Anushteginiylar sulolasi davrida Xorazmda davlatсhilik jarayonlarining yuksak bosqichga ko’tarilishi



Yüklə 290,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix31.01.2023
ölçüsü290,81 Kb.
#99795
1   2   3
anushteginiylar-sulolasi-davrida-xorazmda-davlatshilik-jarayonlarining-yuksak-bosqichga-ko-tarilishi

Keywords:
Khorezm, Seljuks, Rashididdin, Hovizi Abru, Sultan Sanjar, 
Qutbiddin Muhammad, Muhammad Arslankhan, Alovuddin Atsiz, Alovuddin 
Takash, Alovuddin Muhammad, Karahitays, Jaloliddin Manguberdi, Genghis Khan, 
Kurds, Mayafarqina. 
Qadim zamonlardan buyon Xorazm taqdiri jahon tarixchi olimlarining diqqat-
e’tiborini tortib keladi.Xorazm Amudaryoning quyi oqimi havzasida joylashgan 
bo’lib, arxeolog qadimshunoslar buyerlarda eng qadimiy dehqonchilik madaniyati 
o’choqlarini topganlar. Miloddan avvalgi ming yillik o’rtalaridayoq bu yerlarda 
yuksak taraqqiy etgan sug’orish tarmoqlari suv inshootlari barpo etilgan. Miloddan 
avvalgi I ming yillik o’rtalarida esa Xorazm markaziy Osiyo va Eron olamida ham 
eng muhim iqtisodiy madaniy markazlardan biri edi. XII asr oxiri va XIII asr 
boshlaridan musulmon sharqining eng yirikva eng qudratli davlati Xorazm saltanati 
edi.Tadqiqotchilar bu davlat tarixiga kata qiziqish bilan qarashlarning yana bir sababi 
-xorazm butun musulmon sharqida mug’ul istilochilari hujumining zarbalarini 
birinchi bo’lib qaytarishga uringan, qo’shinlari son jihatdan mug’ullarnikidan ustun 
bo’lsa ham (sulton Alouddin Muhammadning noto’g’ri siyosati tufayli) 
mag’lubiyatga uchragan ammo mug’ul bosqinchilarining eng ko’p dodini bergan 
davlat edi.Markaziy osiyo shaharlari ichida xorazmning bir qancha shaharlari (O’tror, 
Xo’jand, Marv Urganch, Xiva Buxoro Samarqand va b.) aholisi mug’ul istilochilariga 
qarshi juda qattiq qarshilik ko’rsatdilar. So’nggi xorazmshoh sulon Jaloliddin 
Manguberdi mug’ul bosqinchilariga eng uzoq va mardonavar qarshilik ko’rsatganligi 
dovyuraklik, mardlik kabi shaxsiy fazilati bilan butun musulmon olamida shon 
shuhrat qozongan edi. 
Xorazmshoh - Anushteginiylar sulolasining asoschisi Anushtagin yoshligida 
(tarixiy manbalarga ko’ra) Garjistonda yashagan turk quli edi (manbalarda uni 
mamluk deyilgan, mamluklar qul yoki yollanma jangchi bo’lishi ham mumkin). 
Tarixchilar Rashididdin va Hovizi Abru uning o’g’uz turklarining “bek dili” 
urug’idan deb yozishadi. Anushtaginning yoshligida isfaxsolor Izziddin onar (unar) 
Bilgitagin (vafot etgan 1098) sotib olgan va u saljuq sultoni Malikshoh I (1072-1092) 
ning saroy a’yonlardan biri, sulton hovuzlari va hammomlari ashyolarining 
xazinachisi - tashtdorlik mansabida edi [1, 9-12 b]. Tashtdorlik mansabiga sulton juda 
ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko’p o’tmay Anush-tagin sultonning yaqinlaridan 
biri bo’lib qoldi. Tashtdorlik uchun zaruz xarajatlar u zamonda Xorazm viloyatidan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
432


kelib turgani uchun sulton Malikshoh xos yaqin odami Anush-taginni xorazm 
mutasarifi (sarflovchisi) mansabiga tayinlab unga Xorazm shixnasi (raisi,qal’a 
boshlig’i) unvonini bergan edi. Bu vaqtda Xorazm hokimi sulton Malikshoh I ya’ni 
bo’lg’usi ulug’ sulton Sanjarning o’g’liga tobe mamluk Ekinchi Ibn Qo’chqor bo’lib 
u bir necha yillar davomida Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy voqealarning faol 
ishtirokchisi edi. Shuning uchun ham Xorazm shixnasi Anush-tagin u vaqtda 
Xorazmda hokimiyat ishlariga aralasha olmas edi.
Qutbiddin Muhammad Xorazmda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kuch 
g’ayrat sarfladi. U sulton Sanjarga ixlos va sadoqat bilan xizmat qildi. Sulton ham uni 
yaqin ko’rib saroy a’yonlarining turli hujum va ig’volaridan himoya qildi. Bir kuni 
Qutbiddin Muhammad boshqa yerga ketganida (saljuqiylar dushmani) marhum 
Ekinchi ibn Qo’chqor o’g’li Muhammad ibn Ekinchi - Turg’ul - tagin ko’chmanchi 
turkiy qabilalardan iborat lashkaridan Xorazmga hujum qildi. [1, 8 b.] Bundan xabar 
topgan Qutbiddin Muhammad sulton Sanjar huzuriga chopar yuborib yordam so’radi. 
Ammo sultonning madad kuchlari yetib kelguncha Qutbiddin o’z kuchlari bilan yov 
lashkarini Xorazmdan quvib chiqardi. Bu voqea ham xorazmshoh Qutbiddin 
obro’sini sulton Sanjar nazarida yanada ziyoda qildi. Xorazmshoh Qutbiddin 
Muhammad saljuqiylarning oliy hokimiyat uchun kurashida ham faol qatnashdi. 
Hijriy 513 yil - jumodul avval oyining ikkinchi kuni milodiy 1119-yil 11- 
avgustda Sova shahrida sulton Sanjar qo’shinlari qo’shinlari sultonning taxtga 
da’vogar jiyani sulton Muhammad ibn Mahmud (bu sulton Barqyorug’ning o’g’li 
bo’lsa kerak) qo’shinlari o’rtasida qattiq jang bo’ldi. [1, 9 b.]Bu jangda sulton Sanjar 
g’alaba qozondi. Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad sulton Sanjar tarafida jang qilib 
g’alabaga munosib hissa qo’shgan edi. Sulton Sanjar (u 1118 yildan boshlab 
xalifalikdan buyuk sulton unvonini olgan edi). Bir yili Samarqand hokimi 
qoraxoniylar sultoni Muhammad Arslonxon (1102-1130) ga qarshi urush 
boshlamoqchi bo’laganida Movarounnahr aholisi (ulamo va din arboblari) 
xorazmshoh Qutbiddinga maktub yozib bu nizoni bartaraf etishda yordam so’radilar. 
[1, 9 b.] Anashu vaqtda xorazmshoh Muhammad Arslonxon iltimosini inobatga olib 
sulton Sanjar bilan xon o’rtasidagi nizoni tinch yo’l bilan hal etishga erishdi. Bu 
vositachilik muvaffaqiyati ham xorazmshohning obro’yi va kuch-qudrati naqadar 
ortganini dalolat beradi. Tarixiy yodgorliklarda xorazmshohning unvoni “ 
podshoh,qutbid-dunyo vad-din abul-fath muin amiral- muminin”(“dunyo va din qutbi 
g’alabalar otasi mo’minlar amiri-xalifaning yordamchisi”) so’zlari ham 
xorazmshohning obro’yi baland ekanligidan shohidlik beradi.so’nggi laqab 
(mo’minlar amirining yordamchisi (bag’dod xalifasdi tomonidan sulton sanjar 
ruxsatisiz berilgan bo’lsa kerak). 
Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad 30 yil davomida Xorazmda hukmronlik 
qildi. U vafotigacha(1127) sulton Sanjarga sodiq fuqoroligini ishor qilib sulton 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
433


xazinasiga xiroj o’lponlarini o’z vaqtida to’lab turdi (bu xirojlarni Qutbiddin 
Muhammad o’zi yoki o’g’li Alovuddin Muhammad Otsiz yetkazib berar edi.) bu 
bilan xorazmshoh sulton Sanjarning oliy hukmdorligini e’tirof qilardi. Shu sadoqati 
uchun ham sulton Sanjar xorazmshoh Qutbiddin Muhammadning vafotidan so’ng 
xorazmshohlar toju-taxtini uning o’g’li Al-Malik abu Muzaffar Alovuddin Jaloliddin 
Otsizga topshirdi. Alovuddin Otsiz otasining taxtiga o’tirganida 29 yoshda edi. U 
ham otasiga o’xshab sulton Sanjarning poytaxti Marvda yaxshi ta’lim olgan edi. 
Otsiz musulmonlar podshohiga xos islom diniga va ilohiyot olimlariga homiylik 
qilishdan tashqari turli fanlar va san’at ahlini qadrlar o’zi ham forscha qasida va 
ruboiylar yozar juda ko’p shoirlarning baytlarini yoddan bilar edi. U Xorazm 
aholisiga g’amxo’r adolatli podshohlik qildi. Bir manba’da aytilishicha fuqorolar 
xorazmshoh Otsizni yaxshi ko’rar uning zamonida fuqorolar xavf-xatardan tinchlik 
va osoyishtalikda adolatda yashadi. Alovuddin Otsiz jasur sarkarda edi, janglarda 
tolei kulib boqar, sulton Sanjar xizmatida juda ko’p g’alabalarga erishgan edi. Bu 
bilan o’z homiysi (syuzerini) dargohida yuksak izzat hurmat qozongan edi. Bir marta 
u buyuk sulton Sanjarni o’limdan qutqarib qoldi va bu bilan yanada obro’yi ziyoda 
bo’ldi.bu voqea 1130 yilda yuz bergan edi(524). [1, 11 b.] Shu yili sulton Sanjar 
o’ziga qarshi isyon ko’targan Samarqand xoni Arslonxon Muhammad ibn 
Sulaymonga qarshi yurish qildi. Sulton Sanjar Buxoroga yaqinlashganida vazirlari 
fitna chiqarib uni shikor (ov) paytida o’ldirishga qasd qildilar. Sulton ovga bormagan 
edi. 
Sulton Sanjarning barcha harbiy yurishlarida Otsiz uning yonida bo’lgan. Sulton 
boshqa bir jiyani - Ma’sud ibn Muhammad Topar (1133-1152) bilan jang qilganda 
Otsiz qo’shinining Javong’ori chap qanotiga qo’mondonlik qilgan edi. Sulton Sanjar 
va Ma’sud o’rtasidagi bu jang hijriy 526 yilning sakkizinchi rajabida (1132 yil 26- 
mayda) Hamadon yaqinidagi Doy-Marg degan mavzeda yuz bergan va sulton Sanjar 
g’alabasi bilan tugallangan edi. [1, 11-12 b.] Xorazmshoh Otsiz sulton Sanjar farmoni 
bilan Balx qal’asining qutvoli ( komendanti) bo’lib turgan edi. Sulton qo’shini bilan 
Balxga yetib kelganida u lashkarni oziq ovqat bilan otlarini yem- xashak bilan 
ta’minlar edi. Sulton Sanjarning bu kelishida xorazmshoh o’z yurtiga (Xorazmga) 
ketishga ruxsat so’radi. Sulton uning tilagini inobatga oldi. Xorazmshoh Otsiz Balx 
qal’asidan chiqib ketishi bilan sulton Sanjar vaziru vuzarolariga qarab “ bu odamni 
boshqa ko’rmayman” dedi. Shunda a’yonlari sultondan “unday bo’lsa ne uchun uning 
xorazmga qaytishiga ruxsat etdingiz?” deb so’radilar. Sulton sanjar aytdi: bu 
odamning bizga qilgan xizmatlari borki biz uning oldida ancha muncha burchlimiz 
unga ziyon zahmat yetkazish bizning xizmatli va muruvatli bo’lish istagizmizga 
to’g’ri kelmaydi.
Xorazmshoh Otsiz saljuq sultoni Sanjarga o’n yil mobaynida (1128-1138) ixlos 
va sadoqat bilan xizmat qildi,u bilan urush qilishni yo farmonga qarshi chiqishni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
434


xayoliga ham keltirmagan edi. [1, 11-12 b.] Xorazmshoh o’z mamlakati ichkarisini 
va chegaralarini mustahkamlab, kuch to’plashga kirishdi.Sulton Sanjarning barcha 
vassallari kabi, xorazmshoh Otsiz ham Xorazm hokimi bo’la turib, o’z chegarasi 
tashqarisidagi “ kofir” ko’chmanchilarga qarshi umumiy hujumlar uyushtirib, ularni 
bo’ysundirishi kerak edi. Sulton Sanjar xorazmshoh Otsizning bu o’zboshimchaligi 
(isyoni) dan xabar topgach, uning ta’zirini berib qo’yishga qaror qildi. Hijriy 533-
yilning muxarram oyida (mil.1138 - yilda oktyabr oyida) sulton Sanjar Xorazm 
tomon qo’shin tortib keldi. Katta qo’shin bilan Hazorasp qal’asini qamal qildi. Bu 
jangda xorazmshoh Otsiz yengildi. Mana shu jangda xorazmshoh lashkaridan 
o’lganlar 10 mingga yetdi. O’lganlar orasida xorazmshohning o’g’li Otliq ham bor 
edi. Xorazmshoh o’g’lining o’limiga qattiq qayg’urdi va iztirob chekdi. 
Sulton Sanjar Xorazmni egallagach, jiyani Sulaymonshohga iqto ( sovg’a, mulk) 
qilib berdi, unga vazir, otabek va hojib tayinladi. Xorazmni qanday boshqarish 
usullarini usullarini aniqlab berdi. Sulton Sanjar 1139-yilning fevralida Marvga 
qaytib ketishi bilan xorazmshoh Otsiz qo’shinlari bilan kelib, Xorazm aholisi istagi 
va ko’magi bilan Sulaymon - Shohni quvib chiqardi va yana o’z hokimiyatini 
o’rnatdi. [1, 13-14 b. ] Lekin Otsiz bu xabarni eshitsa, sulton Sanjar g’azablanib, yana 
qo’shin tortib kelishidan qo’rqdi va tez fursatda sultonga maktub va elchilar yuborib 
tobelik izhor etdi. Bu voqea xorazmshoh Otsizning uzoqni ko’zlab ish tutishini 
ko’rsatdi. U, kelgusidagi janglarga tayyorlanish uchun, nafas rostlab olishni o’ylab, 
tobelik izhor etgan edi. 1139 yilning o’zida xorazmshoh qo’shni mamlakatlarga 
hujum boshladi. U dastavval Jurjon tomonga qo’shin tortdi, shu yili Kabul-Jomani 
bosib oldi, uning Ispahbadi Alouddavla Ali ibn Shahriyorni asir oldi. Ispohbadning 
o’g’li Shoh-G’ozi Rustam shaxsan o’zi xorazmshoh huzuriga kelib, otasining 
gunohidan o’tishini so’ragach,Ispohbad ozod qilindi. [1, 14 b.] Xorazmshohir necha 
oydan so’ng yana sulton Sanjarga qarashli viloyatlarga bostirib kira boshladi. U hijriy 
534 (1139) yilda Buxoroga hujum qildi, shaharni egallab, sulton Sanjarning voliysi 
amir Zangi ibn Alini qatl qilib, qal’ani va shahar devorlarini yiqitdi. Ikki yil 
davomida Buxoro qal’asi vayron bo’lib yotdi. Bir necha vaqtdan so’ng Bag’doddan 
xorazmshoh Otsiz nomiga faxriy liboslar, sovg’a-salomlar va uning so’ragan yerlarda 
to’lahuquqli hukmdorligini e’tirof etib, sulton oliy martabasi berilgani haqida farmon 
yetib keldi. Shu vaqtddan boshlab (1141), otsiz o’z nomidan tilla tangalar zarb ettira 
boshlaydi.
Aloviddin Otsiz Xorazmni mustaqil boshqarish maqsadida bir necha marta 
Sulton Sanjarga qarshi (1138, 1141-1142, 1147-1148 yy) isyonlar qilgan bo’lsa-da, 
butunlay mustaqil bo’lish unga nasib etmadi. Otsizning asosiy maqsadi va 
siyosatining asosi Xorazmda o’z hokimiyatini mustahkamlash edi. O’zining uzoq 
yillik humronligi davrida (u 29 yil davlatni boshqargan) Otsiz Bag’dod xalifalari 
bilan aloqalarini mustahkamlashga intilib, Sulton Sanjarga qarshi kurashda Bag’dod 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
435


xalifasini ittifoqchi qilishga ham harakat qilib ko’rdi. 1156 yilda Otsiz qoqshol 
kasaliga uchrab vafot etadi va taxtga uning o’g’li Elarslon (1156-1172 yy) taxtga 
o’tiradi. [2, 317 b.] Elarslon otasiga qaraganda ancha qo’lay vaziyatda taxtni 
boshqardi. Chunki 1157 yilda Sulton Sanjar vafot etganidan so’ng Saljuqiylar davlati 
mayda viloyatlarga bo’linib ketdi va Xorazmni mustaqil siyosat olib borishi chun 
keng yo’l ochildi. Elarslon Xurosondagi Saljuqiylarning o’zaro kurashlaridan 
foydalanib Kaspiy bo’ylaridagi Dehistonni bosib oldi. Shuningdek u, otasi davrida 
Xorazmga bo’ysundirilgan ko’chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida 
Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshlaydi. 1158-yilda u katta 
qo’shin bilan Movarounnahrga bostirib keldi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal 
bo’lgan qoraxoniylar ko’chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borayotgan edi. 
Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borilgan janglarida yordan 
beradi. Lekin qoraxitoylar qo’shinlari yordamga yetib kelishi bilan Elarslon 
Xorazmga qaytishga majbur bo’ldi. U bir necha marotaba Xorazmga yurish qilgan 
bo’lsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 
1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta qo’shini Xorazmshohning o’lponni 
o’z vaqtida to’lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qiladi. 
Elarslonning buyrug’i bilan Sirdaryodagi katta to’g’onlar ochtirilib, Xorazm poytaxti 
yaqinidagi yo’llar suvga bostirildi. Bu qoraxoniylar qo’shini yurishini qiyinlashtirdi 
va Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) talon-taroj qilishdan saqlab qolindi. 
Ammo, qoraxitoylarning bu yurishi davrida Elarslon kasallikdan vafot etdi (1172-y). 
Shundan so’ng uning o’g’illari Aloviddin Takash va Sultonshoh Mahmud o’rtasida 
uzoq yillar toj-taxt uchun kurash bordir. Aloviddin Takash 1172-yilning dekabrida 
qoraxitoylar malikasi Chen Tiyon yordamida rasman taxtga o’tirgan bo’lsa-da, aka-
ukalar o’rtasida kurash davom etdi. Chunonchi, 1174-yilda Sultonshoh Mahmudning 
onasi Turkon xotun Nishopur hukmdori Oy-Aboga qimmatli sovg’alar yuborib, 
Takashga qarshi ittifoq taklif qildi. O’sha yili Gurganjdan 20 farsah uzoqlikdagi 
Subvurni shahri ostonasida Oy- Abo qo’shinlari Alovuddin Takash qo’shinlari bilan 
to’qnashdi. Bu jangda Takashning qo’li baland kelib, Oy-Abo asir olindi va qatl 
etildi. Turkon xotun va Sultonshoh Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi Dehistonga 
qochdilar. Shundan so’ng Aloviddin Takash Xorazmda mustahkam o’rnashib, 
qoraxitoylarga va’da bergan o’lponni to’lashdan bosh tortadi. Bunga javoban 
qoraxitoylar yana Xorazmga yurish qildilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab
Sultonshoh ixtiyoriga kichik bir qo’shin qoldirib o’zlari orqaga qaytadilar. Bu davrga 
kelib Xurosonning anchagina qismi Xorazm davlatiga qo’shilgan bo’lsa-da, Marv va 
uning atroflarda, Sabzavorda Sultonshoh Mahmud hukmronlik qilardi. 1187 yilda 
aka-ukalar o’rtasida Nishopur ostonasida yana to’qnashuv bo’lib, Takash g’olib 
bo’ldi. Sultonshoh Marvga chekinishga majbur bo’ldi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
436


1188 yilda Xurosonning ulamolari va taniqli amirlari vositachiligida Sultonshoh 
bilan Takash o’rtasida sulh bitimi tuzildi. Bu paytga kelib Takashning harbiy qudrati 
va obro’si oshib ketgan bo’lib, Sultonshoh uning barcha shartlarini qabul qilishga 
majbur edi. Ammo, bu uzoqqa cho’zilmay Sultonshoh G’o’r viloyati hukmdorlarini 
akasiga qarshi kurashda o’ziga ittifoqchi qilib oldi. 1193 yilning bahorida Takash 
yana Sultonshohga qarshi yurish boshladi. Xorazmshoh qo’shinlari Obivardga 
yetganida har ikala tomonning vakillari bo’lgan ulamo va din arboblari aka-ukalarni 
yana yarashtirib qo’yish uchun mo’zokaralar boshladilar. [1, 14 -16 b.] Bu orada 
Saraxs qal’asining boshlig’i Badriddin Chaqir xorazmshoh Takash tomonga o’tib 
ketib, qal’a kaliti va Sultonshohning barcha xazinalarini unga topshirdi. Bu 
voqealarni ko’tara olmagan Sultonshoh 1193 yilning ko’zida vafot etdi. Shu tariqa 
xorazmshoh Elarslonning ikki o’g’li o’rtasida 20 yildan ziyodroq davom etgan 
kurashga yakun yasaldi. Xorazmshoh Takash 1193 yilning dekabrida Marv shahrini 
fath etib, shahar va uning atroflariga katta o’g’li Nosiriddin Malikshohni voliy etib 
tayinladi.
Bag’dod xalifasi Nasr (1180-1225 yy) va G’arbiy Saljuqiylar sultoni Tog’rul II 
o’rtasidagi nizolardan foydalanib, Takash qo’shinlari 1194 yilning mart oyida 
Tog’rul II ga qarshi urush ochdi va uni mag’lub etib Hamadon shahrini egalladi. 
Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganligidan xavfsiragan xalifa Nasr 
qo’shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyun oyida Takash qo’shinlari 
xalifa qo’shinlarini yengdi. Shu tariqa Afg’oniston va Eronning katta qismi 
Xorazmshohlar qo’liga o’tdi va Xorazm davlati hududlari birdaniga ikki baravar 
kengaydi. [1.17-19 b.] Xorazm davlati endi Bag’dod xalifasiga tegishli joylar va 
G’uriylar bilan chegaradosh bo’lib qoldi. Ammo, ko’p o’tmasdan xalifa Nasr bilan 
Takash munosabatlari yana yomonlashganligi tufayli Xorazmshoh Iroqi Arab va 
xalifalik poytaxti Bag’dodni bosib olishga qaror qildi. Lekin bu yurish paytida 
Takash kasallanib, 1200 yil iyul oyida Xorazm bilan Nishopur orasidagi Shahriston 
shahrida vafot etdi. SHu bois bo’lsa kerakki, Xorazmshoh - Anushteginlar 
davlatining nisbatan kuchayishi, Aloviddin Takash faoliyatining ma’muriy idora 
boshqaruvi o’zining qat’iyatligi va tartib intizomi bilan ajralib turadi. Lekin 
Takashning katta xatosi shunda ediki, u o’zining xotini Turkon xotun mansub bo’lgan 
qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi, ularni doimo qo’llab-quvvatladi. Turkon 
xotun (Uning shaxsiy muhrida «Ismat ud-Dunyo vad-Din Ulug’ Turkon malika niso 
al-olamiyn», «Dunyo va uning pokdomoni, Ulug’ Turkon, olam ayollarining 
malikasi» degan yozuv bitilgan edi) ularga tayanib katta hokimiyatga ega bo’ldi, o’z 
homiyligidagi odamlarning yuqori lavozimlarni egallashini ta’minladi. Natijada bu 
alohida turk harbiy-feodal tabaqasi paydo bo’lishiga olib keldi va amalda 
xorazmshohlar davlatining inqiroziga sabab bo’ldi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
437


Hijriy 596 yil 20 shavvol (1200 yil 3-avgust) da gurganch aholisi, davlat 
a’yonlari va amirlari ishtirokida xorazmshohlar davlati taxtiga takish va turkon xotun 
o’g’li qutbiddin Muhammad o’tirdi. Otasining aloiddin laqabini qabul qildi. Keyinroq 
sanjar ikkinchi nomini oldi. Xorazmshoh aloiddin Muhammad hukmronligi 
boshlanishida jiddiy mushkulliklarga duch keldi. Bular - sulola vorislarining toju taxt 
uchun kurashlari va g’uriylar xorazmga qarashli yerlarga hujum qilib turishlari bilan 
bog’liq chigalliklar edi. 1203 yilda qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni bosib 
oldi. Undan keyin esa Hirot va uning atroflarini egalladi. Aloviddin Muhammad 1207 
yilda Movarounnahrga yurish qilib, Buxorodagi Sanjar qo’zg’olonini bostirdi va 
Buxoroni egalladi. [2, 326 b.] Xorazmshoh 1210 yilda qarluqlar bilan ittifoq to’zib 
qoraxitoylar ustiga yurish qildi. Bu yurish Xorazmshohning g’alabasi bilan tugadi va 
u qoraxitoylarning O’zganddagi boy xazinasini qo’lga kiritdi. Umuman, Aloviddin 
Muhammad 1210 va 1212 yillarda qoraxitoylarga ikki marta qaqshatqich zarba berib 
ularni butunlar tor-mor etdi. Buning natijasida uning obro’yi oshib ketib ikkinchi 
Iskandar, ikkinchi Sulton Sanjar laqablarini olishga mo’sharraf bo’ldi. Aloviddin 
Muhammadning say’i-harakatlari tufayli 1217 yilga kelib butun Movarounnahr, 
Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo’lgan yerlarda Xorazmshohlar 
hukmronligi o’rnatildi. Ammo, mamlakatning ichki siyosiy holati mustahkam emas 
edi. Bu holat mug’ul bosqini paytida yaqqol nomoyon bo’ldi.
1215-1218 yillar oralig’ida Xorazmshoh va Chingizxon o’rtasida bir necha 
marta elchilar almashinadi. Rashiddin ma’lumotlariga ko’ra, Chingizxon 1218 yil 
Horazmshohga yuborgan nomasida uni “o’z o’g’illari qatorida ko’rishini” ma’lum 
qiladi. Sharq diplomatiyasiyada bu qaramlikni bildirishini Sulton Muhammad yaxshi 
anglagan edi. Undan tashqari 1218 yilgi Chingizxon tomonidan Xorazmga 
yuborilgan 450 kishilik elchilar guruhidagi 100ga yaqin savdogarlarga josuslik 
vazifasi ham topshirilgan edi. [1, 16 b.] Shu bois bu karvon O’tror shahrida talon-
taroj qilinib, elchilar o’ldiradi.Bu voqeadan so’ng har ikkala tomon ham urushga 
tayyorgarlik ko’ra boshlaydi, An-Nasaviy ma’lumotlariga ko’ra,Chingizxon bilan 
bo’ladigan jang munosabati bilan Urganchda chaqirilgan mashvaratda Sulton 
Muhammad o’rtaga tashlagan qator takliflarni inobatga olmadi. Chunonchi, to’ng’ich 
o’g’li Jaloliddinning,Xo’jand hokimi Temur Malik singari sarkardalarning barcha 
harbiy qismlarni asosiy nuqtalarga yoki bir yerga to’plab, dushmanga zarba berish 
haqidagi maslahatlarga amal qilmadi va qo’shinlarni yirik shaharlarga bo’lib tashladi. 
Chingizxon 1219 yilda o’z o’g’illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari 
bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshladi. Bu kuchlar o’sha yili yozni Irtish 
daryosi bo’yiga o’tkazib, sentyabr oyida chegaradan o’tadi. Chegaradan o’tgan 
Chingizxon o’z qo’shini bilan janubiy qozoq cho’llarining Sirdaryoga tutashgan 
joyidagi O’tror shahri yaqiniga to’plab uni to’rt qismga bo’ladi. Chig’atoy bilan 
O’qtoy qo’shinning bir qismi bilan O’trorni qamal qilib egallash uchun qoldiradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
438


Ikkinchi qism esa Jo’ji boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand,Yangikent, 
Borchilig’kent, Sig’noq shaharlarini bosib olish uchun yuboriladi. Uchinchi qismga 
Uloq nuyon va Suketu Cherbu bosh bo’lib O’trordan janubga, Xo’jand va Banokatni 
egallash topshiriladi. Chingizxonning o’zi bosh bo’lgan asosiy to’rtinchi qism yirik 
shaharlar-Samarqand va Buxoroni egallash uchun yo’l oladi. 
Bu yurishlar natijasida 1219 yilda O’tror, Jand, Yangikent, Borchilig’kent, 1220 
yilda Xo’jand, Buxoro, Samarqand, 1221 yilda Termiz va Urganch shaharlari 
mug’ullar tomonidan bosib olinadi. [1, 19-21 b.] Manbalarda “Jahon sultonlari 
poytaxti” va “Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, “Qubbatul 
Islom” nomini olgan Buxoro, “Sayqali ro’yi zamin” deb atalgan Samarqand kabi 
shaharlar talon-taroj qilindi. Ba’zi shaharlar, masalan, O’rtor, Sig’noq, Borchilig’kent 
kabilar uzoq vaqtlargacha dashtu-biyobonlarga aylanib qoldi. Shu davrda yashagan 
arab tarixchisi ibn al-Asirjug’ul (1160-1244 yy.) mug’ul bochqini dahshatlarini 
shunday ta’riflagan: “Ular (mug’ullar) hech kimga shafqat qilmadilar, aksincha, 
xotinlar, bolalar, erkaklarni o’ldirdilar, homilador xotinlarning qorinlarini yorib, 
tug’ilmagan go’daklarni nobud qildilar... Bu musibat to’lqinlari turli tomonlarga 
tarqaldi va uning fojeasi umumiy bo’lib qoldi hamda u shamol bulutlarni turli 
tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq 
chiqib Turkistondagi Qashg’ar va Balasag’un kabi viloyatlarni vayron etib, qirg’in 
qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar, 
ketayotib hamma yerni vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o’tgan bo’lsalar, 
o’zlariga yoqmagan barcha narsalarga o’t qo’ydilar”. Shunday qilib, talon-tarojlik 
urushlari natijasida XIII asr 20-yillari o’rtalariga kelib Chingizxon Sharqda Shimoliy 
Xitoydan G’arbda Amudaryogacha bo’lgan hududlarda o’z hokimiyatini o’rnatishga 
muvaffaq bo’ldi.
1227 yilning avgustida Osiyoning ichkarisiga, tang’utlar ustiga yurish paytida 
Chingizxon vafot etganidan so’ng iroz muddat chingiziylar o’z ichki ishlari bilan 
ovora bo’lib qoladilar va hatto ular Jaloliddin bilan yaqinlashishga qaror qiladilar. 
1230 - yilda sulton Jaloliddin Hirot shahrini qamal qilib tugan kezlar(taxminan aprel 
oyi) da singlisi Xonsultondan (Jo’chiga xotin bo’lgan,undan farzandi ham bor edi) 
xat oladi. [2,320-321 b.] Jaloliddin bu xatni javobsiz qoldiradi.Jaloliddinga 
kutilmaganda oyoqostidan yana bir dushmanni dunyoga keltiradi. Alovuddin 
Qayqubod o’z ixtiyori bilan Jaloliddinga keli qo’shilgan bo’lsada, u bilan o’zaro 
kelisha olmaydi va Jaloliddinga qarshi fitna uyushtiradi. Bu fitnaga Kichik Osiyodan 
tashqari Shom (Suriya), shimoliy Mesopotamiya kabi davlatlar va boshqabir qator 
shaharlarning hukmdor va beklari ham qatnashdilar. Fitnachilar bilan jang 1230-yil 
10- avgustda bo’lib o’tadi. [2, 321 b.] Jaloliddin qo’shinlari mag’lubiyatga uchraydi. 
Jaloliddinning kuchsizlanib qolganligini bilgan Ozarbayjondagi ismoiliylar hukmdori 
Alovuddin Muhammad III mo’g’ullarga maktub yo’llaydi. Maktubda Jaloliddin tor-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
439


mor keltirilganligi va uning qo’shinlari juda oz sonli ekanligi xabar qilinadi. 
Mo’g’ullar katta qo’shin yuborishadi. Hatto uning eng yaqin vaziri Sharof Al-Mulk 
ham unga qarshi fitna uyushtiradi. Buni sezgan Jaloliddin vazirni qatl etadi.
1231-yilning avgustida tunda mo’g’ullar Jaloliddin Manguberdi qo’rasiga hujum 
qiladilar va shirakayf holatida yotgan sultonni qo’lga olib, otga bog’lab olib 
qochadilar. Yo’lda o’ziga kelgan Jaloliddin qo’lini bo’shatib, yonidagi mo’g’ul 
askarining qilichini tortib olib, ular bilan jang qiladi va ulardan o’zini ozod qiladi. 
Yolg’iz qolgan Jalolidinni endi kurd qaroqchilari qo’lga oladilar. U o’zini 
qaroqchilarning boshlig’iga tanishtirishga majbur bo’ladi: “Men shu yaqindagi bek 
qo’liga topshirsang, ayniqsa Shahobiddin G’ozi mulkga eltsang, katta mukofot 
olasan, mening o’zim seni mingboshi qilib qo’yaman”, deydi. Bu taklifga qaroqchilar 
boshlig’i rozi bo’lib, Jaloliddinning qo’lini bog’lab, xotinini unga qorovul sifatida 
qoldirib, ikkita ot olib kelish uchun qo’shni qishloqqa ketadi. Shu payt qo’lida nayza 
ushlab turgan bir kurd paydo bo’ladi. U qo’li bog’liq asirning kimligini qorovul 
ayoldan so’raydi. Ayol uning sultonligini, eri qo’lga olganligini aytadi. Kurd esa 
bunga ishonmaydi. Uning akasini xorazmiylar Xilot qamali chog’ida o’ldirgan edilar. 
Shu bois akasining o’chini olish maqsadida qo’li bog’liq qurolsiz mahbusning 
ko’kragiga nayza sanchadi va o’ldiradi. Bu g’oyatda alamli voqea 1231-yil 17-20 - 
avgustlar orasidasodir bo’ladi. Uning jasadi Mayafarqinaga keltiriladi. [2, 321-322 b.] 
Bu yerda uni Al-Malik va Al-Muzaffar hukmdorining vaziri bo’lgan amakisi 
O’tirxon taniydi. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining jasadi tunda 
Mayafarqinaga yaqin joyda dafn etiladi. Uning qabrini hech kim haqorat qilmasin 
degan maqsadda u yer tekislab yuboriladi.
Xulosa: Xorazm yozma merosida o’zbek xalqining davlatchiligi tarixi masalalari 
keng yoritilgani barcha mutaxassislarga ma’lum. Uch ming yillik davlatchilik 
an’analariga ega bo’lgan xalqimiz o’tmishini turli til va davrlarda bitilgan yozma 
manbalar orqali o’rganilishi manbashunos olimlar va tarixchilarning muhim ilmiy 
yo’nalishlarini tashkil qiladi. Xorazmda bitilgan tarixiy yozma manbalar o’rta asrlar, 
yangi davrda yaratilgan bo’lib, ular fors, arab va turkiy tillarda yetib kelgan. Davr 
o’tishi bilan ko’pgina manbalar yo’qolib ketgani ham ma’lum. Shu davrlarda 
yozilgan manbalar 1097 yildan, ya’ni Xorazmshoh - anushteginlar davlatining tashkil 
topishidan to 1231 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mazkur tadqiqotda 
Xorazm vohasida yaratilgan shu yozma manbalardagi faqat Xorazmshoh - 
anushteginlar davlati va ma’muriy boshqaruviga ahamiyat berildi. Mavzuning 
tarixshunosligi va manbashunosligiga bag’ishlangan adabiyotlar va tadqiqotlar 
mingdan ham ko’pdir. Xorazm tarixi va madaniyatining mo’g’ullar davrigacha 
bo’lgan davri arab va fors tilidagi manbalarda yoritilgan. Ulardan Ibn al-Asirning 
«Tarixi komil» asari, Shihobaddin Nasaviyning «Siyrat» va «Nafsat al-masdur» 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
440


asarlari, Rashidaddin va Juvayniy, boshqa mualliflarning asarlarida Xorazm va 
Xorazmshohlarning davri, ular faoliyati bilan bog’liq ko’p masalalar bayon qilgan. 

Yüklə 290,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə