|
Asalari oilalarining mahsuldorligini oshirishda oziqlantirishning ahamiyatiasalari-oilalarining-mahsuldorligini-oshirishda-oziqlantirishning-ahamiyati (3)“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 1
34
xamma ari oilalari baland tovush chiqarayotgan bo‘lsa, u holda mumkatak romlarda
qoldirilgan asal ozig‘i qotib qolgan bo‘ladi. Buni bilish uchun simning uchi ilmiq
qilib, bukiladi va uyaning tagiga tushgan axlatlar uya teshigidan o‘sha bukilgan
ilmoqli sim yordamida qog‘ozga tushirib olinadi. Axlat orasida shakar zarrachalari
borligi aniqlansa, asal ozig‘i qotib qolgan bo‘ladi. Bunday holat kuzatilganda arilar
g‘uj bo‘lib joylashgan mumkatak romlarning ustiga kichkina yostiqcha xo‘llab
qo‘yiladi yoki konserva bankaga 150- 200 ml suv quyilib, uning og‘ziga bo‘z latta
mahkam boylanadi va tezda to‘ntarib qo‘yiladi. Tez qotishga moyil bo‘lgan asallarga
paxta, kanop, raps, oq quray, gorchitsa hamda qurg‘oqchilik yillari kungaboqar
o‘simliklaridan olinadigan asallarni ko‘rsatish mumkin. S Bundan tashqari, arilarning
ozig‘i tugab qolganda yoki ozig‘ining sifatsizligidan bezovtalanganda qand upasini
sifatli tog‘ asaliga qorishtirib, xamirsimon oziq tayyorlanadi va qish faslining
o‘rtasida, erta bahorda antibiotikli oziq berish vaqtida beriladi.
Xamirsimon oziqning afzalligi shundan iboratki, uni kunduzi tarqatsa ham
bo‘ladi, qo‘shni uyalarning arilari o‘g‘irlikka kirmaydi. Bu oziq 0,5-1,0 kg li
bo‘laklar ko‘rinishida, arilarning kuchiga qarab tayyorlanadi. Har bitta oilaga
qog‘ozga o‘rab, qog‘ozning 5-6 joyidan teshib,
arilar to‘dasining ustiga 2-3 sm qalinlikda obi non ko‘rinishida qo‘yiladi yoki
ko‘zlarining o‘lchami 3x3 mm bo‘lgan to‘r ustiga qo‘ysa ham bo‘ladi.
O‘zbekistonning iqlim sharoitini e’tiborga olib, xamirsimon oziqni 3:1 nisbatda, ya’ni
3 kg qand upasiga 1 kg sifatli tog‘ asalidan qo‘shib tayyorlanadi. Bu massa bir xil
ko‘rinishga ega bo‘lgan, qo‘lga yopishmaydigan aralashma hosil bo‘lguncha
yaxshilab aralashtiriladi. Bundan tashqari, har10 kg qand upasiga 200 ml suv hamda
70-80% li sirka kislotasidan 3 gramm qo‘shiladi.
Shunday tayyorlangan oziqni arilar inchalariga qo‘yib, qayta ishlamasdan
to‘g‘ridan - to‘g‘ri iste’mol qiladilar. O‘lchab olingan tog‘ asali suv hammomida 50-
55°C gacha isitiladi, asal suyulib, uning tarkibidagi shakar zarrachalari to‘liq
eriguncha qoldiriladi. Suyultirilgan asalga o‘lchangan suv hamda sirka kislotasi
qo‘shiladi. Arilar quyidagi hollarda ham bezovtalangan tovush chiqaradi: Kuchli ari
oilalari quyosh chiqqan kunlari harorat biroz ko‘tarilishi bilan, bunday oilalar qalin
issiq tutadigan yostiqchalar bilan o‘ralgan bo‘lsa, yostiqchalar olinib, bir oz
yengillashtiriladi yoki butunlay olib tashlanadi hamda havo almashish teshikchalari
kattaroq ochiladi.
Biz o‘tkazgan tajribalarda dastlabki eksperimental ma'lumotlar natijalari
adabiyotlarda berilgan ma’lumotlardan farq qilishianiqlandi. Jumladan, 1-tajriba (3,5
gektar) bog‘da bodom mevasini asalarilar yordamida changlanishi qayd etilganda,
asalarilar meva hosil bo‘lishini 9 martaga oshirganligi isbotlandi. 2-tajriba (1,5
gektar) bog‘da shaftoli mevasini asalarilar yordamida changlanishi kuzatilganda,
asalarilar meva hosil bo‘lishini 1,5 martaga oshirganligi isbotlandi. 3-tajriba (1
|
|
|