Anvarov abubakir



Yüklə 16,36 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü16,36 Kb.
#138734
Abubakir Anvarov Falsafa




ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARI

ANVAROV ABUBAKIR
EKT-75
Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’naviy tarbiyaning Abdurauf Fitratning “Oila”
asaridagi pedagogik qarashlari mazmuni, ota-ananing haq-huquqlari, farzand
tarbiyasi,er-xotin va farzandlarning o’zaro munosabati oilaning jamiyatdagi o’rni,
ma’naviy-axloqiy tarbiyaning insonlar komilligiga ta’siri xususida so’z yurutilgan.
Kalit so’zlar: tarbiya, ta’lim, axloq, ma’naviy tarbiya, saodat, oilani boshqarish,
ma’naviy-axloqiy ong, yoshlarning tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirish,
, maʼnaviy qiyofa, diyonat, tanqidiy ruh,
Kirish. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik
isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida
shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch
fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta
maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik
imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni
yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.
1. Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy
o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari insonni keng mushohadaga chorlaydi. Allomaning
bunday qarashlari, asosan, o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida
berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davrdagi oilaviy
munosabatlarni togri yolga solish hamda gozal insoniy fazilatlarni oiladan boshlab
shakllantirish xususidagi g`oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U
o‘zgacha bir shiddatli uslubda yozilgan. Sababi, o‘sha davrdagi tuzum shunday buyuk
asarlarga ehtiyoj sezgandi. “Oila” asarida ham xuddi shunday tanqidiy ruh hamdada’vat ruhi kuchlidir. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har
bir turkistonlik oila, axloq, tarbiya va erk o‘chog‘i bo‘lishi lozimligini anglaydi.
Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da’vat etadi. Har jihatdan sog‘lom
bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni
istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli
sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib
chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…”,
— deb ta`kidladi u.
Asosiy qism. Barchamizga ma’lumki, tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiytarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli
jarayondir. Axloq esa ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining
yuqori bosqichi sanaladi. “Axloq (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis – xulq-atvor) –
ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat sohasiga oid
tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va
shaxsiy hayotidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini
tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Qadimgi
ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda
aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar,
nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. Shunday odamgina
lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatani, xalq
uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning fe’l-atvori
va faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Axloq talablari kishilarning fa’l-atvori va faoliyatida
o‘z ifosadini topadi. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa
shakllaridan o‘z talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq
me’yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning buyrug‘i bilan joriy
etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon bo‘ladi.
Davlatimiz kelajagi ham, rivojlangan mamlakatlar orasida tutgan mavqei va
salohiyati ham, dunyoqarashi, bilimi, aql-zakovati, Vatan, jamiyat va oila oldidagi
burchi va mas’uliyatini togri anglashi, bugungi avlodga bog‘liqdir. Zero bilim va
kasb-hunarga qiziqish, ota-onaga xurmat, do‘stga sadoqat, mehr-shafqat, halollik va
poklik kabi axloqiy fazilatlar oilada shakllanadi va sayqal topadi. Abdurauf Fitratning
“Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari oilaning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi
o‘rni va ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga bag‘ishlangan.
Ayniqsa, asarning “Uylanish yoki uylanmaslik xususida”, “Qalin (puli) va to‘y qanday
bo‘lishi lozimligi haqida”, “Er-xotinning qanday yashamoqliklari xususida”, “Oilaning
maishati va idorasi” qismlarida bu masalalar haqida fikr yuritib otgan.
Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila uchun qo‘llanma vazifasini
o‘tashi mumkin bo‘lgan masalalarni yoritadi. U vatanparvarlik va millatparvarlik
tamoyillaridan kelib chiqib, kitobning birinchi qismiga, ayniqsa katta etiborni qaratadi.
Undan nafaqat o`sha davr balki hozirgi kunda ham yangi oila qurmoqchi bo‘lgan
yoshlar kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida
foydalanishi mumkin.Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil
topgandan boshlab, buzilishigacha bo‘lgan holatlarning axloqiy asoslari to‘g‘risida
ham to‘xtalib o‘tadi. Bu jihatlarni o‘sha davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak juda
ijobiy jihat hisoblanadi. Chunki, bu davrda Turkistonda hali meditsina unchalik
rivojlanmagan, kishilarning turmush madaniyati ham u qadar yuqori emas edi. Fitrat
ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o‘rganish zarur
bo‘lgan, turmush tarziga oid juda ko‘p tajriba orttirgan edi. Er-xotin va farzandlardan
iborat, bir shaxs boshchiligida, birga yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil
etadi. Asarda har bir oila manfaatini himoya qilish maqsadida turli qonunlar ishlab
chiqilgani, ular «manzil tadbir» (ro‘zg‘or tebratish tadbiri) deb atalgani ta’kidlanadi.
SHu ma’noda, muayyan mamlakat aholisi axloqsizlik oqibatida oilaviy
munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l bersa, shu millatning
saodati ham, hayoti ham shubha ostida qoladi.
Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat quyidagi rivoyatni ham
keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: “Eng komil
mo‘minlar xushhulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z xotinlariga
mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik”. Fitrat nazarida mamlakat taqdiri
va istiqboli barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina belgilanmaydi. Mazkur asarda
millatning ma’rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan munosabatda ham yorqin namoyon
bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan.
Kitobning ikkinchi qismi va muhim qismlaridan yana biri farzand tarbiyasiga
bag‘ishlangan. Fitrat ham tarbiyani an’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy
tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy inson
kamol topadi, deb hisoblaydi . Kitobning bu qismida Fitrat, ma’lum ma’noda, o‘ziga

xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim qiladi. U ixtiyor erkinligi muammosini mayl


tushunchasi orqali o‘rtaga tashlaydi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli,
boshqalarga mehr-muhabbat mayli va h.k. Bularning hammasida ham insonni jamiyat
a’zosi sifatida, ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u izzat-nafs,
ayniqsa, iroda masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. “Iroda va ixtiyor” sarlavhasi ostidagi
kichik bobda Fitrat farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining
to‘rt banddan iborat qoida-bos-qichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda
ota-onaning zo‘ri emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini
ta’kidlaydi.
“Ota-onalarning haq-huquqlari” bobida ham balog‘atga etgan farzandning
erkinlik darajasi haqida fikr yuritiladi. Muallif millat taqdirini, uning baxt-saodatini
jamiyatdagi oilaviy munosabatlar kamoli bilan bog‘laydi. Uning fikriga ko‘ra, dunyoda
izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm yo‘q. Qayerda oila munosabati kuchli
intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shunchalik kuchli va mustahkam bo‘ladi.
Fitrat millat kamchiligi sifatida iqtisodiy savodsizlikni keltiradi. Masalan, “Qalin (puli)
va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi haqida” deb nomlangan bobini olaylik, bizning
odamlar butun umr yiqqan mol-dunyosini bir kunlik to‘yga sarflashini, qayerdagi
bemaza orzu-havaslarga berilib isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yishini asarida qattiq tanqid
qiladi. Mutafakkir to‘yni kichik davrada isrofgarchiliksiz o‘tkazib, undan qolgan
mablag‘ni yoshlarni ilm olishlariga, sog‘liklarga sarflashlarini ta’kidlaydi. E’tibor berib
qaraydigan bo‘lsak, Fitaratning ushbu fikrlari xali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Sababi, bugun ham jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga ko‘p
pul sarflayotgan kimsalar hali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik ko‘plab ijtimoiy
muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif alohida ta’kidlaydi. Masalan, hamma
pul to‘yga sarflangandan keyin yosh oilalar ro‘zg‘or tebratishga qiynaladi. Qarz-havola
qilib o‘tkazilgan to‘yni qarzlari to‘lanadimi yoki ro‘zg‘or tebratiladimi? Bu kabi
muammolar bugun ham jamiyatimizda yo‘q emas.Umuman olganda, Fitratning “Oila”
asari tom ma’noda yosh avlod uchun hayotiy qo‘llanma bo‘luvchi tarbiyaviy asar deb
hisoblayman. Lekin unda pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi
ustunroq.
Fitrat uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan mustahkam bog‘liq.
Turkiston va turkistonlikni ozod ko‘rish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning
ruhiga singdirib yuborilgan. Uni o‘qigan kishi nafaqat axloqiy fazilatlar nimalardan
iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nimayu, uni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkinligini anglab oladi. SHu bois mutafakkirjadid Abdurauf Fitratning “Oila” asari Turkiston milliy Uyg‘onishida benihoya katta
rol o‘ynadi, deyish mumkin. Ayni paytda u hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
ajoyib axloqiy-ma’rifiy risola sifatida alohida e’tiborga molik. Fitratning axloqiy
qarashlarining dolzarbligi shundaki u o‘z davrini axloqiy hayotini o‘zgartirmoqchi va
insonlarni o‘z davrining milliy ozodlik g‘oyasiga chorlaydi. Uning bizga qoldirgan
merosi chinakamiga bizning amaliy faoliyatimizga to‘g‘ri keladigan axloqiy ongimizni,
o‘zimizni tutishimiz, xatti-harakatlarimiz, muomala odoblarimizni yaxshilash va
boyitishga katta hissa qo‘shadi.
Fitratnig “Oila” asari o‘z davrining va bugungi kun insoniyatining ma’naviy
dunyosini boyitishda katta rol o‘ynaydi.Har qanday jamiyatda ham oila ijtimoiy
taraqqiyot manbai va axloqiy tarbiya o'chog'i bo'lib kelgan. Shuning uchun ham
insoniyat ulug'lari oilani nafaqat jamiyat, balki davlatchilik asoslarining qurilishida
ham ilk maktab deb hisoblaganlar. Milliy taraqqiyotga yuz tutgan mustaqil yurtim izda
komil insonni tarbiyalash va huquqiy davlatchilik asoslariga poydevor qurish davrida
1998- yil — Oila, 2012-yil esa Mustahkam oila yili deb belgilanganligi bejiz emas.
Nafaqat ijtimoiy va siyosiy, balki ma'naviy va m a’rifiy ahamiyatga molik ushbu holni
proffesor Fitrat birgina islomiy oila timsolida anglatgan. Inson m uhabbatdan tug'ilgan,
oiladagi ilk onalik mehri va otalik muhabbati bilan yo'rgaklangan. Go'dakning insoniy
sifatlari kamol topishida ham mana shu mehr-m uhabbat tarbiya maskani hisoblanadi.
Aytib otish mumkinki, nikohdan birinchi maqsad ham nasl qoldirishdir.
Fitrat qarashlarida islomiy oila mohiyatini anglash bolgani uchun oilada
millatning qadri va sha’nini belgilovchi harakatlar, avvalo, er va xotinning iffat va
diyonati bilan bog'liq ekanini hayotiy misollar bilan tushuntiradi. Er-xotinlikning
birinchi sharti va oxir-oqibati farzand ekan, bu maqsadga erishish vositasi va sababi
visoldir. Visol ishtiyoqi yoshlarda ertaroq tug'ilishiga qaram asdan «hakimlar
erkaklarga 23 yoshdan oldin uylanmaslikni va qizlarga 18 yoshdan oldin turmushga
chiqmaslikni maslahat beradilar». Abdurauf Fitrat ushbu «maslahat»ning ham
fiziologik va genetik, gigiyenik va sihattalab maqsadlariga qaratilganini eslash
barobarida oilaning sog'lom va barkam ol farzand yetishtirishdagi vazifalarini erinmay
birm a-bir uqtirib o'tgan. Oilani janjal, fisq, xiyonat va, boringki, taloq kabi
kushandalardan saqlab turuvchi vosita madoradir, ya'ni er-xotinning murosasidir.
Tabiiyki, tartibli oilada nikoh, homiladorlik va uning nihoyasi farzanddir. Fitrat farzand
tug'ilishi bilan bog'liq barcha shar’iy hukmlarni eslatish barobarida asosiy e'tibomi
farzand parvarishiga qaratgan.
Shuning uchun ham kitobning ikkinchi bobi «Farzand tarbiyasi» deb nomlanadi.
Tarbiya masalasiga ham millatga buyuk foyda yetkazuvchi soha deb qaramoq va uni
boshqalarga ishonib topshirib qo'yish oilaning mas’uliyatsizligidandir, degan zarur
xulosaga keladi. Fitrat tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda:
badantarbiya, aqliy va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib
ham bo'lmaydi. Ular o'zaro shunday bog'liqdirki, biriga ziyon yetsa, boshqalarida ham
nuqson paydo bo'ladi. Biriga foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo'ladi.
Oiladagi oddiy mojaro va harakatlar bilan o'ralashmay, bolalarning aqliy, ya'ni fikriy
tarbiyasi millatning niyati bilan uyg'un bo'lishi lozim.
Axloqiy tarbiya kishi axloqini kamolga yetkazish, odamning fe’li va harakatiga
yaxshi fazilatlarni singdirish demakdir. Hayot binosini qurishda va uning taraqqiyotida
avlod tarbiyasining rolini ta’kidlar ekan, Fitrat uch narsa: tansihatlik, sog'lom fikr va
yaxshi axloq muhimligini aytib o`tadi. So'ngra esa mana shu tarbiya uchun zarur
bo'lgan turli xil vazifalarni ohm jamiyat a'zolari oldiga qo'yish bilan o'z risolatadqiqotini yakunlaydi. Tarixchi olimlarning fikriga qaraganda, odamlar xalq
bo'lishlaridan oldin jamoa bo'lib yashash zarur ekanligini bilmaganlar. Shu bois ular
tabiiy mushkulotlar ostida azob chekib, hayvonlar hujum laridan halok bo'lganlar. V
aqt o'tishi bilan odamlar jamoa bo'lib yashash lozimligini tushundilar. Ularning birinchi
jamoalari «oila», y a’ni «ahli bayt» bo'lgan. Ahli bay! jamoalari asta-sekin rivojlanib
qavm va qabila jam oasiga aylangan. Bu m uqaddim adan m a’no shuki, oilaning
shakllanishi, ya'ni ahli bayt jamoasi, boshqacha aytganda, oila boshqarishga asos solish
bani Odam m adaniyatining asosi ekan. Bizga m a'lum ki, odam lar qayerda qavm yoki
qabila bo'lib yashasalar, tinchliklarini saqlash uchun va bir-birlarining huquqlarini
muhofaza qilish uchun bir nizom (tartib) va qonun joriy etib, shu qonunlar asosida baxt
va saodatga erishganlar. Aks holda o'rtalarida tartibsizlik ro'y bergan zahoti nizom -u
qoida yo'qolib, darhol nobud bo'ladilar yoki e ’tiborsiz va xor bo'ladilar. Aslida bu
tabiiy va zarur bir hodisadir, chunki odam tabiatan manfaatparast va g'arazli bo'ladi. Bir
nechta odam jam bo'lib qolsa, har biri o'z manfaatlariga asir bo'lib, boshqalarning
huguqiga tajovuz qilib uni poymol qilmoqchi bo'ladi. Buning natijasi notinchlik va
intizomsizlik bo'lib, oqibati yana o'sha nest-nobudlikdir. Albatta, bu tajovuz va
bosqinchilikning oldini olish uchun qonun lozim. Ushbu risolaning asosiy mavzusi
«oila»dir. Oila er-xotin va farzandlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, oila bir
shaxs boshchiligida bir uyda yashovchilardir. Shu ta'riflardan ma’lum bo'ladiki, oila
ham bir necha odam lardan iborat bo'lgan jamoa ekan. Ularning har biri insonga xos
narsaga, ya'ni o'z manfaatlariga asir bo'ladi. Biri ikkinchisining huquqini tasarruf qilib
bosib olishi mumkin. Ana shu tajovuz oldini olish uchun oila a'zolari o'rtasida ham bir
qonun lozim. O'tgan olimlar-u hakimlar shu masalada sa'y -harak at qilib qonunlar
ishlab chiqqanlarki, ularning umumiy hay'atini «manzil tadbiri» (ro'zg'or tebratish
tadbiri) deb ataydilar.
Xulosa. Aslida dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har
bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga
bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda
oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha
kuchli va tartibli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan
oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu
millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi. Hozirgi Yevropa olimlari ham o'z
xalqlari intizomi va oilalarining rohati uchun harakat qilib yuzlab kitoblarni yozib nashr
qilmoqdalar. Ishonchim komilki, oila saodati va baxti uchun qabul qilingan eng maqbul
qonun islomiy qonunlar bo'ladi. Lekin olamda eng badbaxt oilalar ham biz
musulmonlarning ichimizda bo'ladi, chunki biz ilohiy qonunlarning birontasiga rioya
qilmay qoyganmiz. Baxtsizligimizning sababi oiladorlik xususidagi har bir
harakatimiz, sarob orzularimiz va xato fikrlarimizning natijasi bo'lib, aksariyati
muqaddas Qur'oni karim hukmlariga ziddir. Shuning uchun zulm va tajovuz ko'rmagan
oilalar bizda nihoyatda kam ko'rinadi. Hozirda taraqqiy etayotgan islomiy o'lkalarda
turk, arab, fors olimlari o'z millatlarining kimligini anglab yetib, oila nizomi va tinchligi
haqida ancha kitob yozdilar. Bu kitoblarda ular diniy va dunyoviy hukmlarga tayanib
oilaviy masalalarga izoh berganlar. Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan
va zarur ijtimoiy vazifa yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir ijtimoiy vazifa ekanligi
barchamizga ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha
farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam
qoʻyilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning taʼsiri sezilarli boʻladi. Taʼlim
muassasalari va mahalla-koy, umuman, ijtimoiy muhit inson farzandini to hayotining
soʻngi daqiqasigacha taʼqib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda
shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy
hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va
ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va maʼnaviy takomilida ham muhim oʻrin tutadi.
Yüklə 16,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə