Asosiy qism Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining


Jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari



Yüklə 91,64 Kb.
səhifə4/18
tarix30.12.2023
ölçüsü91,64 Kb.
#166075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining-fayllar.org

Jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari:

  1. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida organizmning shakllari va funksiyalarini uyg‘un ravishda jismonan kamol toptirish, aholining sog‘ligini mustahkamlash, uzoq umr ko‘rishini ta’minlash.


  2. Harakat malaka va ko‘nikmalarini hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mahsus bilimlarni shakllantirish.


  3. Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik bilan bir qatorda shaxsning ma’naviy, irodaviy va estetik sifatlarini tarbiyalash. Aqliy, intellektual kamolotga etkazish.


Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda bosh omil murabbiylar hamda tashkilotchilar hisoblanadi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarliklari, sog‘ligi hamda qiziqishlari ham jismoniy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mashg‘ulotlarni tashkil qilishda jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasini amalga oshirish ko‘zlanmasa, tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin emas.


Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar vazifalari quydagilardan iborat:
  • Sog‘liqni mustahkamlash, talabalarni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.


  • Talabalarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigienik bilim va ko‘nikmalarni singdirish.


  • Talabalarda harakat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o‘rgatish.


  • Jismoniy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.


Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya vositalari.


Jismoniy mashqlar, mehnat, tegishli kun tartibi va tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish Ta’lim muassasalari ¸shidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalari hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi asosiy shartlardan biri yaxshi uyushtirilgan tibbiy nazoratdir. Ta’lim muassasalarida tibbiy nazoratning vazifalari-bolalar sog‘ligini mustaxkamlash uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vosita va uslublaridan foydalanish, ular to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, shuningdek jismoniy tarbiya ishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat.[8.4]

    1. Yüklə 91,64 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə