|
Asalari oilalarining mahsuldorligini oshirishda oziqlantirishning ahamiyatiasalari-oilalarining-mahsuldorligini-oshirishda-oziqlantirishning-ahamiyati (3)“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 1
33
o‘lanlar gullaydi. Yangi gul changi paydo bo‘lishi bilan asalari oilalarida naslni
parvarishga kirishadi. Bahorning birinchi mart oyida o‘rtacha harorat 10°S gacha
ko‘tariladi va yog‘ingarchiliklar ko‘p bo‘lishi bilan o‘simliklar gurkirab o‘sadi. Bu
oyda barqaror ozuqa negizi bo‘lishi bilan asalari oilasini rivojlanishi uchun hal
qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, shunga ko‘ra ular oy so‘ngida yosh asalarilarning paydo
bo‘lishi evaziga to‘liq yangilanadi. Bu martning oxiri aprelning dastlabki kunlarida
ona
asalarilarning
etishtirishda
va
ulardan
yangi
asalari
shaxobchalari
shakllantirishda, aprel oyining oxirida esa asalari paketlari barpo etishga qulay sharoit
yaratiladi. Asalarilar qishlashi uchun oziqa zaxirasini to‘plash. Ari oilasining
maxsuldor bo‘lishi yaxshi rivojlanishi o‘tgan (oldingi) yili arilarning qishlashi uchun
jamg‘arilgan oziqqa kelasi yil ari oilasining asal to‘plashi esa shu yili asosiy sharbat
to‘plash mavsumida yana ko‘p sifatli oziq jamg‘arilganiga bog‘liq bo‘ladi. Yetarli va
sifatli oziq jamg‘arilganda ari oilalari muvaffaqiyatli qishlab chiqib, bahorda yaxshi
rivojlanadi.
Ko‘pchilik hashoratlar orasida asalarilar muvaffaqiyatli qishlab chiqadi, ular oila
bo‘lib yashash hisobiga oilada yashash uchun yetarli haroratini ta’minlaydilar. Asosiy
sharbat ajratish vaqtidan boshlab sharbatni qayta ishlab yetilgan asalni uyaning chetki
qismlaridagi mumkatak inchalarning tepa qismidagi inchalarni to‘lg‘azib, qishda
oziqlanish uchun oziq to‘plash davridan boshlab ari oilasi qishlashga tayyorlanadi.
Sharbat qayta ishlanganda u quyuqlashadi va uzoq vaqt saqlansa achimaydi. Sharbat
quyuqlashib, tarkibidagi shakarning miqdori 80-82% ga keltirilganda achitish
zamburug‘lari rivojlana olmaydi.
Qishlashga to‘g‘ri tayyorlangan ari oilalari nam kam zax bosmaydigan joylarga,
qoziqlar ustiga joylashtirilgan bo‘lsa, ari oilalari qish mavsumida mehnat qilmaydi.
Qishning birinchi yarmida asalarichi arixonaga bir oyda bir -ikki marotaba kelib,
arilardan xabar olib ketiladi. Qishning birinchi yarmida arilar o‘zlarini yashiklarda
tinch tutadilar. Qishlash mavsumining ikkinchi yarmida arilarning orqa ichaklarida
to‘plangan axlat ko‘payib borishi hamda mumkatak romlarda lichinkalar paydo
bo‘lishi bilan arilar bezovtalanish kuzatiladi. Bunday paytda asalarichi har oyda 3-4
marotaba arixonadan xabar olanadi.
Bahor yaqinlashib, yerdagi qorlar eriy boshlashi bilan har xafta ikki marotaba,
fevral oyining oxiri va mart oyining boshida har kuni xabar oladi. Bunda arilarning
ovqati tekshiriladi, kuchsiz ari oilalariga qo‘shimcha issiq tutadigan yostiqchalar
qo‘yiladi, uya teshikchalari kichraytiriladi, ona arisi yo‘q oilalar ona arisi bor
oilalarga qo‘shib yuboriladi. Arixonadagi kamchilik va bahorda dastlab bajariladigan
ishlar arixona jurnaliga qayt qilib boriladi. Agar ari uyasida harorat me’yorida bo‘lsa
ham arilar tovush chiqariyotgan, nimadandir bezovtalanib, muvaffaqiyatsiz
qishlayotgan bo‘lsalar, asalarichi darhol hamma ari oilalarining qanday tovush
chiqarayotganiga quloq solib (yoki apeskop apparati yordamida) tekshiradi. Agarda,
|
|
|