Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/80
tarix24.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#159205
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
УМК-DMK-uz-2022

PLC nima
PLC – bu, sanoat muhitiga maxsus moslashtirilgan har xil qurilma va dasturlardan tashkil topgan 
sanoat mikrokontroller tizimidir.
PLC (Programmable Logic Controller – Dasturli mantiqiy bosharuv 
qurilmasi) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida zarur bo‘lgan ketma-ket keluvchi elektr zanjirlarining 
o‘rnini almashtirish uchun kashf etilgan qurilmadir. PLC kirish va chiqish signallariga va ularning holatiga, 
ya’ni ularning o‘chgan/yonganligiga mos ravishda ishlaydi. Foydalanuvchi istagan natijalariga erishishi 
uchun, maxsus dastur yordamida dastur tuzadi va uni kompyuterga kiritadi.PLC lar hozirgi kunda ko‘plab 
ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanilmoqda. Agar hozirda ishlab chiqarish bo‘lsa va uning 
imkoniyatlari yaxshi bo‘lsa, demakki u yerda PLC bor. Agar siz ishlab chiqarish jarayoniga, ya’ni 
qadoqlash tizimi, avtomatlashtirilgan mashinalarga yoki sanoatning boshqa sohalariga jalb etilgan 
bo‘lsangiz, sizni undan foydalanishingiz ehtimoldan holi emas. Agar ishlab chiqarishga jalb etilgansizu, 
biroq u yerda PLC dan foydalanilmayotgan bo‘linsa, demakki o‘sha korxona mablag’ini va vaqtini 
yo‘qotyapti. Deyarli barcha jarayon ma’lum bir darajada elektr boshqaruviga ehtiyoj sezadi. Bu vazifani 
oson va kundalik tarzda bajarish imkoniyatini bizga PLC beradi. Tasavvur qilib ko‘raylik, misol uchun 


bizga vkyuchatelni yoqqanimizda, klapan (solenoid) ochilishi va vklyuchatelni qancha vaqt yoniq 
turishidan qat’iy nazar 5 sekunddan so‘ng yopilishi kerak. Albatta biz bu muammoni oddiygina tashqi 
taymer bilan hal etishimiz mumkin. Ammo jarayonda o‘nlab vklyuchatel va klapanlar ishtirok etsachi? Biz 
o‘nlab tashqi taymerlarga ehtiyoj sezamiz. Agarda jarayonning davomiyligi uchun vklyuchatellarning 
necha marta yonib o‘chganligi zarur bo‘lsachi? Bizga juda ko‘p hisoblagichlar (
eng.
-“counters”) kerak 
bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek agarda jarayon kattaroq bo‘lsa, uni elektron boshqarish imkoniyati 
chegaralanib oladi. Bu holda biz dasturli mantiqiy boshqaruvdan foydalanamiz. Biz oddiygina kerakli 
vaqtda klapanlarning ochilishini va ularning sonini hamda kirish signallarini hisoblab turuvchi va nazorat 
qiluvchi dasturlimantiqiy boshqaruv dasturini tuzamiz. Bu holat shuni anglatadiki, biz PLC yordamida 
hajm jihatdan katta, murakkab va mukammal tarzda dastur tuzishimiz hamda uni amaliyotga tadbiq etish 
imkoniga egamiz.
Dasturli mantiqiy boshqaruv kontrollerlari avtomtlashtirilgan mashina hamda jarayonlarni 
boshqarishga mo‘ljallangan qurilmalardir. PLC shaxsiy kompyuterlar bilan ayrim jihatlardan o‘xshashdir. 
Masalan, markaziy Xotira qurilmasi, operativ Xotira qurilmasi, dasturlar va qismlararo bog’likliklar. 
Shaxsiy kompyuterlarga o‘xshamagan holda, PLC lar ishlab chiqarish muhitiga moslashgan, tashqi dunyo 
bilan kirish hamda chiqish modullari bilan bog’langan holda bir necha komponenetlarni o‘z ishiga oladi. 
PLC asosan uch o‘zak qismlarga bo‘linadi. 
ƒ Elektr manbai qurilmasi va modullar joylashgan qurilma (PS and rack) 
ƒ Markaziy Xotira qurilmasi (CPU) 
ƒ Kirish-chiqish modullari seksiyasi (I/O section) 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə