Atom massa, molekulyar massani aniqlash usullari, allotopiya hodisasi



Yüklə 63,37 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü63,37 Kb.
#181053
1   2   3   4   5   6
ATOM MASSA, MOLEKULYAR MASSANI ANIQLASH USULLARI, ALLOTOPIYA HODISASI

Atom massasi. Atomlarning haqiqiy massalari 10-24 dan 10-22 grammgacha boʻladi. Bu qiymatlar juda kichik boʻlib, amalda ulardan foydalanib boʻlmaydi. Shu sababli atomlarning real massalari oʻrniga «nisbiy atom massa”si tushunchasi ishlatilib (A), uning oʻlchov birligi sifatida «uglerod birligi” (u. b) tushunchasi qabul qilingan.
Atomning uglerod birligiga nisbatan aniqlangan massasi atommassasi deyiladi. «Uglerod birligi” deb, uglerod atomining massasi 12 boʻlgan izotopi massasining 1/12 qismiga teng boʻlgan massa miqdoriga aytiladi. Bu tushunchaga asosan:
Nisbiy atom massa (A) = (Element bitta atomining massasi)\( 12C atom massasining1/12 qismi)
“Uglerod birligi” boʻyicha vodorod (H) atomining massasi 1,0078 u. b. ga teng boʻlib, bu qiymatning ma’nosi 1 ta H atomining massasi uglerod atomi massasining 1/12 qismiga nisbatan 1,0078 marta katta demakdir. Shuningdek, kislorod (16O) atomining massasi 15,994 = 16 marta ogʻir, degan ma’noni anglatadi.
12C atomi ogʻirligining 1/12 qismi massaning atom birligi ham deyiladi va m.a. b koʻrinishida belgilanadi. Uning haqiqiy son qiymati 1 (1,66056550,0000086)10-27 g. = m.a. b.
Masalan, temir atomi massasi 56 u.b.ga teng deganda, butemir atomi 12C atomi massasining 1/12 qismidan 56 martaogʻirligini bildiradi.
Har qanday elementning nisbiy atom massasi deb, son jihatdan uning atom massasiga teng boʻlib, uglerod birliklarida ifodalangan ogʻirligiga aytiladi. Elementlarning nisbiy atom massalari qiymati davriy jadvalda berilgan boʻlib, bu qiymatlardan barcha kimyoviy hisob- lashlarda foydalaniladi. Masalan: Ar(Fe)=55,847 m.a.b.: Ar(Cl) = 35,453 m.a.b. va hokazo.
Nisbiy atom massa — element atomi massasini ¹²C (uglerod-12) atomi massasining 1/12 qismidan necha marta ogʻirligini ko’rsatuvchi kattalik.
Hozirgi vaqtda elementlarning nisbiy atom massalarini aniqlashda mass-spektroskopiya usuli qoʻllanilib, “standart” sifatida ¹²C atomining massasidan foydalaniladi.

Yüklə 63,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə