisher Gapparov Ucell-Navoiy hududiy boʻlinmasi rahbari: - Hududiy boʻlinmaga tutash hududni obodonlashtirish boʻyicha tadbir oʻtkazdik. Rahbarlarimiz koʻmagi, idora xodimlari sa'y-harakatlari bilan oʻnlab qaragʻay koʻchatlari oʻtqazildi". 12-noyabr kuni Guliston shahar " PO-Guliston" hududiy boʻlinmasi ishtirok etdi. Bunda "Besh yulduz" navli 35tup olma daraxti ekildi.



QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
2021- yilning 13-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan " Yoshlar kelajagimiz" jamgʻarmasi bilan birgalikda " Yashil makon " umummilliy loyihasi doirasida forum tashkil etildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, " Yoshlar kelajagimiz " jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya vakillari va jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida har bir ishtirokchi tomonidan belgilangan huduga daraxt koʻchatlari ekildi.
Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti direktori, professor, A. T. Jalilov:" Shu kabi tadbirlar kelgusida hududlarda ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, ushbu jarayonlarga aholi, shu jumladan yoshlarning qiziqishini ortishiga, qolaversa, har bir fuqaroda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini kuchayishiga xizmat qiladi.


Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə