Article · February 021 citations reads 28,640 author



Yüklə 193,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix27.12.2023
ölçüsü193,88 Kb.
#162761
1   2   3   4   5   6   7   8   9
REJABOVMUXRIDDIN

 
5. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgach, u jahon hamjamiyatida va 
rivojlanish taraqqiyotida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi, shu-
ningdek, XXI asr - axborot 


23 
texnologiyalari asri va axborotlashgan jamiyat sari ildam qadamlar bilan kirib keldi. 
Shu bois ham bugungi ilg‘or ta’lim berish jarayo-da informatika va axborot 
texnologiyalarining o‘rni nihoyatda beqiyosdir. 
Bugungi kunda har bir pedagog uchun ushbu axborot texologiyalari uning o‘quv 
ishlanmasida eng yetakchi vazifani bajarmog‘I lozim. Chunki, o‘quvchi yoshlar 
ongida dars 
ishlanmasi yaqqol puxta ochib berilishi lozimdir. Ana shundagina ta’lim yanada 
sifatli hamda maroqli tarzda o‘quvchilar ongida shakllanadi. Yetakchi ta’lim bilan 
bir qatorda o‘quvchilarga axborot texnologiyalaridan unumli 
foydalanish masalasi ham turadi. Chunki, hozirgi kunda insoniyat, shuning-dek, 
informatika fani muqarrar haqiqat bilan yuzma-yuz kelmoqda. Uning asosiy 
masalasi, muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo‘lmagan-
uchramagan axborot inqirozini (behisob ko‘payib ketishini) yengib o‘tishdir. Ammo 
qo‘yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmuyi bo‘lgan 
komputer texnikasi va global tarmoqlar, Internet umumjahon 
tarmog‘idan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin. 
O‘z navbatida, yangi ming yillikda istalgan sohaning zamonaviy mutaxassislari, 
jumladan, muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi xodimlari, 
marketologlar, ilmiy tadqiqotchilar, pedagog o‘qituvchilar va boshqalar tegishli 
sohaning axborot resurslaridan erkin va samarali foydalanishi (axborot olish, 
to‘plash, yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va hokazolar) uchun kompyuter - 
axborot-telekommunikatsiya vositalari bo‘yicha tegishli bilimlarga, axborotdan 
foydalanish madaniyatiga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Axborot 
madaniyatining zaminini yaratish esa informatika fani predmetini tashkil etadi va 
uni o‘rganish davomida texnik, dasturiy va algoritmlash vositalarining 
imkoniyatlarini o‘rganish mobaynida nazariy bilimlar hamda tegishli soha 
masalalarini mukammal shakllanririshdan iborat. 
Bugungi zamonaviy kompyuterlar bilan ishlash usullarini o‘rganish jarayonida 
talabaning dastlabki tasavvuriga kelmagan imkoniyatlar ochiladi. Zamonaviy 
kompyuterlar amalda hamma 


24 
narsani bajarishi mumkin, lekin buning uchun foydalanuvchining o‘zi nimani 
istayotganligini aniq bilishi va eng muhimi kompyuterga buni qanday bajarish 
kerakligini tushuntirib bera olishi shart. O‘z navbatida, kompyuterga nimanidir 
tushuntirish uchun esa unga axborotni kiritish 
lozim. Chunki, axborot - informatika va axborot texnologiyasi sohasining asosiy 
resursidir. 
Axborot - bu o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy ajra-tuvchi, 
farqlovchi, tabaqalashtiruvchi belgidir. Yoki boshqacha qilib umumlash-tirib 
aytganda, axborot - bu biror faoliyat to‘g‘risidagi xabarlar majmuidir. 
Shuningdek, o‘z navbatida , informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumot 
tushunchalari ham keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra 
foydalanilmaydigan, balki, faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuza-
tuvlar sifatida qarash mumkin.Agar bu ma’lumotlarda biror nasra to‘g‘risidagi 
mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish uchun fodlanish imkoniyati tug‘ilsa, u holda 
ma’lumotlar axborotga aylanadi, deyish mumkin. 
Hozirda insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangi-
yangi kashfiyotlarning yaratilishiga asos bo‘ladi. Bu kashfiyotlarning biri - 
kompyuter texnikasidir. 
Azaldan insoniyat o‘z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan 
shug‘ullangan. 
So‘zsiz aytish mumkinki, kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. 
Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib kopmyuter texnikasi juda rivojlanib ketdi. 
Ma’lumotlarni yig‘ish, boshqarish , qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda 
muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamalakarlarning hozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham texnologiyalaridan 
foydalanishga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyo XXI 
asr - axborot asri deb tan olgandir. Axborot asrida katta hajmda-gi ma’lumotlar 
ombori va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelinmoqda. Jamiyat taraqqiyotining 
rivojlanishiga, kunlik ehtiyojga kerakli vositalr yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar 


25 
ularning bir qismi bo‘lgan informatika hamda axborot texnolo-giyalariga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatmoqda. 
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi das-turiy va texnik ta’minotga ham o‘z 
ta’sirini ko‘rsatmoqda . Bu ta’sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki 
oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, 
dasturiy ta’minoti yangi variantlarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish 
usulini tubdan o‘zgartirishni talab 
etadi. Shuningdek, axborot texnologiyasi haqida bilish talabalarning axborot 
texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Uning asosini tashkil etuvchi axborot 
ham neft, gaz, foydali qazilmalar kabi an’anviy moddiy zaxira turlari kabi 
jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini 
moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya 
sifatida qabul qilish mumkin. Shunda quyidagi tushunchani keltirish ayni muddao 
bo‘lar edi: 
Moddiy ishlab chiqarishning maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi 
mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘lsa, axborot texnologiyalarining maqsadi - inson 
tahlil qilishi 
uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish 
bo‘yicha qaror qabul qilishdir. 
Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati 
haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar(boshlang‘ich axboroti)ni 
to‘plash, qayta ishlash 
va uzatishning vosita va uslublari jamlanma-sidan foydalanuvchi jarayondir. 
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog‘langan bo‘lib, ular 
uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Axborot texnologiyasi 
kompyuterda 
saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal, harakat va 
bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi - 
birlamchi axborotni maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo‘li 
bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir. 


26 
Axborot tizimi kompyuterlar , kompyuterlar tarmog‘i, dasturiy mahsulotlar
ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa 
qurilmalardan tashkil 
topgan muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va 
uzatishdan iborat. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson-kompyuter tizimidir. 
Qisqacha qilib aytganda, bugungi kundagi har bir soha o‘zining keng ishlatilish 
sohasiga ega ekan, biz pedagoglardan ularni shakllantirish talab etiladi. Shuningdek, 
informatika sohasi fanga kirib kelgan eng so‘nggi va eng rivojlanib borayotgan 
sohadir. Undan keng foydalanish kelajagimizni yanada yaxshilash bilan uzviy 
bog‘liq ekan , bizlar uni yanada 
chuqurroq ravishda o‘rganishimiz bugungi kunda talab etiladi. Zero, bu sohadan 
barcha ishlarda, shuningdek, ta’limda ham keng qo‘llanilib kelinayotgani 
barchamizga qulaylik yaratib 
kelmoqdadir.Shuning uchun uni jamiyat orasida, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng 
targ‘ib etish barchamizning burchimizdir.

Yüklə 193,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə