Avtomobil transporti muxandisligi


Ishlatilgan ekspluatatsion materiallarning fizik-kimyoviy tarkibi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

 Ishlatilgan ekspluatatsion materiallarning fizik-kimyoviy tarkibi.
Moy tarkibi
bo‘yicha diagnostikalash usulidan dvigatel va transmissiya detallari yeyilish jadalligi,
filtrlash tizimining sozligini aniqlashda foydalaniladi. Parametrlar moy namunalarini
tahlil etishda va moydagi yeyilganlik mahsulotlarini aniqlashda o‘lchanadi. Moy
namunasi tahlili bo‘yicha ko‘p miqdorli tuzilmaviy parametrlarning o‘zgarishi


86
yeyilganlik mahsulotlari to‘yinganligining o‘sishi, ma’lum yo‘l yurilganidan keyin sodir
bo‘ladigan falokatdan darak beradi.
Birinchi usul bo‘yicha transport vositasining umumiy ishlash qobiliyati va
ekspluatatsion xususiyatlari baholansa, ikkinchi va uchinchi usullar orqali
nosozliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Shuning uchun transport vositalari
bo‘yicha, birinchi navbatda, umumiy diagnostika o‘tkaziladi, undan keyin ularning
texnik holati aniqlanadi.
13.4 Texnik dignostikalash vositalari va ularga qo‘yiladigan talablar
Texnik diagnostikalash vositalari (TDV) diagnostik parametrlarni o‘lchash uchun
mo‘ljallangan texnik stend, moslama va qurilmalardan iborat. Ular test rejimi beruvchi,
diagnostik parametrlarga ishlov berishni oson qiluvchi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri axborotni
qabul qiluvchi datchiklar, o‘lchov moslamalari va natijalarni aks ettiruvchi moslamalar
(milli, raqam ko‘rsatuvchi asboblar, ossillograf ekrani va h.k) dan tashkil topgan.
Texnik diagnostikalash vositalari tashqi, doimiy o‘rnatilgan va transport vositalariga
vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan bo‘lishi mumkin, ularning tasnifi 13.3-rasmda
keltirilgan.
A)
Tashqi
texnik diagnostikalash vositalari tarkibiga qo‘zg‘almas stendlar va
ko‘chma asboblar kiradi:
qo‘zg‘almas stendlar
– asosan maxsus xona ichida poydevor (fundament) ga
o‘rnatilgan bo‘ladi; xona chiqindi gazlarni tashqariga chiqarish va shovqin to‘sish
jihozlari bilan ta’minlanadi (13.4-rasm);

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə