Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə11/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

Chetdan changlanish. Chetdan changlanish ksenogamiya deb ham ataladi va bunda bir o‘simlik tupida joylashgan guldagi changdondan chiqqan chang donachalari, boshqa o‘simlik tupida joylashgan guldagi urug‘chi tumshuqchasiga tushadi. Chetdan changlanish usulida har xil irsiy belgilarga ega bo’lgan gametalar qo’shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi. Ksenogamiya yo’li bilan changlangan guldan yashash sharoitiga yaxshi moslashgan, individual o’zgaruvchanlik xususiyatlari yaqqol ifodalangan nasl kelib chiqadi. Ko’pchilik o’simliklar shu yo’l bilan changlanadi, ular chetdan changlanishga moslashgan bir necha xususiyatlarga egalar.

1. Dixogamiya - urug‘chi bilan changchining har xil vaqtda yetilishi natijasida o‘zidan changlanish bo‘lmaydi. Gulda changdon oldinroq yetilsa proteroandriya deyiladi. Bu hodisani Ziradoshlar (Apiaceae) Qoqidoshlar (Asteraceae), Chinniguldoshlar (Caryophliaceae) oilalarining vakillarida ko‘rish mumkin.

Urug‘chi changchidan ertaroq yetilsa, proterogeniya deyiladi. Bu hodisa karamdoshlar (Brassicaceae) va zirkdoshlar (Berberidaceae) oilalarining vakillarida uchraydi.

2. Geterostiliya. Urug‘chi va changchining xar xil uzunlikda bo‘lishi o‘zidan changlanishning oldini oladi. Bu hodisa navro’zgul (Primula) va marjumak (Fagopyrum) o‘simliklarida kuzatiladi

3. Nomuvofiqlik. Urug‘chi o‘z tumshuqchasiga tushgan changni qabul qilmaydi va changning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Bu hodisa nomuvofiqlik hodisasi deyiladi. Chang urug‘chi tumshuqchasiga tushgandan so‘ng u o‘sa boshlaydi. Chang o‘sishi ob-havo sharoiti hamda o‘simliklarning gullash davriga bog‘liq bo‘lib, o‘sish vaqtida shishadi, keyin ekzin teshikchalari (poralari) orqali o‘simta sifatida chang naychalari chiqadi ba’zan bitta changdan bir nechta chang naychalari hosil bo‘lishi mumkin (masalan qovoqdoshlar, gulxayridoshlar oilalarida), biroq ulardan faqat bittasi o‘sib rivojlanadi boshqalari esa qurib qoladi.

Chetdan changlanishni biotik va abiotik changlanishlarga ajratish mumkin.



Biotik changlanish:

Hasharotlar yordamida changlanish yoki entomofiliya ham deyiladi. Hasharotlar gullarning evolyutsiyasidagina emas, balki ularning kelib chiqishida ham etakchi rol o’ynagan. Gulning kelib chiqishi ko’pchilik hasharotlar va mayda qushlarning evolyutsiyasida tub burilish bo’lgan. Hasharotlar gulga nektar va gul changlarini olish uchun qo’nadilar, bu bilan ular chetdan changlanishni ham amalga oshiradilar. Bu xil o‘simliklarni entomofil o‘simliklar deb atalib, ularning guli yaxshi rivojlangan, agar guli kichik bo‘lsa ular to‘pgullarga birlashgan bo‘ladi. Gultoj barglari yaqol ko‘zga tashlanadi, ranglari oq, pushti, sariq, ko‘k, qizil bo‘ladi. Ana shunday o‘simliklarga o‘rik, gilos, shaftoli, anjir, olma, behi, nok va shu kabi o‘simliklar kiradi. Gullarni arilar, pashshalar, kapalaklar, chumolilar (mirmekofiliya), o’simlik bitlari va boshqa hasharotlar changlatadi.

Tropiklarda parazit holda hayot kechiruvchi paflezia o’simligi bitta yirik (diametri 0,5-1 m) gulga ega. Uning gultojbarglari och qizil rangga ega bo’lib, xuddi go’shtni eslatadi. Uning guli o’zidan qo’lansa hidni tarqatadi va uni pashshlar changlatadi. Anjir (Ficus) o’simligining gullari arilarning Blastophaga avlodi yordamida chetdan changlanadi. Bu arilarning haytiy sikli anjir gullarining gullash davri bilan chambarchas bog’langan.



Qo‘shlar yordamida changlanish. Tropik iqlim sharoitida o‘sadigan bazi bir o‘simliklar qo‘shlar yordamida changlanadi bunday changlanish ornitofiliya deyiladi. Bu guruhga kiradigan o‘simliklarni Avstraliya, Janubiy Afrika va Janubiy Amerikada ham uchratish mumkin. Ornitofil o‘simliklarga evkalipt, kanna, akatsiya, aloe va bazi bir kaktus o‘simliklari kiradi. Bu o‘simliklarni changlatishda kolibrilar, to‘tilar, nektarchi va asal so‘ruvchi qo‘shlar ishtirok etadi.

Amerika va Tropik Osiyo iqlim sharoitida o‘sadigan bazi bir o‘simliklar (baobab, bananning bazi turlari, Janubiy Amerika jun daraxti) esa ko‘rshapalaklar yordamida changlanadi va ularni xeropterofil o’simliklar deyiladi. Ko’rshapalaklar bu o’simlik gullarini odatda kechki g’ira-shirada va tungi soatlarda changlatadi.

Shuningdek, ayrim o’simliklar gullari sut emizuvchi hayvonlar bilan ham changlanadi.

Abiotik changlanish usullari:

Shamol yordamida changlanish. Bunday o‘simliklar anemofil o‘simliklar, changlanish jarayoni esa anemofiliya deb ataladi. Urug’li o’simliklarning 10-15% i anemofil o’simliklardir. Bu xil o‘simliklarning gullari ko‘rimsiz, mayda va ko‘pincha kuchala to‘pgulga birlashgan, gul qo‘rg‘oni yaxshi rivojlanmagan va reduksiyalashgan. Nektar bezlari bo‘lmaydi. Changlari ham kichikroq, silliq va ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi va ular juda ko’p sonda hosil bo’ladi. Bu esa urug’chining tumshuqchasiga oz sonda qolganda ham tushish imkonini beradi. Urug’chi tukli patsimon tumshuqchalarga ega. Bu esa changlarni oson ushlab qolish imkonini beradi. Masalan, makkajo‘xorining ro‘vagida 50 mln tagacha chang hosil bo‘lishi mumkin. Shamol bilan changlanadigan o‘simliklarga oq qayin, barcha ninabarglilar, qandog’och, eman, yong‘oq, terak, chinor, lavlagi, tok, bug‘doy, javdar, makkajo‘xori, oq jo‘xori va shu kabi o‘simliklar kiradi.

Suv yordamida changlanish, bunday changlanish gidrofiliya, o‘simliklar esa gidrofil o‘simliklar deyiladi. Bularga vallesneriya, elodiya, ryaska, shoxbarg kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. Ular suv muhitida changlanishga moslashgan qator belgilarga ega: Gullar suv yuzasiga chiqmasdan ochiladi; Changdonlaridagi endotetsey hujayralari po’sti qalinlashmagan; Chang donachalari faqat yupqa po’st-intinaga ega; Chang donachalari ipsimon va sferik shakllarda. Lekin, suvda yashovchi o’simliklar ko’proq vegetativ usulda ko’payadilar.

Uzoq shakllarni (turlararo, turkumlararo) chatishtirganda ham chang naychasining o‘sishi ancha sust bo‘ladi. Xuddi shunday holatni geterostilli o‘simliklarda ham kuzatish mumkin. O’sgan chang naychasining murtak xaltasiga kirishining uch xil usuli mavjud: Porogamiya, xalazagamiya va mezogamiya.

Gulli o‘simliklarda bu usullar orasida eng ko‘p uchraydigani porogamiya hisoblanadi. Bu urug‘lanishning eng qisqa yo‘li bo‘lib, o‘sayotgan chang naychasi mikropile orqali murtak xaltasiga kiradi.

Bazi bir o‘simliklarda chang naychasi murtak xaltasiga urug‘kurtakning xalaza qismi orqali o‘tadi va u xalazagamiya deyiladi. Bu hodisa 1891 yilda Treyb tomonidan birinchi bo‘lib aniqlangan. Keyinchalik daraxtsimon o‘simliklarda (oqqayin, olxa, leshina, yong‘oqda) xalazagamiya’ni S.G. Navashin va V.V. Finlar isbotlab berganlar.

Chang naychasining murtak xaltasiga urug‘kurtak oyoqchasi (platsentasi), integumentlari yoki nutsellus orqali kirishiga mezogamiya deyiladi. Bu jarayoini birinchi bo‘lib 1898 yilda S.G. Navashin va 1912 yilda V.Fin kashf qilgan. Murtak xaltasiga kirgan chang naychasi sinergidlar orqali tuxum hujayrasi yoniga borganda yoriladi, bunga sinergid hujayralari ko‘maklashadi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə