Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

1. Quruq ishqalanish.
Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari bir-biri bilan bevosita
tutashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida moy bo‘lmaydi (masalan, transport
vositasi g‘ildiraklarining tormoz ustqo‘ymalari bilan barabanlari orasidagi
ishqalanish). Quruq ishqalanishda ishqalanish kuchi tutashayotgan detallar
mikronotekisliklarining bir-biriga tegishidagi qarshiliklar va unda paydo bo‘ladigan
molekular ilashuv natijasida sodir bo‘ladi. Molekular ilashuvlar esa notekisliklar
kontaktlarida juda katta solishtirma bosimlarning vujudga kelishi natijasida paydo
bo‘ladi.
2. Suyuq ishqalanish –
ichki ishqalanish yoki gidrodinamik ishqalanish deb ham
ataladi.
Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari orasidagi moy qatlami sirtning
mikronotekisliklarini ko‘mib ketadi va natijada ishqalanish faqat molekulalarning
moy qatlamidagi harakatidan paydo bo‘ladi. Bu tur ishqalanishda ishqalanish kuchi
moyning ichki qarshiligi hisobiga sodir bo‘ladi. Suyuq ishqalanish tirsakli val
podshipnigida ishlash rejimining turg‘unligi sharoitida kuzatiladi.
3. Chegaraviy ishqalanish.
Bu tur ishqalanish yuqori solishtirma yuklama
sharoitlarida faqat shu detallar sirtiga shimilgan moy molekulalari qatlamlari bilan
chegaralangan paytda sodir bo‘ladi. Masalan, orqa ko‘prik bosh uzatmasi tishli
g‘ildiraklari ilashuvi, zo‘ldirli podshipniklar va h. k..
Buyumlarning ko‘pgina birikmalari yetarli moylanmasa,
aralash ishqalanish
vujudga keladi, ya’ni ishqalanish sirt qismlarida uch xil turdagi ishqalanish paydo
bo‘ladi (3.1-rasm. e). Ob’ektning ishqalanayotgan sirt qismlari orasidagi moy qatlami
sirtning mikronotekisliklarini ko‘mib ketishi natijada suyuq ishqalanish, sirtiga
shimilgan moy molekulalari qatlamlari yupqa parda tashkil etgan sirtlarning
qismlarida esa chegaraviy ishqalanish paydo bo‘ladi. Ob’ektning ishqalanayotgan sirt
qismlarida bir-biri bilan bevosita tutashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish natijasida quruq
ishqalanish sodir bo‘ladi. Aynan shu sirt qismlarida yeyilish jadalligi oshadi.
Mexanik va kimyoviy jarayonlar natijasida ishqalanish sirtlarida mis bilan
boyitilgan yumshoq va yupqa qatlam juda kuchsiz ishqalanishni ta’minlaydi va
ishqalanish sirti bo‘yicha bosimlarni bir tekisda taqsimlaydi (misol: uy sovutgichi
kompressori).


16

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə