Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

 matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol
o‘yinlar
ga e’tiborimizni qaratamiz. Tarbiyachi tayyorlov guruhi bolalariga
matematik bilimlarni rivojlantirishda turli mashg‘ulotlardan va o‘yinlardan
foydalanadi. Asosan nazariy ma’lumotlar (qoidalar...) matematika mashg‘ulotlarida
berilsa, shu ma’lumotlarni mustahkamlash va bolalarga eslatish va takrorlatish uchun
turli xildagi o‘yinlardan foydalaniladi.
Ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar bolalarda
intellektual malakalarning mukammal shakllanishiga zamin yaratadi. «Texnologiya»


yunoncha so‘z bo‘lib, «tecne» - «mahorat», «san’at» va «logos» - «tushuncha»,
«o‘rganish» demakdir. “Texnologiya” so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish
usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, ob’ektda sodir
bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan
o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy
ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati
bilan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga matematik bilimlarni
izchillikda va mukammal tarzda yetkazib berish uchun ham interfaol usullarni
qo‘llash zaruriyati mavjud. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin
vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin
tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy
tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Tayyorlov guruhlarida o‘yinlar rollarni
taqsimlashdan boshlanadi.
Idrokni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar
bolada narsalarning rangi, shakli,
kattaligiga ko‘ra tahlil qilish malakasini shakllantiradi. Bunday o‘yinlar qatoriga
“Shakllar ichidan qizil ranglilarni top”, “O‘lchamiga qarab guruhla”, “Nechta

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə