Article · June 021 citations reads 1,291 authors



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#128486
1   2   3
Sammit

Фойдаланилган адабиётлар: 
1.
Ўзбекистон Республикасининг “Бола ҳуқуқларининг кафолатлари тўғрисида”ги 
Қонуни 
2.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2013 йил 15 февралдаги 44-сонли 
«Кам таъминланган оилаларга ижтимоий нафақалар ва моддий ёрдам тайинлаш ва тўлаш 
тартиби тўғрисидаги Низом 
3.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1996 йил 10 декабрдаги ПФ-1657-сонли 
«Болали оилаларни давлат томонидан қўллаб-қувватлашни янада кучайтириш тўғрисида»ги 
Фармони
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA IQTISODIYOTDAGI TARKIBIY 
O’ZGARISHLAR: MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR 
Rajabboyev B.O., Nishonqulov Sh.F. 
Qo’qon universiteti talabalari 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada, iqtisodiyot, uni raqamlashtirish, raqamlashtirish siyosatini 
olib borish yo'llari, iqtisodiyot sohasini tarkibiy qisimlari, hozirgi kunda bu sohani naqadar 
kerakliligi, undagi turli xildagi muammolar, ularni yechish yo’llari va keyinchalik kutilayotgan 
istiqbollar. 
Kalit so’zlar:
Iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish siyosati, innovatsion 
rivojlanish vazirligi, davlat boshqaruvi, intelekt asri.
Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyot sohasiga bo’lgan talab jadal suratlarda oshib borayabdi. 
Bu soha haqida gapirishdan oldin, keeling endi bu soh anima ekanligini tushunib olsak. Raqamli 
iqtisodiyot atamasi birinchi bo’lib Yaponiyada birinchi bo’lib Yaponiyaning 1990-yillardagi 
turg’unlik davrida yaponiyalik professor va tadqiqotchi, iqtisodchi tomonidan tilga olingan. 
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo‘lib 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan 
“Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise 
and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh 
etilgan.{1} 
Raqamli iqtisodiyot - bu intelektual faoliyat mahsuli hisoblanib, uzoq davrda shakillangan 
murakkab tizim sifatida bo’lib, uning tarkibi texnik, axborot, matematik taminotidan iborat bo’lib, 
real sektorlarni ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini raqamli texnalogiyalarni keng qo’llashga asoslangan 
tizimdir. 
Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, 
raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot 
ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos 


 
591 
tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat 
bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining 
boshlang‘ich davrida bo‘lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi atiga bir necha o‘n 
yilni tashkil etadi. Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan 
foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, 
texnologiyalar, asbob-uskunalar, xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini 
jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab 
chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir.{2} 
Endi raqamli iqtisodiyot muammolari, yechimlari va istiqbollariga to’xtaladigan bo’lsak, 
Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan 
Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi tomonidan “Davlat boshqaruvini samarali 
rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga koʼmaklashish” loyihasi doirasida seminar oʼtkazildi. 
Tadbirda vazirliklar, davlat idoralari, qoʼmitalar vakillari va masʼul xodimlari ishtirok etdi. 
“Raqamli iqtisodiyotning dunyoda rivojlanish tendentsiyalari. Oʼzbekistonda rivojlanish 
istiqbollari” mavzusidagi seminarni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat boʼyicha xalqaro 
ekspert Danielь Mensi olib bordi. 
Daniel Mensi bugungi kunda raqamli iqtisodiyot eng koʼp rivojlangan mamlakatlar bu АQSh 
va Xitoy ekanini taʼkidlab, dunyo boʼyicha blokcheyn texnologiyalarga doir patentlarning 75 foizi 
aynan shu davlatlarga toʼgʼri kelishini aytdi. Oʼz navbatida internet mahsulotlarining 50 foizini shu 
davlatlar aholisi isteʼmol qiladi. Maʼruzachi, shuningdek, beshinchi avlod (5G) mobil texnologiyasi 
haqida maʼlumotlar berdi. Аloqa sifati va maʼlumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi, energetik 
samaradorligi inson salomatligiga zararsiz ekanligidan tashqari, bu texnologiya foydalanuvchilarga 
yangidan yangi imkoniyatlarni beradi. Masalan, internet mahsulotlari, keng polosali 
mediaservislardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, tabiiy ofatlar boʼlgan joylarda ham 
aloqa oʼrnatish imkonini beradi. Raqamli maʼlumotlar qimmatbaho iqtisodiy resurs hisoblansa-da, u 
raqamli tafakkurga aylanganidagina foyda keltiradi. 
Raqamli iqtisodiyot kirib kelishi bilan raqamli platformalar yaratish va tez surʼatlarda oʼsib 
borayotgan raqamli maʼlumotlarni monetizatsiya qilish muammolari vujudga kelmoqda. Bunda 
qiymat yarata olish yoʼllarini, mazkur jarayonlardagi toʼsiqlarni bartaraf etish vositalarini aniqlash 
muhimdir. Bu qiymatni yaratish va tarqatish salohiyatini, qiymatni yangilash, boshqarish hamda 
qiymatni qoʼlga kiritish shakllarini tushunish imkonini beradi. Raqamli iqtisodiyotni dunyoning 
barcha mamlakatlarida rivojlantirish zarurligi, raqamli iqtisodiyotga oʼtish jarayonini tezlashtirish 
lozimligi qayd etildi. 
Yuqorida keltirilgan malumotlardan xulosa qiladigan bo’lsak, hozirgi kunda raqamlashtirish 
dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlari raqamlashtirish orqali 
juda katta foydaga ega bo’ish mumkin. Albatta, eng muhim masala bo’lmish “Yashirin 
iqtisodiyotni” maximum darajada kamaytirishga erishish mumkin. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə