Atom massa, molekulyar massani aniqlash usullari, allotopiya hodisasi


Molekula — muayyan moddaning kimyoviy tarkibi, tuzilishi — va xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha



Yüklə 63,37 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü63,37 Kb.
#181053
1   2   3   4   5   6
ATOM MASSA, MOLEKULYAR MASSANI ANIQLASH USULLARI, ALLOTOPIYA HODISASI

Molekula — muayyan moddaning kimyoviy tarkibi, tuzilishi — va xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha. Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi.
Atom — kimyoviy elementning barcha xossalarini o’zida namo- yon etuvchi oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga ki- ruvchi eng kichik zarracha. Atomning kimyoviy xossalari uning tuzili- shiga bogʻliq.
Hozirgi kunda atomga quyidagicha ta’rif beriladi:
Atom musbat zaryadlangan yadro bilan uning atrofida harakatlanuvchi manfiy zaryadli bir yoki bir necha elektronlardan tarkib topgan elektroneytral zarracha.
Kimyoviy moddalar molekulyar va nomolekulyar tuzilishga ega boʻladi. Molekulyar tuzilishga ega boʻlgan moddalar molekulalardan iborat, masalan: uglerod (IV)-oksid va suv. Nomolekulyar tuzilishga ega boʻlgan moddalar esa bir-biri bilan kimyoviy bogʻlangan zarrachalar (atom, ion) lardan tarkib topgan boʻladi. Masalan, olmoskremniy, oksidlar, tuzlar.
Molekulyar tuzilishli moddalarda molekulalar orasidagi bog’lanish (oʻzaro ta’sir) atomlar va ionlar orasidagiga nisbatan ancha boʻshroq boʻladi. Shu sababli, bunday moddalarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari pastroq boʻladi. Nomolekulyar tuzilishli moddalarda esa zarrachalar orasidagi kimyoviy bog’lanish kuchli boʻladi. Shuning uchun bu moddalarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari nisbatan yuqoriroq boʻladi.
Kimyoviy element — yadrosining musbat zaryadlari soni bir xil boʻlgan atomlar turi. Atomlar yadrosidagi musbat zaryad elementning D. I. Mendeleyev davriy jadvalidagi tartib raqamiga tengdir. Har xil elementlarda atom yadrosining musbat zaryadi har xil boʻladi.
Kimyoviy elementlar yer qobig’ida juda notekis tarqalgan. Yer qobig’ining yuqori qismida elementlar taxminan quyidagicha tarqalgan: yer qobig’i massasining 47% ini kislorod, 29,5% ini kremniy, 8,05% ini alyuminiy, 4,65% ini temir, 3,3% ini kalsiy, 2,5% ini natriy, 2,5% ini kaliy, 1,87% ini magniy, 0,15% ini vodorod tashkil etadi. Yer qobig’ida elementlarning tarqalishini oʻrganuvchi fan geokimyo yoki yer kimyosi deb ataladi.
Yuqorida keltirilgan elementlar yer qobig’ining 99,52% ini, va qolgan barcha elementlar 0,48% ni tashkil etadi. D. I. Mendeleyev aniqla- shicha, tabiatda atom ogʻirligi kichik boʻlgan elementlar koʻp tarqalgan, organizmlarda ham yengil elementlar (vodorod, uglerod, azot, kislorod) ko’p miqdorda boʻladi.

Yüklə 63,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə