Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

13.4 –rasm.
Maxsus
diagnostikalash
ustaxonasi


88
Zamonaviy transport vositasida ichiga o‘rnatilgan diagnostikalash tizimining
markazi – bort kompyuteri (elektron boshqaruv bloki) hisoblanadi. U diagnostik
axborotni dasturlar bo‘yicha taqsimlaydi, ular esa, o‘z navbatida, nosozlik tavsiflari va
turlarini aniqlaydi, detal va agregatlar resurslari sarfini hisoblaydi, keyinroq texnik
diagnostikalash tashqi vositalari tomonidan foydalanish uchun saqlaydi va texnik
ta’sirlarni rejalashtirish uchun ishlov beradi.
Detal va uzellar resursini hisoblash transport vositasini buzilishlarsiz
ekspluatatsiya qilish imkonini beradi. Yetilib kelayotgan buzilishlar oldindan aniqlansa,
ekspluatatsiyani to‘xtatish, u yoki bu texnik ta’sirlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul
qilish imkoni yaratiladi.
Ichiga o‘rnatilgan vositalar bilan diagnostikalash insonni nafaqat diagnoz olish
jarayonidan, balki undan keyin foydalanish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqishdan
ham ozod etishi mumkin, chunki mikroprotsessor texnikasi vositalari yordamida
diagnostikalash natijalariga ishlov berish, mazkur transport vositasining keyingi
ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqish va profilaktik texnik xizmat
o‘tkazishning ma’qul muddatlarini aniqlash imkoni bor.
Zamonaviy kommunikatsiya aloqalari vositalari holati nafaqat haydovchiga, balki
transport korxona menejeriga ham xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlashni rejalashtirish va
tashkil etish bo‘yicha real vaqt tartibotida qaror qabul qilish uchun transport vositasi
texnik holati to‘g‘risida axborot uzatish imkonini beradi.
Doimiy o‘rnatilgan diagnostika vositalariga moslashganlikni ta’minlash bo‘yicha
transport vositalariga ma’lum talablar qo‘yiladi. Transport vositasi konstruktsiyasiga
o‘rnatilgan diagnostika vositalari uning korxonaga kelmasdan avval texnik holati
to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish imkonini beradi, ya’ni transport vositalarini soz, texnik
xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash talab qiluvchi guruhlarga bo‘linishini ta’minlaydi.
Transport vositasining nazoratga qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida uning agregat
va mexanizmlariga quyidagilar o‘rnatiladi:
1) datchiklar;
2) axborotni markazlashtirgan holda olish moslamalari;
3) nosozlik indikatorlari;
13.5-rasm.
O‘lchov asboblar paneli


89
4) kompyuter (texnik holat to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish uchun).
Konstruktiyaga o‘rnatilgan murakkab diagnostika vositalari haydovchiga tormoz
tizimining holati, yonilg‘i sarfi, ishlatilgan gazlarning zaharliligi ustidan doimiy nazorat
qilish imkonini beradi.
B. Doimiy o‘rnatilgan TDV yordamida haydovchi tormoz tizimi, uzatma va
mexanizm elementlarining ishlashi, yonilg‘i sarfi, zaharli chiqindi gazlar miqdorini
nazorat qilib borishi mumkin. Lekin bu qurilmalarning ishonchliligi chegaralanganligi
sababli, ko‘proq

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə