Asosiy qism Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining



Yüklə 91,64 Kb.
səhifə6/18
tarix30.12.2023
ölçüsü91,64 Kb.
#166075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining-fayllar.org

Jismoniy barkamollik - har tomonlama rivojlanishning, harakatlarga tayyorgarlikning oliy darajasi bo‘lib, ishlab chiqarish va harbiy hamda turmush sharoitlariga moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini ta’minlaydi.
Jismoniy barkamollik tushunchasini yana shunday izohlash mumkinki, bu insonni har qanday sharoitda ham og‘ir jismoniy yuklamalar bajara olish qobiliyati bilan birga o‘zida ahloqiy sifatlar, insonparvarlik, onglilik hamda jamoatchilik xislatlarini o‘zida mujassam bo‘lishidir.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas bir qismi, hamda jismoniy tarbiya vositalarini yaratish va foydalanishda jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir. Millatning jismoniy madaniyat va sport sohasida erishgan yutuqlari, aholining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb etilishi, mamlakatda yoshlarni qolaversa aholini hamma qatlamini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlovchi vositalar-sport inshootlari, jihozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mutaxassis kadrlar etarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi.
Sport – inson jismoniy barkamolligini ta’minlovchi vosita bo‘lib, bir xil shakldagi jismoniy mashqlar va xarakatlar majmu’idir. Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo‘naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy tarbiyaning “sport orqali”, sport vositasida amalga oshiriladigan jarayondir. “Sport trenirovkasi” termini bilan bir qatorda “sportchini tayyorlash” termin ham qo‘llaniladi. Bularning tushunchasi bir-biriga juda yaqin, biroq bir xil emas. Sportchini tayyorlash-kengroq tushuncha bo‘lib, u sportda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishga tayyor bo‘lish va buni oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.[9.33]

    1. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish uslublari

Jismoniy tarbiya jarayoni boshqa tarbiyalardan farqli o‘laroq shug‘ullanuvchilar organizmini sog‘lomlashtirish hamda jismoniy rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan. Jismoniy tarbiya amaliyotida ta’limning ko‘plab turli uslublari va uslubiy shakllari qo‘llaniladi. Uslublarni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:


a) og‘zaki; b) ko‘rgazmali; v) amaliy.
Uslublar va uslubiy shakllar o‘zaro chambarchas aloqadadir. O‘qituvchi ularni turli ko‘rinishlarda qo‘llab, jismoniy tarbiyaning to‘la qonli jarayonini ta’minlaydi.

Yüklə 91,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə