Atmosferaning tarkibi, tuzilishi va ahamiyati, havo



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix29.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#113907
1   2   3   4   5   6
R7OrZmsk0sxe3DIdhoLor6XoTeruelEMuaaVMFzg

4. Ozon muammosi.
 
Atmosferaning 20-30 kilometr oralig„ida 
joylashgan о„ziga xos himoya qobig„i – ozon (O3) qatlamining 
siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi.
 
Ozon qatlami
Yer atmosferasining bir qismini tashkil etib, tarkibida 
katta miqdorda ozon bor. Ushbu qatlam Quyoshning taxminan 93 dan 
99 foizgacha qattiq ultrabinafsha nurlarini yutadiki, ular tо„siqsiz
Yerga yetib kelgudek bо„lsa, Yerdagi hayotni tо„xtatishi mumkin. 
Yer yuzida, dastlab 1970-yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi 
kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50 % ga 
kamayishi qayd qilindi. 
 
Ozon qatlami
insonlar va barcha jonzotlarni Quyoshning qisqa 
tо„lqinli ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiluvchi ekran vazifasini 
о„taydi. Galogenli uglevodorodlar (xlorftoruglerodlar, galonlar, 
tetraxlormetan, metil bromid) ozonni buzuvchi moddalar hisoblanadi. 


Ozonning siyraklashuvi teri saratoni, immunotizimning
kuchsizlanishi va pardali katarakta, о„simliklar jarohati, shu jumladan
о„simliklar hosildorligining pasayishi, plankton va fitoplankton 
singari dengiz hayvon turlari xilma-xilligining qisqarishi kabi 
salomatlik va ekologik muammolarning ortishiga olib keladi.
1987 - yilning 16-sentabrida ozon qatlamini yemiruvchi moddalar 
bо„yicha Monreal Protokoli ishlab chiqilgan. Ushbu sana har yili 
Xalqaro Ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.
О„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2006 - 
yilning 7-sentabrida О„zbekiston Respublikasining “Ozon qatlamini 
buzuvchi moddalar bо„yicha Monreal protokoliga tuzatmalarni 
(Monreal, 1997-yil, 17-sentabr) ratifikatsiya qilish tо„g„risida” gi va 
“Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bо„yicha Monreal 
bayonnomasiga tuzatmalar (Pekin, 1999-yil, 3-dekabr) ni ratifikatsiya 
qilish tо„g„risida” gi qonunlar imzolandi. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə