93
Maydonchali inersion tormoz stendi:
Maydonchali inerstion tormoz stendida
(14.2-rasm) transport vositasining tezligi 6–12 km
/
soatga yetkazilib, so‘ng
maydonchaning ustida birdan tormoz beriladi va tormozlanish yo‘li aniqlanadi.
Bu stend tormoz tizimining ekspress-diagnostikasida ishlatiladi.
Ekspress-
diagnostikalash oldindan belgilangan vaqt ichida parametrlarning cheklangan soni
bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tormoz tizimini stendlarda sinash
Maydonchali stendda
Rolik (baraban)li stendda
Energiya
mexanizmli
Kuch mexanizmli
14.1-rasm.
Tormoz tizimini diagnostikalsh usullari
14.2-rasm.
Maydonchali tormoz
stendining shartli tasviri
1- maydonchalar; 2- datchik; 3- roliklar; 4- transport vositasi g‘ildiragi;
5- qaytariluvchan prujina.
94
Tormozlanish jarayonida yuzaga keladigan transport
vositasining inersiya
kuchlari va shinalar bilan maydoncha orasida paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchlari
platformalarning siljishiga olib keladi, u esa datchiklar yordamida qabul qilinadi. Siljish
tormoz kuchiga proporsionaldir. Bunda paydo bo‘ladigan
inersiya kuchlari transport
vositasining tormoz kuchlariga to‘g‘ri keladi. Agar tormoz samarasiz bo‘lsa, u holda
transport vositasi g‘ildiragi stend maydoni bo‘yicha aylanib ketaveradi va maydonchalar
siljimaydi. Tormoz samarali bo‘lsa, g‘ildirak maydonda to‘xtaydi, inersiya hamda
ishqalanish kuchlari ta’sirida transport vositasi va u bilan birga maydonchalar oldinga
qarab harakatlanadi. Har bir maydonning siljish miqdorini datchik yordamida o‘lchov
asbobi yozib boradi.
Bunday stendning afzalliklari:
tezkorligi; tayyorlanayotganda va ishlatishda kam
metall va energiya sarfi; tormozga umumiy baho berishning qulayligi. Kamchiligi:
g‘ildiraklar bilan maydonchalar orasidagi ilashish koeffitsientining o‘zgarishi
sababli
ko‘rsatkichlar past turg‘unlikka ega. Undan tashqari, transport vositasi
tormozlanayotganda maydoncha ustida qiyshiq turib qolishi mumkin.
Shuning uchun
bunday stendlar keng qo‘llanmay qolgan.
Yuqoridagi kamchiliklar rolikli (barabanli) stendlarda yo‘q.
Dostları ilə paylaş: