Annotatsiya Dastur Maxsus pedagogika, defektologiya (oligofrenopedagogika), 5A111901-Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya), 5A111901-Maxsus pedagogika, defektologiya



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#147083
1   2   3   4   5   6   7
7306 927 ТДПУ 5A111901 Maxsus pedagogika, defektologiya

 
 



LOGOPEDIYA fani bo’yicha: 
Logopediya fanining umumiy masalalari. Logopediya fanining maqsadi
vazifalari. Logopediya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopediyaning 
metodologik asoslari. Nutq buzilishlari etiologiyasi. Nutqning anatomic-fiziologik 
mexanizmlari. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoillari. Nutq buzilishlarini 
tasniflash. Logopedik ta‘sir tamoillari va metodlari. Bolalar nutqining rivojlanish 
hususiyatlari. Nutq faoliyatining xususiy patologiyasi. Ovoz apparati va 
hiqildoqning ovoz hosil qilishi funksiyasi. Ovoz apparatining akustikasi va 
ovozning akustik tuzilishi. Ovoz huruji. Rigistrlar. Ovoz paydo bo‗lishi 
nazariyalari. Bolalar ovozining rivojlanishi. Ovoz buzilishlarining etiologiyasi. 
Ovoz buzilishlarini kelib chiqish sabablari va mexanizmi. Ovozdagi o‗zgarishlar 
(buzilishlar) ning sabablari va turlari. Ovoz buzilishining tasnifi. Organik ovoz 
buzilishlari, (xiqildoq harakatining buzilishi, surunkali laringit, kichik xirurgik 
operatsiyadan keyingi ahvol). Funksional ovoz buzilishlari (parezlar, fonosteniya, 
funksional afoniya, patologik mutatsiya).
Ovoz buzilishlarini bartaraf etish. Ovoz buzilishlari profilaktikasi va ovoz 
gigienasi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar. O‗zbek tili tovushlari tasnifi. 
Bolalarda nutq tovushlarini ontogenezda shakllanishi va rivojlanishi. Dislaliya 
haqida tushuncha. Dislaliyani o‗rganish tarihi. Dislaliya sababalari . Funksional va 
mexanik, monomorf va polimorf, oddiy va murakkab dislaliya. Dislaliya turlari 
(sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm, kappatsizm, yumshatish nuqsonlari). Tovush 
talaffuzi va nutq eshituv idrokining buzilishi (fonetik, fonematik va fonetik-
fonematik). Dislaliyani bartaraf etishda logopedik ta‘sir metodikasi. Tovush 
talaffuzi buzilishlarini bartaraf etish usullari. Logopedik ish davrlari: tayyorlov, 
tovushni nutqga qoyish, tovushni nutqda mustahkamlash, tovushlarni ajratish 
(differensiatsiyalash), tovushni nutq faoliyatiga kiritish. Har bir davrning vazifasi 
va ish usullari. Turli xil sigmatizmni bartaraf etish. Rotatsizm va lambdatsizmni 
bartaraf etish. Til orqa (k, g, x) va chuqur til orqa (q, g‗) tovushlar talaffuzidagi 
kamchiliklarni bartaraf etish. Rinolaliyani o‗rganishning tarixi. Buzilish 
mexanizmi, sabablari va uni aniqlash. Logopedik yordam ko‗rsatishni 
rivojlantirish. Rinolaliya shakllari. Ochiq rinolaliY. Yopiq rinolaliy. Aralash 
rinolaliY. Tanglaydagi tug‗ma yoriqlarning bolaning jismoniy, ruhiy va nutqiy 
rivojlanishiga ta‘siri. Rinolaliyada nutqning o‗ziga hos xususiyatlari. Rinolalik 
bolalarga kompleks, ya‘ni tibbiy-pedagogik ta‘sir logopedik ishning bir qismi 
sifatida. Ochiq rinolaliyada logopedik ishning asosiy tamoyillari. Operatsiyagacha 
va operatsiyadan keyin olib boriladigan logopedik ish metodikasi. Rinolaliyada 
tovushlarni nutqqa qoyishning o‗ziga xos hususiyatlari. Rinolaliyada ovoz 
buzilishi va uni korreksiyalash. Dizartriya haqida tushuncha. Dizartriya nutq 
buzilishini o‗rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Dizartriyaning sabablari. 
Dizartriya – bolalar serebral falaji kasalligining belgisi sifatida. Dizartriya tasnifi. 
Asosiy shakllari va ularning belgilari. Dizartrik bolalarning salomatligi, psixik va 
nutq taraqqiyotining o‗ziga xos xususiyatlari. Artikulyatsiya (talaffuzining 
aniqligi), umumiy va mayda motorikaning (nutqga dahldor va dahldor bo‗lmagan) 
buzilishi. Dizartriyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ishlar tizimi. Dizartrik 
bolalar bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ishlarning vazifalari
korreksion ish metodlari va usullari. Dizartriya nutqiy nafas va ovozni 



rivojlantirish. Tovushlar talaffuzini korreksiyalash. Sistemali nutq buzilishi. 
Alaliya – nutqning sistemali (surunkali) rivojlanmaganligi. Alaliyani o‗rganish 
tarixi. Alaliya sabablari va mexanizmi. Alaliya shakllari. Alaliyani tasniflash. 
Motor alaliya. Alaliyada nutqning leksik-grammatik va fonetik tomondan 
buzilishi. Alalik bolalarning nutqni o‗zlashtirishidagi qiyinchiliklari. Motor alalik 
bolalar nutqining leksik-grammatik va fonetik-fonematik tavsifi. Motor alaliyaning 
nutqiy bo‗lmagan belgilari. Motor alaliyada korreksion ta‘sir tizimi. Sensor alaliya. 
Sensor alaliyaning asosiy belgilari. Sensor alaliyali psixologik-pedagogik va nutqiy 
hususiyatlari. Sensor alaliyaning zaif eshitish va aqli zaiflik bilan qiyosiy tavsifi. 
Sensor alaliyada korreksion ta‘sir tizimi. Afaziya - uning sabablari va mexanizmi. 
Afaziyani o‗rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Afaziya shakllari va ularning 
nomoyon bo‗lish sabablari. Akustik-gnostik sensor afaziya: nutq tushunishdagi 
kamchiliklar, ekspressiv nutq buzilishi, o‗qish va yozuvdagi buzilishlar. Akustik-
mnestik afaziya: nutq tushunishdagi kamchiliklar, ekspressiv nutq buzilishi, o‗qish 
va yozuvdagi buzilishlar. Semantik afaziya: nutq tushunishdagi kamchiliklar
og‗zaki va yozma nutq buzilishi. Afferent-motor afaziya: nutq tushunishdagi 
kamchiliklar, ekspressiv nutq buzilishi, o‗qish va yozuvdagi buzilishlar. Efferent-
motor afaziya: nutq tushunishdagi kamchiliklar, ekspressiv nutq buzilishi, o‗qish 
va yozuvdagi buzilishlar. Dinamik afaziya: nutq tushunishdagi kamchiliklar, 
ekspressiv nutq buzilishi, o‗qish va yozuvdagi buzilishlar. Bolalarda afaziyaning 
kechishi xususiyatlari. Afaziyada korreksion-tarbiyaviy ishlarning asosiy 
yo‗nalishlari. Reabilitatsion ta‘limning tamoyil va metodlari. Afaziyaning barcha 
shakllarini bartaraf etishda korreksion-logopedik ish tizimi va uning o‗ziga xos 
hususiyatlari. Yozma nutq kamchiliklari va ularni bartaraf etish. Yozma nutqdagi 
kamchiliklarini o‗rganish tarixi. O‗qishning psixologik akti. Meyorda o‗qishni 
o‗zlashtirish jarayoni. Tovush-harf jarayonini o‗zlashtirish jarayoni. Bo‗g‗inlab 
o‗qish bosqichi. So‗zlarni butun o‗qish. Sintetik o‗qish bosqichi. Disleksiy. 
Disleksiya tasnifi. Disgrafiya. Yozuv jarayonining psixik-fiziologik qurilishi. 
Yozuv jarayonini operatsiyalari. Disgrafiya tasniflari. O‗qish va yozishdagi 
kamchiliklari bo‗lgan bolalarni tekshirish. Yozma nutqdagi kamchiliklarning oldini 
olish. Yozma nutq kamchiliklarini bartaraf etishda olib boriladigan logopedik 
ishlar metodikasi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə