Atmosferaning tarkibi, tuzilishi va ahamiyati, havo



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#113907
1   2   3   4   5   6
R7OrZmsk0sxe3DIdhoLor6XoTeruelEMuaaVMFzg

Avtomobil transporti
havoning ifloslanishida katta о„rin 
egallaydi. Avtotransportdan chiqadigan gazlar tarkibida 
zararli moddalar mavjud. Atrof-muhitga is gazi 
(oltingugurt) va azot birikmalari bilan birga 3,4 - benzapiren
va qо„rg„oshin kabi kantserogen moddalar ham ajralib 
chiqadi. Ushbu chiqqan gazlar о„simlik, hayvonlar va 
odam salomatligiga salbiy ta‟sir etadi. Havoning
ifloslanishida transportlarning hissasi 60-65% ni tashkil 
etar ekan. Tranzit avtomobillarini halqa yо„li orqali 
harakatga keltirish, avtomobillarni ekologik toza bо„lgan 
gazokondensat, gaz yonilg„isiga о„tkazish hamda gaz va 
dudlarni о„lchaydigan asboblar, kuchli diagnostik 
laboratoriyalarning mavjudligi atmosfera havosining 
ifloslanishini oldini olishda muhim о„rin egallaydi. 


5. Radioaktiv ifloslanish
atmosferani ifloslaydigan eng 
xavfli manbalardan biri hisoblanadi. Bu esa inson
salomatligiga salbiy ta‟sir etib, ularning avlodlarida turli 
xildagi mutatsiyalarni keltirib chiqarishi bilan xavfli bо„ladi. 
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod 
bombalarini sinovdan о„tkazish bо„lsa, bundan tashqari, 
radioaktiv ifloslanish yadro qurollarini tayyorlash 
jarayonidagi elektrostantsiyalarning atom reaktorlari va
radioaktiv chiqindilaridan ham atmosferaga tarqaladi. 


Qirg„iziston va Tojikistondagi О„zbekiston chegaralariga yaqin 
joylardagi foydalanilayotgan ruda konlari radioaktiv va boshqa xavfli 
chiqindilarning transchegaraviy manbalari hisoblanadi. Qirg„iziston 
hududida avvalgi Moylisuv, Shakontar uran konlari, Sumsar 
qо„rg„oshin koni, Haydarkam simob-surmali flokrit koni, Qadamjon 
surma koni bor. Qayd etilgan obyektlarda balansdan tashqari rudalar 
chiqindilari saqlanadigan joy va yerlar radionuklidlar, zararlangan 
og„ir metallar, toshqin suvlar bilan yuvilmoqda va ular о„z navbatida, 
О„zbekiston Respublikasi hududlarini ham zararlashi mumkin.
Umuman olganda, atmosfera havosining ifloslanishi natijasida 
odamlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatining pasayishi, yо„tal, bosh 
aylanishi, ovoz boylamlarining siqilishi, о„pka, kо„z bilan bog„liq har 
xil kasalliklar, organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi 
kurashishning susayishi kabilar kelib chiqadi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə