Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

13.2 Diagnostik datchiklar
Ob’ektlarning nazorat qilinadigan miqdorlari (bosim, harorat, chastota, tezlik,
yorug‘lik kuchi, kuchlanish, elektr toki va boshqalar)ni o‘lchash, uzatish, saqlash, qayd
etish va boshqariladigan jarayonlarga ta’sir etish uchun qulay, lekin kuzatuvchining
bevosita hissiyotiga bo‘ysinmaydigan signalga aylantiruvchi moslama datchik deb
ataladi. Uning yordamida olingan axborotga o‘lchov asbobiga borish yo‘lida ishlov
beriladi, ya’ni signal kuchaytiriladi, unga xalaqit beruvchi shovqinlar yo‘q qilinadi,
tahlil etiladi hamda miqdori va fazasi bo‘yicha tozalanadi.
Datchiklar quyidagi turlarga bo‘linadi (13.2-rasm):
Tezkor kontaktli diagnostik datchiklar.
Ular tarkibiga ustiga transport vositasi
qo‘yiladigan yoki ularni transport vositasi bosib o‘tadigan hamma stendlardagi
datchiklar kiradi. Bu stendlarda ostsillograf shkalali asboblar bilan almashtirilgan.
Kontaktsiz diagnostik datchiklar.
Ular diagnostika qilinayotgan Ob’ekt bilan
mexanik kontaktda emas. Kontakt yorug‘lik nuri, magnit yoki issiqlik maydoni
yordamida amalga oshiriladi.
Stroboskoplar.
Stroboskopik samaradan transport vositasining aylanma yoki
to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatladigan 30 elementidan kam bo‘lmagan hollarda
foydalanish mumkin.
Transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan diagnostik datchiklar.
Ular agregat va
mexanizmlarga o‘rnatiladi, diagnostikalash jarayonlarini tezlashtiradi va avtomatik
diagnostikalash tizimining elementlari bo‘lib xizmat qiladi. O‘rnatilgan datchiklar
harorat, bosim, kuchlanish, tormoz suyuqligi, yonilg‘i va moy sathidan tashqari ayrim
uzellarning yeyilish darajasi haqida ham axborot beradi. Masalan, dumalash
podshipniklaridagi yeyilishlar ularning halqalariga yopishtirilgan tenzodatchiklar
yordamida aniqlanadi.
Datchiklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
-
o‘lchovlarning haqqoniyligi (aniqlik, qayta o‘lchash imkoniyati, sezgirligi);
-
ishonchliligi (buzilishsiz ishlash, chidamlilik, ta’mirlashga moyillik,
saqlanuvchanlik);
-
texnologik ishlarga moyilligi (diagnostika jarayonlarining murakkabligi, ish
hajmi, universalligi);
-
tejamliligi (bahosi, ekspluatatsiya sarflari, qo‘llashdan olinadigan
samaradorlik).


84

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə