Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to‘plash va ulardan foydalanish



Yüklə 143,09 Kb.
səhifə3/11
tarix18.07.2023
ölçüsü143,09 Kb.
#119682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi ko\'rsatma

Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to‘plash va ulardan foydalanish

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi mavzusini tanlab olish va uning rejasini tuzish talabaning mustaqil ravishda bajaradigan ilmiy ishining dastlabki bosqichidir. Ishning darajasi va sifati ko‘p jihatdan mavzuni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir. Binobarin, bu ishga jiddiy, maʼsuliyatni sezgan holda yondashish zarur. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo‘yicha professor-o‘qituvchining maʼruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni hamda Prezident asar va maʼruzalarini chuqur o‘rganib chiqishi lozimdir.


Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o‘rganishi, o‘zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o‘z mutaxassisiligi yo‘nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kurs ishi rejasini o‘qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq. Reja quyidagilardan iborat bo‘ladi: kirish, mavzuning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 4-5 ta savollar, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar (ilova-2). Rejadagi savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi, har bir savol o‘zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo‘lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritilsa, xulosaviy qismida esa tahlil qilingan masalalarni hal etish bo‘yicha muallifning tavsiyalari berilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismida mavzuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar, tahlillar va ushbu mavzu bo‘yicha muammolar, ularni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantirish chora-tadbirlari yoritilishi kerak. Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va statistik maʼlumotlarning yangiligi eʼtiborga olinishi zarur.
Kurs ishining oxirgi rejasida tahlil qilingan mavzuga oid bo‘lgan muammolarni kelajakda hal etish yo‘l-yo‘riqlari va uni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi zarur.
Adabiyot tanlash, uni o‘rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish shoshma-shosharlikga yo‘l qo‘ymaydi, balki talabaning pishiq-puxta ish olib borishini taʼminlaydi va unga kurs ishini o‘z vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishiga imkon beradi.
Kurs ishini bajarishda mazkur qo‘llanmada ko‘rsatilgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kutubxonada bibliografik, yaʼni sistemali, predmetli alfavit kataloglari asosida adabiyotlar tanlanadi. Masalan, sistemali katalogdan sohalariga qarab joylashtirilgan bo‘ladi. Mabodo, qiyinchilik yuzaga kelsa, kutubxonada mutaxassis maslahatidan foydalanish mumkin.
Adabiyotlar va maʼlumotlardan foydalanishda quyidagilarga eʼtibor berish zarur:

  • Talaba o‘rganib chiqayotgan va tanlagan mavzuga taalluqli adabiyotlarni to‘liq yozmasdan, o‘z so‘zi bilan qisqacha va ijodiy bayon qilib berishi;

  • Zarur hollarda foydalanilayotgan jumlalarni o‘zgartirilmay aynan berilish tariqasida ko‘chirishi;

  • Umumiy daftar tutib, rejadagi har bir savolga taalluqli fikrlarni alohida yozib qo‘yish va kerak bo‘lganda ulardan foydalanishi:

  • Mavzuga taalluqli fikrlarni ayrim varaqlarga va maxsus kartochkalarga yozib qo‘yishi. Kartochka tizimi afzalligi shundaki, u kerak bo‘lgan fikrlarni tezroq qidirib topish imkonini beradi;

  • Uchragan hamma maʼlumotlar va raqamlarni ko‘chirib olmasdan, ko‘rib chiqilayotgan mavzuga bevosita tegishli eng muhim maʼlumot va raqamlardan foydalanishi;

  • Maʼlumotlarga asoslanib tuzilgan jadval, grafik va diagrammalar hamda nazariy jihatdan tahlil etilayotgan fikrlarning amaliyotda naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib berish.

Talaba barcha adabiyotlarni batafsil o‘rganib, ular konspekt qilgandan keyin kurs ishini yozishga kirishishi mumkin.

Yüklə 143,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə