Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

2.3 Buzilishlar tasnifi
Transport vositasi va agregatlarning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini
hisoblash, ularni tahlil qilish va texnik ekspluatatsiya uchun tadbirlar ishlab chiqishda
har doim buzilishlar tasnifi o‘tkaziladi. Buzilishlar quyidagicha tasniflanadi:
1. Transport vositasining ishlash qobiliyatiga ta’sir etishi bo‘yicha:

element (agregat, mexanizm yoki tizim)lardan birining buzilishi
transport
vositasining nosozligini bildiradi;
– transport vositasining ishlash qobiliyatining butunlay yo‘qotishiga
olib keladi
va u o‘z funksiyasini bajara olmaydi.
2. Buzilishlarning kelib chiqish manbayi bo‘yicha:
– konstruktiv buzilishlar
transport vositasini loyihalash va modellashtirish
davrlarida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar natijasida vujudga keladi. Bunday buzilishlar,
asosan, transport vositasining kafolat davrida aniqlanadi;
– texnologik buzilishlar
quyidagilar ta’sirida vujudga keladi: texnik shartlarning
asossizligi; texnologik jarayonning ishonchsizligi; texnologik nuqsonlarning uchrashi
va boshqalar. Bunday buzilishlar transport vositasining kafolat davri ichida,
moslashuv jarayonida namoyon bo‘ladi;
– ekspluatatsion buzilishlar
– bu turdagi buzilishlar ekspluatatsiya davrida
elementlarning ishlash muddati chegaraviy holatga yetganda yoki transport
vositasidan foydalanish vaqtida texnik hujjatlarda keltirilgan tartibotlarga rioya
etmaslik natijasida vujudga keladi;
– tabiiy buzilish
– bu transport vositasini loyihalash, konstruktsiyalash,
ekspluatatsiyasi bo‘yicha belgilangan qoida, me’yorlarga rioya qilinganida tabiiy
eskirish, yeyilish, zanglash va charchash jarayonlari natijasida vujudga keladigan
buzilish.
3. Boshqa elementlar buzilishiga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə