|
Asalari oilalarining mahsuldorligini oshirishda oziqlantirishning ahamiyatiasalari-oilalarining-mahsuldorligini-oshirishda-oziqlantirishning-ahamiyati (3)“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 1
32
mineral moddalardan - xlorella suspenziyasi, SJKgormonlari, NRV eritmasi, simovit,
kondisil, elibrassinolid, ssitokinin, apistim kabi preparatlar asalari oilasini
oziqlantirishda tajriba sifatida foydalanib kelingan va ijobiy natijalar olingan hamda
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, respublikaning tabiiy iqlim sharoitida asalari oilasiga beriladigan
mineral oziqaviy qo‘shimchalar asalning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish
hozirgi kunda dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda. Ushbu tadqiqot yuqorida
ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, bu muammolar yechimi
respublikamiz asalarichiligida hozirgi kunning muhim vazifalardan biridir.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida respublikamizning tog‘oldi va paxtachilik
mintaqalari sharoitida asalari oilasini oziqlantirishning texnologik usullari ilmiy
jihatdan asoslab berildi va asalarichilik fermer xo‘jaliklari hamda shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklarda joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Respublikada asalarilar tizimini ozuqaviy qo‘shimchalar ta’sirida uning
xususiyatlarini yanada yaxshilashga va asal sifati ko‘rsatkichlariga ta’sirini
o‘rganishning ilmiy asoslarini yaratishga imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Mineral
moddalar ozuqaviy qo‘shimcha sifatida qo‘llanilganda u asalari oilasini o‘sishi,
rivojlanishiga hamda mahsuldorligiga, asal sifatiga ham o‘z ta’sirini sezilarli darajada
ko‘rsatadi. Shuningdek, bu mineral moddalar asalari sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy profilaktik himoya vositasi bo‘lib kelmoqda. Kelgusida mineral
oziqalar ta’sirida asalari oilasining rivojlanishi, nasl miqdori, ona asalarilarning
tuxum qo‘yish xususiyatlari yanada yuksaladi. Xuddi shunday mineral oziqalarni
asalari oilasi mahsuldorligiga, asal to‘plashga, mum ishlab chiqarishiga ta’siri kabi
belgilarini o‘rganish yo‘llari ishlab chiqiladi. Asalarilarni tajriba qilib Vita-Max A
+premiksi bilan oziqlantirish natijasida erishilgan yutuqlarni asalari oilalarining
mahsuldorlik va biologik xususiyatlarini takomillashtirishning ilmiy asoslari
yaratilgan. Respublikada mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning soni keskin
kamayganligi va mahsuldorligini pasayganligini inobatga olib ularning genofondini
saqlab qolish va ularni takomillashtirish. Ushbu tajribada asalarilardan sifatli ona
asalari etishtirish asosida asalari paketlarini tashkil qilishni takomillashtirish asosida
tegishli qishloq xo‘jalik ekinlari gullarini changlantirib ulardan mo‘l hosil olishga
erishildi. Ma’lumki, respublikaning tabiiy iqlim sharoiti asalari oilasini
ko‘paytirishga juda qulay imkoniyatlar yaratadi. Respublikamiz hududida cho‘l,
yarim cho‘llar, to‘qayzorlar, voha va tog‘li hamda tog‘oldi hududlari mavjud. Bir
yilda 9 oy davomida, ba’zan esa 10 oygacha asalarilarning faol yashashini
ta’minlaydigan asalga boy flora, yillik o‘rtacha yuqori harorat - bularning hammasi
asalarichilikka zo‘r berish omillaridir. Yumshoq qish va iliq bahor asalari oilalarini
erta rivojlanishi uchun juda qulay sharoit yaratadi. O‘rtacha harorat fevralda 5,3°C ni
tashkil qiladi. Shu oyning ikkinchi qismida gulchang beradigan daraxtlar va o‘t-
|
|
|