Auditorlik hisoboti


Moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya qilish



Yüklə 241,5 Kb.
səhifə14/16
tarix28.05.2023
ölçüsü241,5 Kb.
#113642
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3xisobot

Moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya qilish
Korporativ huquqqa rioya qilishning asosiy tamoyillarini tanlab tekshirishda sezilarli qoidabuzarliklar aniqlanmagan.
"Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy asoslari to'g'risida" gi qonunning 21-bandiga muvofiq, yurist imzosisiz shartnomalar tuzishga yo'l qo'yilmaydi. 2021 yilning 3 choragi uchun barcha shartnomalar tegishli bo'limlarning kelishuv varaqasiga ega.
"Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini o'tkazish qoidalari " (17.12.1998 yildagi № 565-sonli O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi), pul mablag'larini hisobga olish tartibini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga umuman rioya etiladi. O`ztemiryo`lyo`lovchi AJ taminot bo`limi tomonidan chorak davomida shartnomalar davlat haridlari to`grisidagi qonun asosida uzex portallari orqali tuzilgan.


Aktivlarni saqlash
Mol-mulkning, moddiy boyliklar va pullarning haqiqiy holatini aniqlash, mulkning haqiqiy mavjudligini korxonaning mol-mulki xavfsizligini hisobga olish va nazorat qilish ma'lumotlari bilan taqqoslash va 19-sonli "inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish" buxgalteriya milliy standartiga muvofiq korxonada yiliga bir marta mol-mulk inventarizatsiya qilinadi. 2021 yil uchun mol-mulkni inventarizatsiya qilish uchun ichki buyruq chiqarilgan va maxsus ishchi inventarizatsiya komissiyasi tuzilgan. Inventarizatsiya ro'yxati tuzilgan, ularda mulkning haqiqiy mavjudligi aks ettirilgan va komissiya a'zolari hamda moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolangan. Inventarizatsiya natijalariga ko'ra protokol tuzilgan.
Ichki nazorat holati
Har qanday korxonada ichki nazorat tizimi tashkilot rahbariyati tomonidan nazorat va tekshirishni o'z ichiga olgan iqtisodiy faoliyatni muntazam va samarali amalga oshirish uchun qabul qilingan tashkiliy chora-tadbirlar, texnikalar va protseduralar to'plami bo'lishi kerak:
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi;
buxgalteriya hujjatlarining aniqligi va to'liqligi;
moliyaviy hisobotlarni o'z vaqtida tayyorlash;
xatolar va buzilishlarning oldini olish;
buyruq va farmoyishlar ijrosi;
aktivlar xavfsizligini ta'minlash;

Yüklə 241,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə