Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/80
tarix24.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#159205
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
УМК-DMK-uz-2022

TESTLARDAN
 
NAMUNALAR
 ..........................................................................................................................96
 
 


 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR 
UNIVERSITETI 
 “AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARISH” KAFEDRASI 
 
 
 
«
Dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlar » 
Fanidan 
MA’RUZALAR MATNI 
NAVOIY – 2023


O'QUV MATERIALLARI
MA’RUZALAR MATNI 
1-Ma’ruza. 
 
Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi:
Talabalarni dars mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li 
bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu 
mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish 
Ma'ruzaning maqsadi:jamoalar bilan ishlashning eng oddiy ko'nikmalarini olish.Bedford Associates (Bedford, MA) 
AQSHning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarga “MODICON” deb nomlanuvchi mikrokompyuterli boshqaruv panelini taklif 
qildi. Boshqa kompaniyalar PDP-8 ga asoslangan, kompyuter asosidagi sxemalarni taklif etishdi. “MODICON 084” esa birinchi 
bo‘lib PLC ni tijorat mahsulotiga aylantirdi. 
Mahsulot talablari o‘zgargani sayin boshqaruv tizimi ham o‘zgarib bordi. Tizimdagi o‘zgarishlar tezlashgani sababli 
sarflar ham ko‘payib bordi. Shu tariqa rele tizimlari mexanik topilma (ijod namunasi) bo‘lgani uchun cheklangan vaqt 
mobaynida muayyan jadvalda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajara olar edi. Muammoga sabab bo‘luvchi bu kashfiyot bir 
muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi, ayniqsa juda ko‘p relelar bunga bevosita aloqador bo‘lgan vaqtda. Bir lahza 
ko‘plab, ehtimolki, yuzlab, minglab individual rele tizimlarini o‘z ichiga oluvchi mashina boshqaruv panelini tasavvur qilib 
ko‘raylik. Bu kabi relelar bir-biriga o`z`aro shunday bog`lanadiki, oqibatda ko‘zda tutilgan natijaga erishilardi. Bu borada ishlab 
chiqarish jarayonidagi avtomatlashtirihgan himoya tizimlarini (Manufactured Automation Protect systems) standartlashtirishga 
ehtiyoj sezildi. Bu, shuningdek, PLC o`lchamini o`zgartirish va ularni turg`un dasturlash terminallari yoki qo`l mehnatiga 
asoslangan dasturlovchi o`rniga shahsiy kompyuterlarda grafik dastur tuzish orqali odatiy dasturlar tuzishga aylantirish uchun 
ham ayni fursat edi. Bugungi kunda dunyodagi eng kichkina PLC birgina control relesi hajmicha keladi! 
Dasturli boshqaruv tizimlari kashf etilganidan so‘ng, 
boshqaruv tizimi jarayoni ko‘rinishlarida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. 
Ko‘plab yutuqlarga erishildi. Dasturli-mantiqiy boshqaruv 
kontrollerlarining bir qancha yutuqlari sifatida quyidagilarni sanab 
o‘tish mumkin: 
1. Shartli boshqaruv tizimi jarayoniga nisbatan ulash uchun 
simlar soni 80 % ga kamaydi; 
2. Sarf sezilarli darajada kamaydi, chunki dasturlimantiqiy 
bosharuv relelarga nisbatan ancha kam sarf talab etadi; 
3. Dasturli-mantiqiy boshqaruv kontrollerlarining diagnostik 
funksiyalari xatoni tez va oson toppish imkonini beradi;
4. Dasturli-mantiqiy boshqaruv kontrollerlari dasturini yoki ketma-ketlik boshqaruvini boshqa 
jarayon boshqaruviga o‘tkazish, kompyuter dasturidan foydalanish yoki dasturni konsol orqali joylashtirish 
bilan amalga oshiradi. 
5. Zahira qismlarning ham ishlatilishi;
6. Shartli tizimga nisbatan ancha arzonligi, ayniqsa, kirish-chiqish qurilmalarning ko‘p ishlatilishida 
va operativ vazifalar ko‘p bo‘lganda; 
7. Elektro-mexanik relelar va taymerlarga nisbatan dasturli-mantiqiy boshaqaruv ishonchliligi va 
sifatni yuqori darajada bo‘lishi; 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə