Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Kurs ishlarini baholash tartibi



Yüklə 143,09 Kb.
səhifə5/11
tarix18.07.2023
ölçüsü143,09 Kb.
#119682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi ko\'rsatma

Kurs ishlarini baholash tartibi

Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg‘otish, ularga to‘g‘ri taʼlim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Shu boisdan har bir o‘qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, obʼektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Reyting tizimiga asosan talaba tomonidan tayyorlangan kurs ishi 5 ballik tizim asosida baholanadi.
Shuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir:





Belgilangan ball

Baholash mezonlari

1

5
“Aʼlo”

Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo‘lsa, foydalanilgan adabiyotlar va maʼlumotlarga xavolalar (snoskalar) berilib adabiyotlar ro‘yhatida ko‘rsatilgan bo‘lsa va ish bo‘yicha beriladigan savollarga aniq va to‘liq javob berib, o‘zining fikrini erkin bayon etgan holda xulosalar berilsa, bunday tayyorlangan ishlarga «aʼlo” baho qo‘yish mumkin.

2

4
“Yaxshi”

Agar rejadagi savollarning barchasiga to‘liq javob yozilgan bo‘lib, bittasiga yetarlicha javob berilmagan bo‘lsa, ko‘rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bartaraf etilsa, himoyada talabaning javob berishiga qarab «yaxshi” baho qo‘yish mumkin.

3

3
“Qoniqarli”

Rejadagi 4-5 ta savolning 3-4 tasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko‘chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati tartib bo‘yicha yozilmasa va boshqa shu kabi kamchiliklar bo‘lsa, ko‘rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib, bu kabi ishlarni «qoniqarli” baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi «qoniqarsiz” baholanadi.

4

2
“Qoniqarsiz”

Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz” baholanadi: reja noto‘g‘ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo‘lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa; kurs ishi eʼtiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa; javoblar asosan o‘quv adabiyotlaridan ko‘chirilgan bo‘lsa; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘lmasa; foydalanilgan adabiyotlarga va maʼlumotlarga xavolalar berilmagan bo‘lsa; rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa; himoya jarayonida savollarga to‘g‘ri javob bera olmasa.

O‘qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi.


Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirishga jiddiy eʼtibor berish ham muhim hisoblanadi. Chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmiylashtirishga eʼtibor berilsa, bu taqrizda alohida ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo‘yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo‘lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo‘l qo‘yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o‘qishga bo‘lga ishtiyoqini so‘ndiradi, yaʼni talabaning ijodiy faoliyatiga taʼsir qiladi. Shu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama obʼektiv taxlil qilib, qo‘yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.

Yüklə 143,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə