14.4 Rul boshqaruvini diagnostikalash Rul boshqarmasi transport vositasining harakat xavfsizligini ta’minlovchi
tizimlardan biridir. Shuning uchun uning texnik holatini diagnostikalash kundalik,
birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida o‘tkaziladi.
Rul boshqarmasi bo‘yicha vujudga keladigan ayrim buzilish va nosozliklarga mos
diagnostik tashqi belgilar va parametrlar 14.1-jadvalda keltirilgan.
14.1-jadval
Rul boshqarmasi bo‘yicha ayrim diagnostik ko‘rsatkichlar
T/r Buzilish va nosozliklar Tashqi belgilar Diagnostik parametrlar 1.
Rul chambaragi erkin
yo‘lining oshishi (chervyak-
vtulka juftligining yeyilishi)
Rul chambaragi luftining
oshishi
Luft
2.
Rul chambaragining qiyin
aylanishi
Rul chambaragining qiyin
aylanishi
Aylantirish
kuchi
3.
Rul kolonkasining
ko‘ndalang siljishi
(podshipniklarning yeyilishi)
Rul kolonkasining diagnost
o‘q bo‘yicha siljishi
(podshipniklarning yeyilishi)
Tirqish
Rul chambaragidagi luft qiymatlari quyidagicha me’yorlanadi: yengil
avtomobillar uchun 10
0
gacha, avtobuslar uchun 20
0
gacha va yuk avtomobillari uchun
25
0
gacha.
Rul chambaragi bir maromda va siltanmasdan burilishi kerak. Rul boshqarmasini
nazoratlash uchun lyuft o`lchagich hamda aylanadigan maydonchali stendlar ishlatiladi.
Avtotransport korxonalarida rul boshqarmasining to`liq lyutini aniqlash uchun
ИСЛ
-M
moslamasi keng qo`llaniladi (14.5-rasm). Qurilma avtoulovlar, yuk mashinalari,
avtobuslarning boshqarilishini to`liq o`lchash uchun mo`ljallangan.
Qurilma ikki qismdan iborat, uning bir qismi rulga, ikkinchisi oldingi boshqaruv
g`ildiragiga o`rnatiladi va rulni burilish burchagini aniqlaydi. Ushbu pozisiyada rul va
g`ildiraklar to`g`ri chiziqli harakatda bo`lgani kabi o`rnatiladi. Agar transport vositalari
rul kuchaytirgachlari bilan jihozlangan bo`lsa, dvigatel ishlayotganda o`lchovlar olinadi.
97
Olingan o`lchov ma’lumotlari GOST ma’lumotlari va transport vositasining pasport
ma’lumotlari bilan taqqoslanadi (agar ko`rsatilgan bo`lsa).
14.5-rasm. -
Рул бошқармасининг люфтлар йиғиндисини аниқловчи ИСЛ-М
қурилмаси