Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


burchaklilar bor?”, “Figurali domino”



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

burchaklilar bor?”, “Figurali domino”
... o‘yinlari kiradi. Maktabgacha yosh
oxiriga kelib, bolalar rang qatoridagi 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular
asosiy geometrik shakllar (doira, oval, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak,
uchburchak)ni bilishlari lozim. Namunaga ko‘ra yoki nomi aytilgan ma’lum bir
shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Bolalar narsalarning kattaligini farqlashda
ularning o‘lchami bo‘yicha terib chiqishni biladilar, 20 ta tayoqcha, doiracha yoki
boshqa bir xil turdagi kattaligi har xil predmetlarni kattalashib va kichiklashib
boruvchi tartibda qo‘yib chiqadilar. Narsalar kattaligini 3 xil o‘lchamda nomini
ayta oladilar (uzunlik, kenglik, balandlik). Bu ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun
bolalarga shu turdagi o‘yinlar taklif etiladi.
Navbatdagi o‘yinlar guruhi
diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar
bo‘lib, ular voqelikning ma’lum jihatlariga qarata diqqatni to‘plashga o‘rgatadi
(diqqatni to‘plamasdan hech bir ishni bajarish mumkin emas). Bu o‘yinlar turkumi
orqali bolalar diqqatining turg‘unligi, ko‘chuvchanligi, bo‘linuvchanligi kabi
xususiyatlari shakllantiriladi.
Diqqatning_turg‘unligi'>Diqqatning turg‘unligi
biror narsa ustida uzoq vaqt
diqqatni to‘plab tura olish, demakdir. Ma’lumki, aqliy rivojlanishida muammolari
bo‘lgan bolalar diqqati muqim bo‘lmay, bolalarda ish jarayonida muqimlilik
bo‘lmaydi. Ya’ni bolalar bir faoliyatda uzoq shug‘ullana olmaydilar.
Diqqatni
ko‘chirish
- uni bir faoliyatdan ikkinchisiga o‘tkaza olishdir.
Diqqatning
bo‘linuvchanligi
bir vaqtning o‘zida kishining ikki yoki undan ko‘proq narsa bilan
shug‘ullana olishida namoyon bo‘ladi. Bolalarning bo‘linuvchan diqqati asta-sekin
ixtiyoriy diqqatga o‘tadi. Ixtiyoriy diqqat jarayoni ayni paytda bola uchun qiziqarli
narsaga diqqatni qaratishda yuzaga keladi. Bunday o‘yinlarga geometrik shakllarni


bir biridan farqini topib, ikkinchi bosqichda bir necha geometrik shakllar asosida
yaxlit obrazli figura xosil qilish so‘raladi. Bolalar tezlik bilan to‘rtburchak,
uchburchaklardan qandaydir yaxlit buyumlarni hosil qilishi kerak.
Keyingi rejada bolalarning diqqati figuralarning nechtaligi, ularning
o‘lchamlariga ko‘chiriladi. Shuningdek, bu o‘yinlar orqali bolalarning tafakkuri ham
rivojlantiriladi.
O‘yinlarning yana bir turi

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə