Annotatsiya Kurs loyihasining qisqacha ma’zmuni shundan iboratki, bunda gorizontal frezalash stanogining tezliklar va surishlar qutisini kerakli tishlar tanlab loyihalanadi



Yüklə 169,38 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü169,38 Kb.
#182211
1   2   3   4   5   6
Hisobot (34v)

GORIZONTAL-FREZALASH STANOGINING TEXNIK TAVSIFLARINI ANIQLASH


Loyihalash uchun boshlang'ich ma'lumotlar:



  1. ishlov beriladigan material – uglerodli konstruksion po'lat HB185…295;

  2. stol ishchi yuzasining o'lchamlari – 320 x 1000 mm;

  3. yon frezaning maksimal diametri – dmax yon.fr.=100 mm,

  4. uch frezaning maksimal diametri – dmin uch.fr. =10 mm;

  5. ishlov berish turlari – xomaki, toza ishlov berish;

  6. ishlab chiqarish turi – mayda ishlab chiqarish;

  7. loyihalanadigan stanok prototipi – 6H81;

  8. aylanish chastotalari soni – Zn = 12;

  9. surishlar soni – Zs = 18;

  10. tez harakat tezligi – 6000 mm/min;

  11. shpindelning aylanishlar chastotasi va surishlarni qayta ulash usuli bir dastakli qayta ulash.



Loyhalanadigan stanokning texnik tavsiflarini aniqlash


Ishlov berish turlari boyicha chegaraviy surish, qirqish tezligi va shpindelning aylanishlar sonini tanlash


Diskavoy freza bilan frezalashda
Diskavoy freza bilan uglerodli konstruksion po‘latlarni xomaki frezalashda bitta tishga surish Sz, qirqish qalinligi t, kesuvchi asbob materiali va ishlov beriladigan material qattiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Loyihalanadigan stanok uchun t=2-5 mm, frezaning kesish qismi materiali qattiq qotishma T15K6. Bu ma'lumotlar hamda ishlov beriladigan material qattiqligini inobatga olgan holda ma'lumotnoma [5] dan (I.3.01-jad. qarang) surishning Sz qiymatini tanlaymiz.
Diskavoy frezalar bilan uglerodli konstruksion po‘latlarni xomaki frezalashda bitta tishga surish Sz =0,05-0,12 mm/tish.Diskavoy frezalar bilan frezalashda kesish tezligi qirqish qalinligi t, bitta tishga surish Sz, freza diametrining frezalash eniga nisbati d/B, ishlov beriladigan material qattiqligi, kesuvchi asbob materiali va bardoshliligiga bog’liq.
1-jadval
Po‘latni yon freza bilan frezalashda Sz surish

Qirqish qalinligi, mm

Kesuvchi asbob materiali

T5K10 markali qattiq qotishma

Ishlov beriladigan material qattiqligi, HB

< 229

229…287

> 287

2 gacha

0,1…0,12

0,08…0,1

0,06…0,08

>5

0,08…0,1

0,06…0,08

0,05…0,06

diskavoy frezalar uchun bardoshlilik T (ishlashning mashina vaqti minutda) freza diametriga bog‘liq ravishda beriladi. Masalan, diametri 100 mm freza uchun T=120 min, diametr 25 mm bo‘lgan (qattiq qotishma plastinkali frezalarning minimal diametri) T=90 min ga teng.Ko‘rsatilgan parametrlarning qabul qilingan va topilgan qiymatlari bo‘yicha ma'lumotnoma [5] dan qirqish tezligining jadval bo‘yicha (2-jadval. qarang) qiymatini tanlaymiz. 2 -jadval
Po‘latlarni yon frezalar bilan frezalashda qirqish tezligi

Qirqish qalinligi,


mm

Kesuvchi asbobi materiali –
T5K10 markali qattiq qotishma

Bitta tishga surish – Sz , mm/tish

0,05




0,12

1 gacha

180




120

6

150




100

To‘g‘rilash koeffitsiyentlari K ni aniqlaymiz [5].
1. K – d/B nisbatga bog‘liq koeffitsiyent, d/B =1,25 da K =0,9
2. K – ishlov beriladigan materialning qattiqligiga bog‘liq koeffitsiyent. Qattiqligi HB269…302 bo‘lgan detallarga qattiq qotishmali keskichlar bilan ishlov berishda K =0,7.
3. K – kesuvchi asbob materialiga bog‘liq koeffitsiyent. Markasi T15K6, bardoshligi T=90 min bo‘lgan qattiq qotishmali asbob bilan konstruksion po‘latlarga ishlov berishda K =1 bardoshligi T=120 min bo‘lgan qattiq qotishmali asbob bilan konstruksion po‘latlarga ishlov berishda K =0,85
Yuqorida keltirilgan to‘g‘rilash koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda diametr 25 mm va 100 mm bo‘lgan frezalar uchun qirqish tezligining chegaraviy qiymatlarini aniqlaymiz.
Diametri 25 mm bo‘lgan diskavoy freza uchun
V = 100*0,9*0,7=63 m/min,
V = m/min.

Diametri 100 mm bo‘lgan diskavoy freza uchun


V = m/min,


V = m/min.


Aniqlangan qirqish tezliklari uchun xomaki ishlov berishda shpindelning aylanishlar chastotasining chegaraviy qiymatlarini topamiz


=170,3 ayl/min
ayl/min. (1)

Frezalash stanogini surish yuritmasini ishlab chiqish uchun surishning minutdagi SM qiymatini bilish kerak, u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi


SM =Sz ∙zfr ∙n (2)


bu yerda zfrfrezaning tishlari soni; n – frezaning aylanishlar chastotasi, ayl/min.
Diametri 25 mm gacha bo‘lgan yon frezalar uchun ma’lumotnoma [7] bo‘yicha zfr=10, 100 mm gacha bo‘lgan diskavoy frezalar uchun esa zfr=20 oldim.
Diskavoy frezalashda minutdagi minimal surish maksimal diametrdagi freza bilan toza frezalashga mos keladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi


, (3)

minutdagi minimal surish esa minimal diametrdagi freza bilan xomaki frezalashga mos keladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.




(4)



Yüklə 169,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə