Avtomobil transporti muxandisligi


Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

1.2 Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari
Ishonchlilik muammosining falsafiy jihati ikki savolga javob berishni talab etadi:
1. Vaqt o‘tishi bilan transport vositasining dastlabki xarakteristikalarini yo‘qotishi
majburiy jarayonmi?
2. Uslubiyat nuqtayi nazaridan qaraganda ishonchlilik muammosini qanday
falsafiy tushuncha va qonuniyatlar belgilaydi?
Transport vositasi atrof-muhit, inson, Ob’ekt va hokazolar bilan o‘zaro ta’sirda
bo‘ladi. Bunda har xil sabab va oqibat bog‘lanishlari yuzaga keladi. Transport
vositasiga ta’sir etuvchi omillar sonining ko‘payishi uning sifat ko‘rsatkichlarini
tadrijiy (evolutsion) o‘zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat
holatiga olib keladi. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida transport vositasida
kechayotgan o‘zgarishlar, falsafa nuqtayi nazaridan, hamma moddiy Ob’ektlarning
eng muhim sifati – harakatning qonuniy namoyon bo‘lishidir, chunki tabiatda
o‘zgarmaydigan hech narsa yo‘q. Noxush o‘zgarishlarni sekinlatish mumkin, lekin
ularni butunlay yo‘q qilish mumkin emas.
Shuning uchun quyidagilarni o‘rganish maqsadga muvofiq:
– transport vositasiga o‘tkaziladigan zarar ta’sirlar manbayi va sabablari;
– transport vositasining ishlash qobiliyatini pasaytiruvchi omillar (jarayonlar)ning
fizik mohiyati;
– transport vositasining har xil ta’sirlarga qarshi aks ta’siri;
– yuqorida keltirilgan omillar asosida kerakli vaqt davomida berilgan vazifalarni
bajara oladigan tizimlarni yaratish.
Buyumning ishonchliligi uning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biridir.
Falsafa nuqtayi nazaridan olib qaralganda sifat – bu Ob’ektning o‘ziga xosligi va
boshqa Ob’ekt va hodisalardan farqini ifodalovchi belgilar majmui. Sifat – buyum
(transport vositasi) o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilganda, uning yaroqlilik darajasini
belgilovchi xususiyatlar majmui.
Vaqt davomida sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini o‘rganuvchi ishonchlilikni "sifat
dinamikasi" deyish mumkin.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə