Atmosferaning tarkibi, tuzilishi va ahamiyati, havo


Аtmоsfеrа iflоslаnishining оqibаtlаri



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix29.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#113907
1   2   3   4   5   6
R7OrZmsk0sxe3DIdhoLor6XoTeruelEMuaaVMFzg

Аtmоsfеrа iflоslаnishining оqibаtlаri. 
Tаbiаt kоmpоnеntlаri 
– hаvо, suv, tuprоq, o‟simlik, hаyvоnlаr bir-birigа uzviy 
bоg‟liqligidаn, insоnning хo‟jаlik fаоliyati nаtijаsidа 
iflоslаngаn аtmоsfеrа, o‟z nаvbаtidа, tаbiаtning bоshqа 
kоmpоnеntlаrigа hаm tа‟sir etаdi. Buning nаtijаsidа suv vа 
tuprоqning tаbiiy hоlаtidа, kishi оrgаnizmidа, hаyvоn vа 
o‟simliklаr tаnаsidа sаlbiy o‟zgаrishlаr vujudgа kеlib
gеоgrаfik qоbiqdа glоbаl o‟zаrishlаr sоdir bo‟lаdi: 
 
а) Аtmоsfеrа iflоslаnishining iqlim elеmеntlаrigа tа‟siri.
b) Аtmоsfеrа iflоslаnishining inson оrgаnizmigа tа‟siri.
v) Аtmоsfеrа iflоslаnishining suv rеsurslаrigа tа‟siri.
g) Аtmоsfеrа iflоslаnishining o‟simlik vа hаyvоnlаrgа tа‟siri.
d) Аtmоsfеrа iflоslаnishining iqtisоdiy zаrаrlаri.


Karbonat angidrid gazi deyarli doimiy 
bo‟lib, faqatgina yirik shaharlarda uning 
miqdori ortiq bo‟lishi mumkin. Ma‟lumki, 
karbonat angidrid gazi yashil o‟simliklar 
uchun oziqlanishda muhim ahamiyatga ega. 
Azot elementi havoning tarkibida ko‟p 
miqdorda bo‟lishiga qaramay, uni 
organizmlar to‟g‟ridan-to‟g‟ri o‟zlashtira 
olmaydi. Organizmlar uni faqatgina birikma 
holdagina o‟zlashtirishi mumkin. Azot 
tugunak bakteriyalar, azotobakteriyalar, 
aktinomitsetlar va ko‟k-yashil suvo‟tlari 
uchun ozuqa manbai bo‟lib xizmat qiladi. 


3. Global isish muammosi. 
Ilk bor, 1896-yilda shved 
ximigi Arrenius: «Kо„mirni yoqish natijasida 
atmosferaga tashlanadigan karbonat angidrid global isishga 
olib keladi», degan farazni aytgan. 
Ma‟lumki, karbonat angidrid (CO2) zaharli emas, u 
о„simliklar uchun oziqa hisoblanadi. CO2 qisqa tо„lqinli 
quyosh nurlarini о„tkazadi, lekin Yerdan qaytarilgan uzun 
tо„lqinli issiqlik nurlanishini ushlab qoladi. Natijada, 
issiqxona effekti
vujudga keladi. 
XX asrning oxirgi 30 yilida olimlarga xlorftoruglerodlar 
(XFU), metan (CH4) va azot oksidi (N20) ham 
issiqxona 
effekti
ga olib kelishi ayon bо„ldi.


Issiqxona effekti
hosil qiluvchi gazlar emissiyasining asosiy 
antropogen manbalari xususida tо„xtalib о„taylik: 
Karbonat angidrid – energiya olish, transport va boshqa 
qazib olinadigan yoqilg„ini yoqishda ajralib chiqadi. 
Metan – qishloq xо„jaligi ishlab chiqarishida (chorvachilik, 
sholi о„stirish va boshqalar) va tabiiy gazni qazib olishda 
hamda iste‟molchiga yetkazib berishdagi yо„qotishlarda 
hosil bо„ladi.
Azot oksidi – energetik jarayonlarda va qishloq xо„jaligida 
о„g„itlar ishlatilganda ajralib chiqadi.
Ftoruglevodorodlar, deb ataluvchi sun‟iy kimyoviy 
moddalar va oltingugurt geksaftoridi (SF6) kabi uzoq 
yashovchi gazlar sanoat ishlab chiqarishi jarayonlarida 
ajralib chiqadi.


 


Iqlimning global о„zgarishi haroratning kо„tarilishidagina
aks etmay, balki quyidagi ayrim hodisalar soni va 
jadalligining ortishida ham ifodalanadi: jazirama issiq
kunlar, qurg„oqchilik, suv toshqinlari, haroratning keskin
kо„tarilishi yoki sovushi, sellar, kuchli shamollar. Iqlim 
isishining oqibatlari aholi sog„lig„iga bevosita va
bilvosita ta‟sir kо„rsatishi mumkin. 
 
Bevosita ta’sir
oqibatlariga suv toshqinlari, dovullar, 
tо„fonlar, bо„ronlar natijasida halokatga uchragan
odamlarni kiritish mumkin. Bundan tashqari, jazirama ob-
havo yurak qon-tomir kasalliklari, nafas olish organlari, 
nerv sistemasi, bо„yrak va boshqalardan kasallanishga
hamda о„limning ortishiga olib keladi.
 


Bilvosita ta’sir
 
oqibatlari natijasi yog„inlar va botqoqliklar 
maydonining ortishi bilan bog„liq. Bu – chivin
infektsiyasi, birinchi navbatda malyariya xavfining 
ortishiga olib keladi. Yuqori haroratli davrning
kattalashishi kanalarning faollashishiga va ular sababchi 
bо„ladigan yuqumli kasalliklarning о„sishiga olib keladi. 
Iqlim о„zgarishi muammosining muhimligi va uning salbiy 
oqibatlarini yumshatish bо„yicha shoshilinch choralar 
kо„rish lozimligini hisobga olib, О„zbekiston
Respublikasi 1993 - yilda Iqlim о„zgarishi haqida BMT 
ning Doiraviy Konventsiyasiga qо„shildi, 1998 - yilning 
noyabrida esa Kioto protokolini imzoladi. Kioto
protokoli 1999 - yilning 20 - avgustida О„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilindi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə