Avtomobil transporti muxandisligi


ishlash davomiyligi (narabotka)



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

ishlash davomiyligi (narabotka)
soatlar yoki bosib
o‘tilgan yo‘l yordamida o‘lchanadi. Transport vositasining oxirgi texnik holati
qiymatigacha yurgan yo‘li yoki ishlagan soatlari miqdori uning
resursi
deb ataladi.
Transport vositasi texnik holatini aniq belgilash va buzilishsiz ishlash resursini
oldindan aytib berish uchun uning har birini alohida tekshirish kerak. Avtokorxona
sharoitlarida agregat va mexanizmlarni yechmasdan tekshirish maqsadga muvofiq.
Bunday tekshirish texnik diagnostikalash deyiladi.
Transport vositasining
ishlash qobiliyati
– bu uning belgilangan parametrlar
miqdorlarini me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan chegaralarda saqlagan holda o‘z
vazifalarini bajarishi.
2.2 Buzilish va nosozlik
Transport vositalari texnik ekspluatatsiyasida TXK, ta’mirlash, ehtiyot qismlar,
boshqa ekspluatatsion materiallarni me’yorlash va ishlarni tashkil etishda buzilish
hamda nosozlik tushunchalarini bilish zarur.
Buzilish
deganda transport vositasi (agregat, uzel yoki tizim) ishlash
qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi tushuniladi. Buzilish ro‘y berganda
transport vositasi o‘z vazifasini me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan parametrlar
talablari darajasida bajara olmaydi, ya’ni transport jarayoni to‘xtaydi.
Nosozlik
deganda transport vositasi (agregat, uzel yoki tizim)ning texnik holatini
xarakterlovchi parametrlardan loaqal bittasining ruxsat etilgan chegaradan chetga
chiqishi tushuniladi, ya’ni bu holda u ishlashni davom ettirishi mumkin, lekin o‘z
vaqtida nosozlik bartaraf etilmasa, ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoj oshib ketadi.
Texnik tizimlarning (transport vositalarining) buzilish sabablari [6]:
- loyihalashdagi hatoliklar;


10
- ishlab chiqarish texnologiyasini buzilishi va sifat nazoratini yo`qligi;
- nostandart qismlar (butlovchi detal va birikmalar);
- ortiqcha yuklamalardan himoya qilinmasligi;
- sifatsiz xizmat ko`rsatish;
- eskirish, eyilish;
- insoniy hatoliklar va h.k.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə