Asalari oilalarining mahsuldorligini oshirishda oziqlantirishning ahamiyati



Yüklə 308,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü308,09 Kb.
#149334
1   2   3   4   5
asalari-oilalarining-mahsuldorligini-oshirishda-oziqlantirishning-ahamiyati (3)

“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 1 
33 
o‘lanlar gullaydi. Yangi gul changi paydo bo‘lishi bilan asalari oilalarida naslni 
parvarishga kirishadi. Bahorning birinchi mart oyida o‘rtacha harorat 10°S gacha 
ko‘tariladi va yog‘ingarchiliklar ko‘p bo‘lishi bilan o‘simliklar gurkirab o‘sadi. Bu 
oyda barqaror ozuqa negizi bo‘lishi bilan asalari oilasini rivojlanishi uchun hal 
qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, shunga ko‘ra ular oy so‘ngida yosh asalarilarning paydo 
bo‘lishi evaziga to‘liq yangilanadi. Bu martning oxiri aprelning dastlabki kunlarida 
ona 
asalarilarning 
etishtirishda 
va 
ulardan 
yangi 
asalari 
shaxobchalari 
shakllantirishda, aprel oyining oxirida esa asalari paketlari barpo etishga qulay sharoit 
yaratiladi. Asalarilar qishlashi uchun oziqa zaxirasini to‘plash. Ari oilasining 
maxsuldor bo‘lishi yaxshi rivojlanishi o‘tgan (oldingi) yili arilarning qishlashi uchun 
jamg‘arilgan oziqqa kelasi yil ari oilasining asal to‘plashi esa shu yili asosiy sharbat 
to‘plash mavsumida yana ko‘p sifatli oziq jamg‘arilganiga bog‘liq bo‘ladi. Yetarli va 
sifatli oziq jamg‘arilganda ari oilalari muvaffaqiyatli qishlab chiqib, bahorda yaxshi 
rivojlanadi. 
Ko‘pchilik hashoratlar orasida asalarilar muvaffaqiyatli qishlab chiqadi, ular oila 
bo‘lib yashash hisobiga oilada yashash uchun yetarli haroratini ta’minlaydilar. Asosiy 
sharbat ajratish vaqtidan boshlab sharbatni qayta ishlab yetilgan asalni uyaning chetki 
qismlaridagi mumkatak inchalarning tepa qismidagi inchalarni to‘lg‘azib, qishda 
oziqlanish uchun oziq to‘plash davridan boshlab ari oilasi qishlashga tayyorlanadi. 
Sharbat qayta ishlanganda u quyuqlashadi va uzoq vaqt saqlansa achimaydi. Sharbat 
quyuqlashib, tarkibidagi shakarning miqdori 80-82% ga keltirilganda achitish 
zamburug‘lari rivojlana olmaydi. 
Qishlashga to‘g‘ri tayyorlangan ari oilalari nam kam zax bosmaydigan joylarga, 
qoziqlar ustiga joylashtirilgan bo‘lsa, ari oilalari qish mavsumida mehnat qilmaydi. 
Qishning birinchi yarmida asalarichi arixonaga bir oyda bir -ikki marotaba kelib, 
arilardan xabar olib ketiladi. Qishning birinchi yarmida arilar o‘zlarini yashiklarda 
tinch tutadilar. Qishlash mavsumining ikkinchi yarmida arilarning orqa ichaklarida 
to‘plangan axlat ko‘payib borishi hamda mumkatak romlarda lichinkalar paydo 
bo‘lishi bilan arilar bezovtalanish kuzatiladi. Bunday paytda asalarichi har oyda 3-4 
marotaba arixonadan xabar olanadi. 
Bahor yaqinlashib, yerdagi qorlar eriy boshlashi bilan har xafta ikki marotaba
fevral oyining oxiri va mart oyining boshida har kuni xabar oladi. Bunda arilarning 
ovqati tekshiriladi, kuchsiz ari oilalariga qo‘shimcha issiq tutadigan yostiqchalar 
qo‘yiladi, uya teshikchalari kichraytiriladi, ona arisi yo‘q oilalar ona arisi bor 
oilalarga qo‘shib yuboriladi. Arixonadagi kamchilik va bahorda dastlab bajariladigan 
ishlar arixona jurnaliga qayt qilib boriladi. Agar ari uyasida harorat me’yorida bo‘lsa 
ham arilar tovush chiqariyotgan, nimadandir bezovtalanib, muvaffaqiyatsiz 
qishlayotgan bo‘lsalar, asalarichi darhol hamma ari oilalarining qanday tovush 
chiqarayotganiga quloq solib (yoki apeskop apparati yordamida) tekshiradi. Agarda, 



Yüklə 308,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə