Asosiy qism Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining



Yüklə 91,64 Kb.
səhifə7/18
tarix30.12.2023
ölçüsü91,64 Kb.
#166075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining-fayllar.org

Og‘zaki uslub shakllari: Tushuntirish uslubi Ta’lim muassasalariíing barcha sinflarida qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, talabalarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda; mazmun va shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Suhbat savol-javob shaklida o‘tkaziladi. O‘qituvchi yo‘llovchi savollar yordamida materialni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, talabalarda o‘z fikrlarini aytish istagini qo‘zg‘aydi. Buyruq va qaror. Talabalar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o‘tish jarayonida o‘qituvchi rahbarlik qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi.
Ko‘rsatmalar Ta’lim muassasalariíing barcha sinflarida mashqlarni bajarishda qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalar butun guruhga yoki bir talabaãa tegishli bo‘lishi mumkin.[10.26]
Ko‘rgazmali uslub shakllari: Mashqni ko‘rsatish. Ta’lim uslublari ichida eng tushunarlisi ko‘rsatish uslubi hisoblanadi. Ko‘rgazmali uslublarda mashqlarni ko‘rsatish etakchi o‘rinni egallaydi. Umuman ko‘rgazmalilikni qo‘llanish, xususan ko‘rsatish kichik yoshdagi talabalarni o‘qitishda zarurdir. Ko‘rsatish juda samarali bo‘lish uchun bolalarni yaxshi uyushtirish va ular kuzatishlari uchun sharoit yaratilishi lozim. Mashqlar barcha talabalarga yaxshi ko‘rinadigan joydan turib namoyish etilishi kerak. Ko‘rsatish va tushuntirish turli variantlarda birga qo‘shib olib boriladi:
  1. dastlab mashq namoyish etiladi, so‘ng tushuntiriladi;


  2. dastlab mashq tushuntiriladi, so‘ng namoyish qilinadi;


  3. namoyish tushuntirish bilan birga olib boriladi.




Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish. Hàrakatlar haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qildirish uchun ko‘pincha ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi.
Ko‘rgazmali qurollar suratlar, jadvallar, rasmlar, fotosuratlar bo‘lishi mumkin. Ularni darsda o‘qituvchi rahbarligida yoki, agar ular sinfda yoki zalda osib qo‘yilsa, darsdan tashqari vaqtda mustaqil ravishda ko‘rib chiqish mumkin.

Yüklə 91,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə