Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi


GULLI O’SIMLIKLARNING QO‘SH URUG‘LANISHI



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə12/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

GULLI O’SIMLIKLARNING QO‘SH URUG‘LANISHI
Chang donasining urug’chi tumshuqchasiga tushgandan so’ng, tumshuqchadan ajralib chiqadigan har xil moddalar ta’sirida (15-45 minutdan bir necha soat yoki bir necha hafta) o’sa boshlaydi. Chang donasining ichki qobig’i teshiklar orqali bo’rtib chiqib chang nayiga aylanadi. Chang nayi urug’chi tumshuqchasiga kirib boradi. Ustuncha orqali tugunchaga va uni devorlari bo’ylab urug’kurtakning chang yo’liga yetib keladi. Chang nayining chang yo’li orqali urug’kurtaklarga kirib borishi poragamiya deyiladi. Chang nayining o’sishi vaqtida vegetative hujayraning mag’zi erib yo’qolib ketadi. Generativ hujayra mag’zi esa ikkita erkin gametalar, ya’ni spermiylarni hosil qiladi. Murtak xaltasida chang nayining uchki qismi yoriladi. Chang naychasidan chiqqan spermiylar murtak xaltasi sitoplazmasiga tushadi, shundan so‘ng spermiylardan bittasi tuxum hujayraga kirib, uning yadrosi bilan qo‘shiladi, ikkinchi spermiy esa, murtak xaltasining ikkilamchi yadrosi bilan qo‘shiladi. Bu qo’shilish deyarli bir vaqtda sodir bo’ladi. Bu jarayonga qo‘sh urug‘lanish deyilib, u faqat gulli o’simliklar uchun xosdir (84-rasm). Undan so‘ng murtak va endosperm hosil bo‘ladi. Murtakdan kelajakda yangi o‘simlik yetilsa, endosperm esa ko‘p hujayrali to‘qima holatida rivojlanadi. Bunda yangi naslning hayotchanligi va tashqi muhitga moslashganlik xususiyatlari ortadi. Urug’langan tuxum hujayra zigotaga aylanadi va birdaniga yoki biroz vaqtdan keyin bo’lina boshlaydi. Natijada urug’ murtagi hosil bo’ladi. Qo‘sh urug‘lanish jarayonini birinchi bo‘lib 1898 yilda S.G. Navashin qoqidoshlar va piyozdoshlar oilalari vakilalarida kashf qilgan.

Ikki pallali o’simliklarning shakllangan murtagida ikkita urug’ palla, gipokotil, birlamchi ildizcha va poyacha hamda o’sish konusidan iborat. Ba’zan birlamchi poyacha bilan o’sish konusi bir necha boshlang’ich holdagi barglar birga, kurtakchani hosil qiladi. Bir pallalilarda faqat bitta urug’ palla murtakning uchki qismida joylashadi. Poyaning o’sish nuqtasi esa yon tomonda bo’ladi.

Ikkilamchi mag’iz urug’lanishdan so’ng triploid holatga o’tadi. U tez bo’linish natijasida oziqlantiruvchi to’qima endospermga aylanadi. Endosperm murtakning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega va u asosiy oziq manbai bo’lib xizmat qiladi.

Sinergid va antipodlar urug’lanishdan so’ng yo’qolib ketadi. Urug’kurtak asta-sekin urug’ga aylanadi. Urug’ po’sti integumentlar va qisman nutsellusdan hosil bo’ladi. Nutsellusdan ba’zi hollarda tashqi oqsil deb ataladigan perisperm ham shakllanadi. Tugunchaning o’zi esa mevaga aylanadi. Ko’pchilik gulli o’simliklarda meaning hosil bo’lishida gulning boshqa a’zolari ham qatnashadi.

Qo‘sh urug‘lanish barcha gulli o‘simliklarga xos hususiyat hisoblansada, bazi bir arxideyadoshlar, zarpechakdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarda bir marta urug‘lanish hodisalari uchraydi. Bunda ko‘pincha bitta spermiy tuxum hujayra bilan birlashadi. Odatda bu urug‘lanish jarayonidan so‘ng puch urug‘lar hosil bo‘ladi, bu urug‘larda endosperm bo‘lmaydi urug‘murtak ko‘pincha o‘ladi. Bu jarayon ham birinchi bo‘lib 1900 yilda S.G. Navashin tomonidan kashf qilingan edi.

84-rasm. Gulli o’simliklarda qo’sh urug’lanish:

1 – urug’chi tumshuqchasida chang o’sishi va urug’kurtakka o’sib kirishi; 2 – murtak xaltasida qo’sh urug’lanish jarayoni.


Yopiq urug’li o’simliklarning urug’langan tuxum hujayrasidan urug’ning hosil bo’lishi odatdagi biologik hodisa deb qaralib, uni amfimiksis deyiladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə