Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 143,09 Kb.
səhifə2/11
tarix18.07.2023
ölçüsü143,09 Kb.
#119682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi ko\'rsatma

Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo‘yiladigan asosiy talablar

Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishlari talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo‘lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to‘g‘risida aniq tassavurlarga ega bo‘lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g‘oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga eʼtibor berishlari lozim.


Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar mahkmasining qarorlari, Vazirliklarning meʼyoriy hujjatlari, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asar hamda maʼruzalaridan, mahalliy va chet el yetakchi iqtisodchi olimlarining asarlaridan, ularning iqtisodiy g‘oyalaridan, fanga tegishli bo‘lgan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan, internet maʼlumotlaridan keng foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o‘zlarining fikrlarini bayon etishi kurs ishining mazmunini yanada boyitadi.
Kurs ishlari mavzularining ro‘yhati (1-ilova) kafedra o‘qituvchilari tomonidan butun kursni qamrab oluvchi mavzular ketma-ketligi tartibida tuziladi. Bunda guruhdagi har talabaga kamida 5-6 ta mavzu to‘g‘ri kelishiga eʼtibor qaratiladi, chunki talaba kurs ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Buning uchun talaba familiyasining birinchi harfiga mos keladigan mavzulardan birini tanlaydi. Bunda professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarga kurs ishi bo‘yicha mustaqil ishlashlarining yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatish va kurs ishini yozish bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lishi haqida maslahatlar berishdan iboratdir.
Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so‘ng, mavzuga tegishli bo‘lgan adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o‘rganishlari kerak. Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo‘lgan rus va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishlari lozim. To‘plangan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi mavzusini to‘liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishini yozish bo‘yicha tavsiya etilgan yo‘riqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to‘g‘ri yoritib berish va uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkonini beradi.
Talabalarga kurs ishlari mavzularini semestrning boshida eʼlon qilish maqsadga muvofiqdir, chunki kafedra o‘qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Kurs ishining hajmi o‘rtacha 35-40 bet bo‘lishi kerak.
Talabalar kurs ishini kompyuterda yozishlari lozim. Sahifalarga tartib bilan raqam qo‘yiladi va taqrizchi professor-o‘qituvchi uchun o‘z mulohazalarini yozishga kurs ishining boshiga bitta oq qog‘oz qo‘yiladi. Kurs ishi titulini rasmiylashtirish 3-ilovada keltirilgan.
Kurs ishining birinchi betiga kurs ishi rejasiga tegishli savollarning sahifalari qo‘yiladi. Undan keyingi varaqlarda kurs ishining matni bayon qilinadi va mavzudagi har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Kurs ishi faqat varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi.
Kurs ishining oxiriga talaba o‘z imzosini qo‘yib, unga bajargan vaqtini ko‘rsatishi zarur. Kurs ishini tayyorlab kafedra professor-o‘qituvchilariga taqrizga berish muddati joriy yilning 20 iyuliga qadar belgilanadi (sirtqi guruh talabalari uchun joriy oyning 15 kunidan kechikmasdan taqdim qilinadi). Chunki, har bir kurs ishiga professor-o‘qituvchi o‘qib chiqqan holda o‘z xulosasini berishi lozim. Bu esa vaqt talab etadi. Kurs ishlarini taqriz qilish yilning 20 iyuldan 30-iyulga qadar amalga oshiriladi. Bajarilgan kurs ishiga ijobiy taqriz yozilgandagina u himoyaga qo‘yiladi. Agar kurs ishi bo‘yicha professor-o‘qituvchi kamchiliklar ko‘rsatgan bo‘lsa, u holda talaba ushbu kamchiliklarni to‘g‘rilab, qayta taqrizga topshirishlari lozim. Shundan keyingina talabalar kurs ishini himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.
Kafedra professor-o‘qituvchilari kurs ishlarini himoyasini yilning 1 avgustdan 10 avgustgacha muddatda o‘tkazishlari kerak (sirtqilar uchun o‘quv davrining oxirgi 20 kunida o‘tkaziladi). Kurs ishlari himoyasini hayʼat aʼzolari qabul qilishlari kerak.



Yüklə 143,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə